#Test
Ko'chmas mulkka nisbatan mulk huquqi paydo bo'lgach qancha muddatda ushbu ko‘chmas mulk obyektini davlat ro'yxatidan o'tkazish kerak?
Ko'chmas mulkka nisbatan mulk huquqi paydo bo'lgach qancha muddatda ushbu ko‘chmas mulk obyektini davlat ro'yxatidan o'tkazish kerak?
Anonymous Quiz
27%
10 kun
18%
15 kun
55%
1 oy
#Qonunchilik_yangiliklari
#Yer_hisobot #Kadastr
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni qabul qildi.
Qarorga muvofiq:
🟢 yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi;
🟢 yer hisobotini yuritish tartibi;
yer hisoboti shakllarini tasdiqlash;
🟢 yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni shakllantirish va taqdim etish tartibi;
🟢 yer fondi toifalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi.
🔺2024-yil 1-yanvarga qadar “Yer hisobot” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushiriladi.
⭐️ Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi “Yer hisobot” AAT operatori hisoblanadi.
🔵 Yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritib boriladi.
🔹 Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari real vaqt rejimida “E-qaror” elektron tizimi orqali “Yer hisobot” AATga taqdim etib boriladi.
⚠️ Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish va uning natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lmaydi.
Telegram🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Yer_hisobot #Kadastr
Qarorga muvofiq:
yer hisoboti shakllarini tasdiqlash;
🔺2024-yil 1-yanvarga qadar “Yer hisobot” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushiriladi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_marifat_soati
#Kadastr #Buxoro
⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.
✅ Shuningdek, boshqarmaning yuriskonsultlari tomonidan xodimlar hafta davomida qonunchilikda yuz bergan oʻzgarishlar bilan tanishtirildi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro
🟢 Har qanday sohani tubdan rivojlantirishda ishchi-xodimlar faoliyatiga vijdonan, halol yondashuvi va korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish muhim. Shu maqsadda kadastr sohasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga jiddiy e'tibor qaratib kelinmoqda.
⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tizimdagi xodimlar ishtirokida mazkur masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda boshqarmalarning tuman, shahar bo‘lim va filiallari rahbarlari hamda boshqarma bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
⏺ Yig‘ilish davomida har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiiste’mol qilmasligi hamda har bir xodim nafaqat tizim uchun, balki birinchi galda o‘z oilasi uchun qadrli ekanligini unutmasligi uqtirildi.
⏺ Yig‘ilishda kadastr sohasida hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, mazkur turkum jinoyatlarni sodir etgan sobiq kadastr xodimlarini jinoyatga yetaklagan sabab va sharoitlar tahlil qilindi.
⏺ Shuningdek, 2023-yil davlat Dasturiga kirgan sohaga oid masalalar ham muhokama qilindi. Bu bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ammo ijroda oqsayotgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Xususiylashtirish
⚡️ Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari
📝 Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
😎 Foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
😎 Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);
😎 Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;
😎 Qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;
😎 Ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;
😎 Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Xususiylashtirish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Mamuriy_amaliyot
#Buxoro #Jarimalar
⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik holati boʼyicha 1 067 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
‼️ Eslatma:
Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 68¹-moddasiga asosan, Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,
🔹 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari,
🔹 Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro #Jarimalar
Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 68¹-moddasiga asosan, Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro
Shofirkon tumanida yer nazorati ta’minlanmoqda
📝 Davlatimiz rahbarining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish borasida tegishli ishlar olib borilmoqda.
🟢 Buxoro viloyatida ham noqonuniy barpo qilingan qurilmalarni bartaraf qilish jarayoni allaqachon boshlangan.
💠 Xususan, Shofirkon tumanida tegishli tashkilotlar hamda Kadastr agentligi tuman bo‘limi tomonidan hududdagi noqonuniy qurilishlar o‘rganilib, ularni ixtiyoriy bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.
👉 Batafsil: UzA maqolasida
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Shofirkon tumanida yer nazorati ta’minlanmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Mamuriy_amaliyot
#Buxoro #Jarimalar
⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-noyabr holatiga yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holati boʼyicha 348 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Eslatma:
📌 Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan, Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish,
🔵 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari,
⭕️ Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.
❗️ Mazkur huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro #Jarimalar
Eslatma:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM