Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
977 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

⭐️Hozirda Kadastr tizimida fuqarolarimizning farovon yashashlariga, iqtisodiyotimizning va jamiyatimizning rivojlanishiga katta to‘siq bo‘layotgan korrupsiya illatiga qarshi kurashish o‘ta muhim masalaga aylangan.

Bugun, 🌟Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Timur Yuldashev tomonidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqida so‘z bordi.

🤔Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Toyirov, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari S.Abdullayev va M.Xidirov hamda boshqarma, tuman va shahar filiallari xodimlari ishtirok etishdi.

📝Dastavval, T.Yuldashev tomonidan Respublikada kadastr tizimida Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan bir qatorda mutaxassis tizimda uchrayotgan bir qator muammolarga to‘xtalib, ularni tahlil qilib, o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

💠Yig‘ilishda, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimizda hozirgacha qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

🫥Bu tadbir sohaning barcha xodimlarini korrupsiya illatidan asrash, xodimlar orasida uning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiriq, bir so‘z bilan aytganda ogohlik qo‘ng‘irog‘i ekanligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Vobkent_tumani


⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 9 oyi davomida 24 ta holatda 2,8 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

🤔 Shundan 1,3 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

📝 8 ta holatda 0,5 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. Ayni vaqtda mazkur da’vo arizalari yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

🔰 2 ta holatda yer maydonidagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan

💰 Yer qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan 74 nafar qonunbuzar shaxslarga 445.23 mln so’m jarimalar qo‘llanilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr_xizmatlari

🤔 Amaldagi tartibga ko‘ra, Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Kadastr_Pasporti
#Kadastr #Buxoro

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan joriy yilning sentabr oyi davomida kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida infografik ma'lumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika #davlat_xizmatlari

📊 Kadastr xizmatlari o'tgan 9 oy davomida Davlat xizmatlari markazlari orqali eng ko'p ko'rsatilgan xizmatlar top beshtaligida ikkita o'rinni band qildi.

📈Infografikada 2023-yilning 9 oyi mobaynida aholi tomonidan eng ko'p foydalanilgan davlat xizmatlari top-5 ligi aks etgan.

3-o'rin: Kadastr pasportini rasmiylashtirishga ariza berish 501 461 ta;
5-o'rin:
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza berish 432 824 ta.

Ushbu xizmatlardan
my.gov.uz portali orqali onlayn foydalanish imkoniyati ham mavjud.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Jondor_tumani


⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 9 oyi davomida 61 ta holatda 0,9 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

🤔 Shundan 0,4 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

📝 22 ta holatda 0,4 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. 5 ta holatda sud tomonidan da'vo arizalari qanoatlantirilgan. Ayni vaqtda qolgan da’vo arizalari yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

🔰 1 ta holatda yer maydonidagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan

💰 Yer qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan 106 nafar qonunbuzar shaxslarga 379.29 mln so’m jarimalar qo‘llanilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_manzillar #Kadastr
#Buxoro

⭐️KADASTR AGENTLIGI HAMDA 🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI BUXORO VILOYATI BOSHQARMALARI

💼 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Habibov Yashin Xayrullayevich

💼 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Toyirov Amriddin Xayriddinovich

📍 Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, I.Mo‘minov ko‘chasi 4-uy

📞 Telefon: (65) 221-06-42; (65) 221-01-88

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_Nazorati

⭐️Kadastr agentligi Buxoro tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi «Amirobod» MFY, Amirobod qishlog‘i aholisi o‘rtasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

🤔Targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat etmaslikka qanday javobgarlik mavjudligi bilan tanishtirildi.

Eslatib o‘tamiz:

📝Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 68¹-moddasiga asosan, Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

😎 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari,

😎 Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mamuriy_amaliyot #Kadastr
#Buxoro #Infografika

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-oktabr holatiga ma'muriy amaliyot yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan infografik ma'lumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Kadastr_pasporti
#Kadastr #Buxoro

💫 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallariga joriy yilning 5—12-oktabr kunlari davomida kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha infografik ma'lumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Kogon_tumani

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 9 oyi davomida 30 ta holatda 1,9 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

🤔 Shundan 0,7 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

📝 16 ta holatda 1,1 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. 3 ta holatda sud tomonidan da'vo arizalari qanoatlantirilgan. Ayni vaqtda qolgan da’vo arizalari yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

🔰 10 ta holatda yer maydonidagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan

💰 Yer qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan 93 nafar qonunbuzar shaxslarga 318.72 mln so’m jarimalar qo‘llanilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_marifat_soati
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

Shuningdek, boshqarmaning yuristkonsultlari tomonidan xodimlar hafta davomida qonunchilikda yuz bergan oʻzgarishlar bilan tanishtirildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM