Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
977 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Infografika #Kadastr_pasporti
#Kadastr #Buxoro

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallariga joriy yilning 13—19-oktabr kunlari davomida kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha infografik ma'lumot

Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Ona tilim - g'ururim, iftixorim!

⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalarida 21-oktabr - "Ozbek tili bayrami" ni munosib nishonlash barobarida "Ona tilim - faxrim" shiori ostidagi ommaviy tashabbusda ham faol ishtirok etdilar.

🌐 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda kadastr tizimi xodimlari masofalarga qaramay davlat bayramini o'zaro hamjihatlikda, birlikda va o'zgacha kayfiyatda kutib olganini ko'rishingiz mumkin.

▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_Biz_haqimizda
#Kadastr #Buxoro

Buxorodagi noqonuniy qurilishlar buzilmoqda

Buxoro viloyatida viloyat hokimligi, prokuratura, Kadastr agentligi, majburiy ijro byurosi, viloyat qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa tegishli xizmatlar hamkorligida hududdagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari boshlandi.

— Tanlov g‘olibi bo‘lmasdan, shahar va tuman hokimlarining qarori bo‘lmasdan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olish yoki shu o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonida bino-inshoot qurib yashash, savdo faoliyatini amalga oshirishga qonun doirasida yo‘l qo‘yilmaydi, — deydi Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi boshlig‘i Mo‘min Qodirov. – 92 ta holat bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilib, shundan 61 ta holatda da’vo arizalari qanoatlantirildi. Yer fuqaroga tegishli bo‘lsa, fuqaro tegishli tashkilotlardan ruxsatni olib, aniq loyihalashtirilgan holda qurishni boshlashi kerak.

💠 Batafsil: UzA maqolasida

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot


📁 Maʼmuriy jarimalarni to‘lashdagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardormisiz?

📝 Amaldagi tartibga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

‼️Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

😎Jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

😎xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman (shahar)filiallari tomonidan 2023-yilning 9–14-oktabr kunlari davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan infografik maʼlumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mamuriy_amaliyot
#Kadastr #Buxoro

Buxoroda 9 oy ichida yer va kadastr sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun 1398 ta holatda maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi

⭐️ Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman bo‘limlari tomonidan maʼmuriy bayonnomalar MjTKning quyidagi moddalari bilan rasmiylashtirilgan:

😎294 ta 60-modda 2-qismi bilan (Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎85 ta 60-modda 3-qismi bilan (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish);

😎16 ta 60 (prim) 1-moddasi bilan (Sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎16 ta 68-modda 1-qismi bilan (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish);

😎987 ta holatda 68 (prim) 1-moddasi bilan (Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik) holatlari bo'yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib belgilangan tartibda choralar ko'rildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Kadastr
#Dolzarb_mavzu #Buxoro

Buxoro viloyatida viloyat hokimligi, prokuratura, Kadastr agentligi, majburiy ijro byurosi, viloyat qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa tegishli xizmatlar hamkorligida hududdagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari boshlandi.

"Dolzarb mavzu" ko‘rsatuvining navbatdagi soni mazkur masalaga bag‘ishlandi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr

🌟 Kadastr agentligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni va ““O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 🌟Kadastr agentligida ijro intizomini ta'minlash bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

💠 Yig'ilishda Agentlik rahbariyati, Markaziy apparat tuzilma rahbarlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimi ishtirok etdi.

Uchrashuvda 🔸 “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi dasturi muhokamasi hamda yil yakuniga ijro intizomini ta'minlash yuzasidan chora - tadbirlar belgilab olindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr_pasporti

📝 Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

📃 Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔺ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔺yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

⌛️Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Bartaraf
#Kadastr #Buxoro

⭐️ Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi Shofirkon tuman bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanda olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan “Denov” MFY hududidagi 300 metr² yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurish maqsadida noqonuniy beton poydevor qurganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib fuqaroga huquqbuzarligining oqibatlari tushuntiriladi. Ammo fuqaro ixtiyoriy ravishda mazkur holatni bartaraf etmagach, agentlik tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

⚖️ Sud kiritilgan da’vo arizasini qanoatlantirgach ushbu holat majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda majburiy tartibda bartaraf qilindi va yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrugʻi bilan "Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" 🥇koʻkrak nishonlari qayta ta'sis etildi.

🟢Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

🟢Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan mukofotlanadilar.

🟢Ko‘krak nishoni bir xodimga ikkinchi marta takroran berilmaydi.

❗️Maʼlumot oʻrnida: mazkur koʻkrak nishonlar muqaddam 2017-yilda taʼsis etilgan hamda soha fidoiylari taqdirlangan.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM