Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
981 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Bilasizmi
#Kadastr #Yer_nazorati
#Javobgarlik

⚠️Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish

🔵fuqarolarga BHMning 3 baravari,

⭕️mansabdor shaxslarga esa 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

🔵fuqarolarga BHMning 5 baravari,

⭕️mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

📃Soxtalashtiruvchining o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish:

◼️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;

◼️360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

◼️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚖️ Shuningdek, mazkur harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa:

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

📃 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

✅️yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);
✅️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
✅️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
✅️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
✅️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

⚠️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#OAV_biz_haqimizda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xalqimiz farovonligini oshirish yuzasidan qo‘yilgan vazifalar xususida 🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida «O‘zbekiston 24» telekanalining “Studiya24” dasturi muloqot o'tkazildi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 11 oylik davri mobaynida 1 092 ta holatda 104,45 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tahlil qilinganda:

🤔 83,16 gektariQishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;

🤔 19,11 gektariAholi punkti yerlari;

🤔 0,35 gektariSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar;

🤔 0,69 gektariSuv fondi yerlari;

🤔 1,1 gektariZaxira yerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Mamuriy_amaliyot
#Buxoro #Jarimalar

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik holati boʼyicha 1 154 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

‼️Eslatma:
Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 68¹-moddasiga asosan, Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

🔹 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari,

🔹 Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali
#Buxoro

Uy-joylarga kadastr hujjatini tayyorlashda aksiya boshlandimi?


So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uy-joylar uchun kadastr hujjatlarini tayyorlashda aksiya bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar qanchalik asosli ekanligi borasidagi savollarga ⭐️Kadastr agentligi matbuot xizmati rahbari Ne’mat Atamurodov javob berdi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📌 38 turdagi davlat xizmatlarini yagona interaktiv davlat xizmatlari portali(my.gov.uz)da elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi

Jumladan kadastr xizmatlari sohasida:

▪️ Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

▪️ Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▪️ O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▪️ Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni #Seminar
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida 8-dekabr O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan «Konstitutsiya— huquq va erkinliklarimiz kafolati!» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

💠 Unda Konstitutsiyaning shaxs va jamiyat hayotidagi muhim o‘rni xususida hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, bosh qomusimizga kiritilgan yangi o‘zgarishlar haqida ham so‘z yuritildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Gijduvon_tumani

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi G‘ijduvon tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 11 oyi davomida 71 ta holatda 3,53 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

💠 Shundan 1,36 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

📝26 ta holatda 213 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. 14 ta holatda sud tomonidan da'vo arizalari qanoatlantirilgan. Ayni vaqtda qolgan da’vo arizalari yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

🔰19 ta holatda yer maydonidagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan

💰 Yer qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan 154 nafar qonunbuzar shaxslarga 824,13 mln so’m jarimalar qo‘llanilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

E'LON!

⭐️ Kadastr agentligi axborot tizimlarida profilaktik ishlar amalga oshirish rejalashtirilganligi sababli joriy yilning 7-dekabr soat 20:00 dan 11-dekabr soat 11:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari hamda Notarial idoralarida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚙️ Shu boisdan hamyurtlarimizga tizimda texnik profilaktik ishlar tugallangunga qadar kadastr xizmatlaridan vaqtincha foydalana olmasliklarini ma'lum qilamiz.

▪️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan topografik ishlarni muvofiqlashtirish hamda ko'chmas mulkka manzillar berish masalalarida ham bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

📊 Mazkur infografika orqali joriy yil noyabr oyida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

◼️ Jami kelib tushgan takliflar: 4 657 ta

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mamuriy_amaliyot #Kadastr
#Buxoro #Infografika

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida yer qonun buzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralarning tuman va shaharlar kesimidagi tahlili yuzasidan infografik ma'lumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman (shahar)filiallariga 2023-yilning 4–11-dekabr kunlari davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan infografik maʼlumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Mamuriy_amaliyot
#Kadastr #Buxoro

Buxoroda 11 oy ichida yer va kadastr sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun 1 756 ta holatda maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi

⭐️ Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman bo‘limlari tomonidan maʼmuriy bayonnomalar MjTKning quyidagi moddalari bilan rasmiylashtirilgan:

😎413 ta 60-modda 2-qismi bilan (Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎152 ta 60-modda 3-qismi bilan (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish);

😎20 ta 60 (prim) 1-moddasi bilan (Sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎22 ta 68-modda 1-qismi bilan (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish);

😎1 154 ta holatda 68 (prim) 1-moddasi bilan (Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik) holatlari bo'yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib belgilangan tartibda choralar ko'rildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Kadastr #Buxoro

⚡️Davlat ro'yxatidan o'tkazish raqamlarda⚡️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga 2023-yilning o'tgan 11 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun jami 51 271 ta ariza kelib tushgan.

Shundan:

😄 DXM tomonidan bekor qilingani 2 643 ta

Jarayonda 120 ta

💫 Kadastr idorasidan rad etilganlari 12 485 ta

🛑 To'xtatib turilgani 15 ta

🪙 To'lov kutilayotgan arizalar 1 347 ta

Yakunlangan arizalar 34 397 ta

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM