Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
975 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Live stream finished (21 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #Yer_nazorati

🌟Kadastr inspektorlari tomonidan aniqlangan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash holatlari statistikasiga ko'ra 🇺🇿Respublika bo'yicha jami 20 606 ta holatda 5 152,9 gektar maydonda huquq buzarliklar aniqlangan.

👉 Batafsil videoda

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Test

Kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan qayerga murojaat etish lozim?
Anonymous Quiz
8%
Kadastr idoralariga
3%
Mahalliy hokimyatga
90%
Davlat xizmatlari markaziga
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

📝Uy-joydan mahrum etish mumkin emasligiga oid qonunosti hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqiladi

⚡️Mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilanadi.

🏠 Uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Mamuriy_amaliyot
#Buxoro #Jarimalar

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-noyabr holatiga O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish holati boʼyicha 113 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Eslatma:

⚠️Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 60-moddasi 3-qismiga asosan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish,

🔵 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari,

⭕️Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.


🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr_pasporti

📝 Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

📃 Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔺ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔺yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

⌛️Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro

Qonunbuzilish
holatlari bartaraf etilmoqda

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati Vobkent tumani bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi noqonuniy qurilishlar o‘rganildi. Ayni paytda ularni ixtiyoriy bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.

🟢Agentlikning tuman bo‘limi tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga chek qo‘yish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, —deydi Kadastr agentligi Vobkent tumani bo‘limi boshlig‘i Suhrob Ergashev. — Asosiy e’tibor yer to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.

👉 Batafsil: UzA maqolasida

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11-NOYABR — KASABA UYUSHMALARI XODIMLARI KUNI!

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida e’tirofga loyiq.

Mana shunday mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo‘lsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin
!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlanmoqda.

Qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish, teng huquqlilik va oshkoralik, ochiqlik Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari hisoblanadi.

Barcha taahkilotlar singari Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida ham kasaba uyushmasi mavjud boʻlib, birgina joriy yilning oʻtgan davrida ishchi-xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Buning natijasida “Eng na’muna boshlangʻich tashkiloti” koʻrik tanlovida boshqarma 1–oʻrinni qoʻlga kiritdi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Huquqiy_malumot

Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng koʻp oʻlchami oshirildi

📝 “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–876-son, 09.11.2023-y.) prezident tomonidan imzolandi.

📔 Yer kodeksi hamda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha boʻlgan oʻlchamda yer uchastkalari beriladi.

❗️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro

Buxoroda
19 mingga yaqin kadastr pasporti tayyorlandi

🌟 Joriy yilning o‘tgan davrida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasining hududiy filiallariga kadastr pasportini shakllantirish masalasida 30 ming 234 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 18 ming 937 tasi ijobiy hal etilib, kadastr pasporti rasmiylashtirildi.

👉 Batafsil: UzA maqolasida

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

Ko‘chmas mulkni bo‘lish mulkdor arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi


🏠Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.

📝 Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.

🗂️Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

🔰Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

👎Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mamuriy_amaliyot
#Kadastr #Buxoro

Buxoroda 10 oy ichida yer va kadastr sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun 1564 ta holatda maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi

⭐️ Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman bo‘limlari tomonidan maʼmuriy bayonnomalar MjTKning quyidagi moddalari bilan rasmiylashtirilgan:

😎348 ta 60-modda 2-qismi bilan (Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎113 ta 60-modda 3-qismi bilan (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish);

😎18 ta 60 (prim) 1-moddasi bilan (Sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎18 ta 68-modda 1-qismi bilan (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish);

😎1067 ta holatda 68 (prim) 1-moddasi bilan (Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik) holatlari bo'yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib belgilangan tartibda choralar ko'rildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:

📝 kadastr pasportini rasmiylashtirishda:

🔺ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔺ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

🔺rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔺kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🗂️ ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mamuriy_amaliyot #Yer_nazorati
#Kadastr #Buxoro #Infografika

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida yer qonun buzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralarning tuman va shaharlar kesimidagi tahlili bilan infografikada tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik_natijalari
▫️Kadastr sohasida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Kadastr agentligi o‘rtasida tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etish maqsadida 12 tadan ortiq ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” (ISO 37001:2016) joriy etildi hamda 22 nafar xodim xalqaro standart bo'yicha malaka sertifikatiga ega bo'ldi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro

31 ming 162 ta buyurtma ijobiy hal etildi

🌟 Buxoro viloyatida 10 oyda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida 45 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.

—Joriy yilning o‘tgan o‘n oyida ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati boshqarmasiga Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda notariuslar orqali yuridik va jismoniy shaxslar nomidan 45 ming 909 ta buyurtma kelib tushgan bo‘lib, shundan 31 ming 162 ta buyurtma ijobiy hal etildi, – deydi Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Mirshod Shukrullayev.

👉 Batafsil: UzA maqolasida

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika_DKP #Mulkdorlar
#Buxoro #Kadastr

▪️Buxoroda mulkdor soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2023-yil yanvar–oktabr oylari davomida jami ko‘chmas mulk obyektlari soni 7 990 172 tani tashkil etadi.

🏠 Respublika bo‘yicha eng ko‘p mulkdor Farg‘ona viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda— 868 738 ta. So'nggi o‘rinni esa 198 481 nafar mulkdor bilan Sirdaryo viloyati band qilganini ko'rishimiz mumkin.

🔰 Ro‘yxatning 9-pog‘onasini egallab turgan Buxoro viloyatida jami mulkdorlar soni 507 705 tani tashkil qilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Kadastr_Pasporti
#Kadastr #Buxoro

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan joriy yilning yanvar–oktabr oylari davomida kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida infografik ma'lumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_hisobi #Uzkad

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasining Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi hududiy tuman(shahar) filiallari mutaxassislari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

🤔 Unda UzKad dasturiga kiritilgan yer maydonlarini hisobga olishdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish, buning uchun viloyatni guruhlarga bo‘lib tezkor ishchi-guruh shakllantirgan holda jarayonni tezlashtirish masalasi muhokama qilindi.

🤔 Shuningdek, 2023-yil davomida yer tuzish, yer fondi toifasi, yer ajratish va yerni zaxiraga olish jarayonidagi barcha o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 2024-yil 1-yanvar holatiga tuziladigan Milliy yer hisobotini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish va ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🤔 Bu jarayonda yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bo‘yicha 2023-yilgi o‘zgarishlarni yer hisobotining belgilangan shakllari asosida hujjatlar to‘plamini ilova qilib tayyorlash bo‘yicha hududiy mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM