Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.76K photos
997 videos
1 file
4.16K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Kun_hikmati

Hayot kitob kabidir. Uni o‘qiy olganlargina tushunib yetadi.

Telegram | Facebook | Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Uzkad
#Kadastr #Buxoro

Prezidentimizning 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar haqidagi ma’lumotlar UZKAD tizimiga to‘liq o‘tkazilmoqda.

👉 Batafsil: UZA maqolasida

Telegram | Facebook | Instagram
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman (shahar)filiallari tomonidan 2023-yilning 14–19-avgust kunlari davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan infografik maʼlumot.

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_bilim #Kadastr
#Servitut

📑 Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

🔹o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;
🔹mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

❗️Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kun_hikmati

Muvaffaqiyatsizlik - bu qaytadan boshlash imkoniyati va bu safar undan yanada oqilona foydalaning.

✍️ Tomas Edison

Telegram | Facebook | Instagram
#Mini_futbol #Kadastr

G‘alaba bilan boshladik

🏆 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha turnir o‘tkazilmoqda. Mazkur sport musobaqasida ishtirok etayotgan va B guruhidan joy olgan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari terma jamoasi bugun Respublika aerogeodeziya markazi jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

⚽️ Ucharashuvda raqiblaridan har tomonlama ustunligini namoyish qilgan buxorolik kadastrchilar yirik — 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamiz navbatdagi bahsni ertaga Navoiy viloyatiga qarshi o‘tkazadi. Yigitlarga keyingi o‘yinlarda ham omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram
#Auksion

⚡️ Buxoro viloyati hududidan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2 800 dan ortiq yer uchastkalari E-auksion.uz savdolarida sotilmoqda.

▪️ Olot tumanida 510 ta (ko‘rish)
▪️ Buxoro tumanida 303 ta (ko‘rish)
▪️ Vobkent tumanida 202 ta (ko‘rish)
▪️ G‘ijduvon tumanida 269 ta (ko‘rish)
▪️ Kogon tumanida 129 ta (ko‘rish)
▪️ Qorako‘l tumanida 252 ta (ko‘rish)
▪️Qorovulbozor tumanida 127 ta (ko‘rish)
▪️ Peshku tumanida 47 ta (ko‘rish)
▪️ Romitan tumanida 268 ta (ko‘rish)
▪️ Jondor tumanida 3874 ta (ko‘rish)
▪️ Shofirkon tumanida 383 ta (ko‘rish)
▪️ Kogon shahrida 115 ta (ko‘rish)

📹 Auksion savdolarida qatnashish tartibini o'rganish (video)

"E-AUKSION" mobil ilovasini yuklab oling!
⬇️App Store ⬇️Google Play

Telegram | Facebook | Instagram
#Seminar #Uzkad
#Kadastr #Buxoro

📆 Ayni kunlarda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarma hamda uning hududiy tuman(shahar) filiallarida "Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish integratsiyalashgan tizimi"— UZKADda faoliyat yuritib kelayotgan mas'ul xodimlar uchun o‘quv seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.

▪️ Mazkur o‘quv seminarlari orqali UZKAD dasturida ishlash jarayonida yuzaga kelayotgan va eng ko‘p uchrayotgan kamchiliklarni erta aniqlash hamda bartaraf qilish, shuningdek, tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘rganish maqsad qilingan.

▪️ Seminarlarda hududiy filiallarning kadastr muhandislari, topograflar, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari hamda UZKAD dasturiga masʼul mutaxassislar qatnashishmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kun_hikmati

Aqlli bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Eng asosiysi aqlni amalda qo‘llay bilishdadir.

✍️ Rene Dekart

Telegram | Facebook | Instagram
#Infografika #Kadastr_pasporti
#Kadastr #Buxoro

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan joriy yilning 16–22-avgust kunlari davomida kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida infografik ma'lumot

Telegram | Facebook | Instagram
#Mini_futbol #Kadastr
#Musoboqa

Qo‘shnilar derbisida durang

🏆 Bugun buxorolik kadastrchilar mini futbol sport musobaqasida qo‘shni Navoiy viloyati kadastrchilariga qarshi maydonga tushishdi.

⚽️ Keskin va shiddatli bahslar ostida o‘tgan uchrashuvning kattagina qismida hisobda oldinda borayotgan buxorolik yiigitlar yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqarib yuborishdi. Uchrashuv — 5:5 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Natijada jamoamiz hisobidagi ochkolar soni 4 taga yetdi.

▪️ Jamoamiz navbatdagi bahsni ertaga “Geoinfokom” DUK jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Yigitlarga keyingi o‘yinlarda ham omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram
Endi Ko‘chmas mulk tarixiga oid ma’lumotlarni onlayn tekshirish mumkin

🏠Hukumat qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi

📝Davlat xizmati uchun BHMning 50 foizi (165 000 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

🗓Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomaga asosan uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi

📝Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

🔹obyekt qurilgan yil kabilar ko‘rsatiladi.

❗️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

📌Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi
.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr_agentligi #Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏙 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

📄 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) 🌟Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

📆 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

📄 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Eng yaxshi sarmoya bu — ilmga qilingan sarmoyadir.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Sport
#Mini_futbol

Kunni g‘alaba bilan boshladik

🎉 Mini futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqaning 3-turida Buxoro viloyati “Geoinfokom” DUK ustidan 8:1 hisobida g'alaba qozonib B guruhi peshqadami sifatida guruh bosqichini yakunladi.

🔹 Buxorolik kadastrchilarning navbatdagi bosqichdagi raqibi bugun A guruhi bahslari nihoyasiga yetgach ma’lum bo‘ladi.

▪️Ma'lumot o'rnida musobaqa 22-26-avgust kunlari davomida o‘tkazilishi belgilangan.

Jamoamizga keyingi bosqichlarda ham omad yor bo'lsin!

Telegram | Facebook | Instagram
Bir harakatda noturar obyektlarni kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin

Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markaziga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

‼️Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

◽️Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

🔹BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro

🏢 Kadastr agentligi G‘ijduvon tuman inspektorlari tomonidan "Denov" MFY O‘zbaikalon qishlog‘ida fuqaro tomonidan "S.Ayniy" massivi qishloq xo'jaligi xaritasining 112-konturdagi tomarqa yer maydonidan jami 608 kv. metr yer maydonini egallab olib shundan 209 kv.metriga beton -poydevor ishlari bajarilganligi aniqlangan.

🔹 Ushbu holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib fuqaroga huquqbuzarligining oqibatlari tushuntiriladi. Ammo fuqaro ixtiyoriy ravishda mazkur holatni bartaraf etmagach, agentlik tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

🔹 Sud kiritilgan da’vo arizasini qanoatlantirgach ushbu holat majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda majburiy tartibda bartaraf qilindi va yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

Telegram | Facebook | Instagram