#Bizning_manzillar
#Buxoro #Kadastr
🗺 Buxoro viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari:
📍 Olot tumani
📍 Buxoro tumani
📍 Vobkent tumani
📍 G‘ijduvon tumani
📍 Kogon tumani
📍 Buxoro shahri
📍 Qorako‘l tumani
📍 Qorovulbozor tumani
📍 Peshku tumani
📍 Romitan tumani
📍 Jondor tumani
📍 Shofirkon tumani
📍 Kogon shahri
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro #Kadastr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Live #Seminar #Kadastr
⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari S.Abdullayev hamda M.Xidirovlar tomonidan Buxoro tuman bo‘lim (filial)i xodimlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashda xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ma’ruza darslari o’tkazilmoqda.
▪️ Mazkur ma’ruza darslardan ko‘zlangan asosiy maqsad, sohaning barcha xodimlarini korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lishga, unga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirishdan iborat.
💠 Davra suhbati tarzida davom etgan tadbir davomida eng ko‘p yo‘l qo‘yilayotgan korrupsion holatlar, unga sabab bo‘luvchi omillar hamda ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.
▪️ Suhbat davomida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, qonuchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Live #Seminar #Kadastr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot #Servitut
#Kadastr #Buxoro
📃 Servitut belgilangan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan ushbu yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir.
💠 Yer uchastkasining servitut belgilangan qismi uchun yer solig‘i (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan to‘lanadi, bunda servitut uchun to‘lanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davr uchun belgilangan yer solig‘i (ijara haqi) summasidan kam bo‘lishi mumkin emas.
🫥 Servitut uchun haq to‘lashga oid boshqa shartlar, shuningdek servitut to‘lovsiz (tekin) amalga oshiriladigan holatlar qonunda belgilanadi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Ijtimoiy tarmoqlarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bosh mutaxassisi E.Safarov firibgarlik hamda pora berishda gumonlanib hibsga olinganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Shu o‘rinda eslatma:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayrim yerlarni auksionga chiqarish tartibi o‘zgaradi
🇺🇿 O‘zbekistonda ayrim yerlar xususiy tibbiyot va ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun faqat ixtisosligi bo‘yicha auksionga chiqariladi.
💠 Davlat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda mutasaddilarga bo‘sh yerlarni aniqlab, xususiy tibbiyot va ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun faqat ixtisosligi bo‘yicha auksionga chiqarish topshirildi. IT xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3-3,5 foizga teng ekani, bu boradagi imkoniyatlar hali to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.
▪️ Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda tez o‘sib borayotgan xususiy ta’lim va tibbiyot xizmatlari imkoniyatini to‘liq ishga solish uchun tadbirkorlarga aholiga yaqin, kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkoni bor joylardan yer berish mumkinligi ta’kidlandi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_Javob #Kadastr
#Buxoro
❓ Savol: Qurilishi tugallanmagan obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkinmi?
✅ Javob: Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin.
▪️ Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi
▫️ O'tgan hafta davomida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 284 tani tashkil etdi.
#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro
📝 Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik— bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik
#Kadastr #Buxoro
📝 «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:
💠 yer uchastkalariga;
💠 binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
💠 ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
💠 mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.
⚠️ Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob #Kadastr
#Buxoro
❓ SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?
✅ JAVOB:
‼️ Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.
▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.
▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.
▪️ Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Bartaraf
⭐️ Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan shaharning Mustaqillik ko‘chasi hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 35 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.
😎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.
✅ Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.
⚠️ Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi!
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro #Bartaraf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro
Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
▪️ yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);
▪️ binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▪️ binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▪️ binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;
▪️ ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;
▪️ qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.
‼️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.
⚠️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Ijtimoiy_rolik
🏠 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.
📹 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.
‼️ Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
#DavKadastrPalata #kadastrda_xalqaro_sertifikat
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM