Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🇺🇿 Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Shunga ko‘ra:
💠 Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi belgilandi;
💠 yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlar bekor qilinadi;
💠 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olinadi.
💠 Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.
Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:
⚡️ mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;
⚡️ insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;
⚡️ davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta ko‘rib chiqish;
⚡️ uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;
⚡️ O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Shunga ko‘ra:
Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz
📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/
📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz
☎️ Ishonch telefoni:
1097
📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan
Pochta:
[email protected]
🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz
📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/
📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz
☎️ Ishonch telefoni:
1097
📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan
Pochta:
[email protected]
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro
⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 10 oylik davri mobaynida 891 ta holatda 53,6 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tahlil qilinganda:
🤔 36 gektari— Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
🤔 15,6 gektari— Aholi punkti yerlari;
🤔 0,3 gektari — Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar;
🤔 0,5 gektari— Suv fondi yerlari;
🤔 1,1 gektari — Zaxira yerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tahlil qilinganda:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿 Hukumatning “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga ko'ra:
#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Kadastr_pasporti
#Kadastr #Buxoro
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallariga joriy yilning 10 oylik davrida kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografik ma'lumot
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda
#DavKadastrPalata #geofazoviy_forum
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro
⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasiga joriy yilning 10 oylik davrida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va ularning o‘rganilishi yuzasidan infografik ma'lumot
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #Yer_nazorati
🌟 Kadastr inspektorlari tomonidan aniqlangan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash holatlari statistikasiga ko'ra 🇺🇿 Respublika bo'yicha jami 20 606 ta holatda 5 152,9 gektar maydonda huquq buzarliklar aniqlangan.
👉 Batafsil videoda
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Test
Kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan qayerga murojaat etish lozim?
Kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan qayerga murojaat etish lozim?
Anonymous Quiz
8%
Kadastr idoralariga
3%
Mahalliy hokimyatga
90%
Davlat xizmatlari markaziga
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro
📝 Uy-joydan mahrum etish mumkin emasligiga oid qonunosti hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqiladi
⚡️ Mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilanadi.
🏠 Uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Mamuriy_amaliyot
#Buxoro #Jarimalar
⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-noyabr holatiga O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish holati boʼyicha 113 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Eslatma:
⚠️ Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 60-moddasi 3-qismiga asosan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish,
🔵 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari,
⭕️ Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro #Jarimalar
Eslatma:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
#Kadastr_pasporti
📝 Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?
📃 Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
🔺 ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔺 yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;
🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
🔹 umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.
💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
⌛️ Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
#Kadastr_pasporti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro
Qonunbuzilish holatlari bartaraf etilmoqda
⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati Vobkent tumani bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi noqonuniy qurilishlar o‘rganildi. Ayni paytda ularni ixtiyoriy bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.
🟢 — Agentlikning tuman bo‘limi tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga chek qo‘yish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, —deydi Kadastr agentligi Vobkent tumani bo‘limi boshlig‘i Suhrob Ergashev. — Asosiy e’tibor yer to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.
👉 Batafsil: UzA maqolasida
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Qonunbuzilish holatlari bartaraf etilmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11-NOYABR — KASABA UYUSHMALARI XODIMLARI KUNI!
Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!
Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida e’tirofga loyiq.
Mana shunday mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo‘lsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin!
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!
Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida e’tirofga loyiq.
Mana shunday mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo‘lsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlanmoqda.
Qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish, teng huquqlilik va oshkoralik, ochiqlik Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Barcha taahkilotlar singari Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida ham kasaba uyushmasi mavjud boʻlib, birgina joriy yilning oʻtgan davrida ishchi-xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Buning natijasida “Eng na’muna boshlangʻich tashkiloti” koʻrik tanlovida boshqarma 1–oʻrinni qoʻlga kiritdi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish, teng huquqlilik va oshkoralik, ochiqlik Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Barcha taahkilotlar singari Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida ham kasaba uyushmasi mavjud boʻlib, birgina joriy yilning oʻtgan davrida ishchi-xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Buning natijasida “Eng na’muna boshlangʻich tashkiloti” koʻrik tanlovida boshqarma 1–oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM