Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
976 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Senat 🇺🇿O‘zbekiston-🇰🇿Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni maʼqulladi.

📄Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

💠Muhokama chog‘ida senatorlar 🇺🇿O‘zbekiston va 🇰🇿Qozog‘iston eng yaqin qo‘shnilar va vaqt sinovidan o‘tgan strategik sheriklar ekanini taʼkidladi. Keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning yangi davri boshlandi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar jadal rivojlanmoqda.

✍️Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan uning 2022-yil 21-dekabr kuni mamlakatimizga davlat tashrifi chog‘ida imzolangani bilan alohida ahamiyatga ega ekani alohida taʼkidlandi.

➡️ Batafsil

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksion qanday tartibda o'tkaziladi?▪️

⚖️ Auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.

◼️Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab auksion yakunlangunga qadar ishtirokchi obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan va savdo boshlangunga qadar boshqa ishtirokchilarga oshkor etilmaydigan o‘z narx taklifini kiritish mumkin.

◼️Bunda ishtirokchi tomonidan Nizomning 14-bandi belgilangan miqdordagi va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda xatlangan mol-mulkni sotishda 5 foiz hamda Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini sotishda Nizomning 67-bandida belgilangan miqdordagi zakalatni taklif etayotgan narxiga nisbatan to‘lash talab etiladi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/auksion-qanday-tartibda-otkaziladi/

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr_pasporti

Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi?

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

▪️ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

▪️yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

▪️noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

▪️yer uchastkasining kadastr pasporti;

▪️qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #qurbon_hayiti

🌙Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo‘ladi

🇺🇿 Prezident Farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qatʼiy nazar barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni sifatida eʼlon qilindi.

🟢 Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo‘ladi:

➡️ 28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);
➡️ 29-iyun, payshanba (barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
➡️ 30-iyun, juma (barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
➡️ 1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
➡️ 2-iyul, yakshanba.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #rasmiy_munosabati

RASMIY MUNOSABAT

➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda 2 mln 400 mingdan ortiq aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘qligi masalasi yuzasidan axborot tarqalmoqda.

🔴Axborot yuzasidan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz:

🟢 Axborotda kadastr hujjatlari yo’qligi deganda mulk va egalik huquqini belgilovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan ko’chmas mulklar nazarda tutilgan. Yer ajratish hujjati bo‘lmaganligi sababli kadastr organlari huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazolmaydi.

🌟Kadastr agentligi tomonidan uy-joylarga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan xonadonlarni mahallabay xatlov qilinib, elektron ro‘yxatini shakllantirilgan.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
!

Mazkur sana munosabati bilan ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan samimiy qutlaydi. Sharafli mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi joʻshqin ishtiyoqingiz aslo soʻnmasin.

Jamiyatimizdagi muhim islohotlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini xalqimizga tezkor, xolis yetkazayotgan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib borayotgan Siz fidoyi hamyurtlarimizga mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

📹 Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️"Opposite" matbuot tadbiridan▪️

➡️ Bugun O'zbekiston Milliy matbuot markazida 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tashkillashtirilgan "Opposite" nomli matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

▶️ Tadbir bunday nomlanishiga sabab esa, shu paytgacha tashkillashtirilgan matbuot anjumanlarida jurnalist va blogerlar Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilariga savol bergan bo'lsa, bugungi tadbirda yangilik kirirtildi va kadastrchilar OAV vakillarini savolga tutdilar.

👔 Mazkur hayajonli onlarga boy bo'lgan o'zgacha uslubdagi matbuot tadbiri barcha yig'ilgan media vakillari uchun kutilmagan daqiqalarga boy bo'ldi.

💐 Tadbir so'nggida tashrif buyurgan OAV vakillari Davlat kadastrlari palatasi tomonidan maxsus bayram sovg'alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi

📃 Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash davlat reyestridan ko‘chirma berish orqali amalga oshiriladi.

◾️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar sudlarning yoki vakolatli davlat organlarining ijro etilishi majburiy bo‘lgan hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan qarorlari asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, manfaatdor shaxslarga xabarnoma va davlat reyestridan ko‘chirma yuboriladi.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrusiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

◼️Soha taraqqiyoti undagi xodimlarning o‘z kasbiga qay darajada halollik va mas’uliyat bilan yondashishi orqali belgilanadi. Tartib-intizom va ishga vijdonan yondashuv masalalarida kadastr sohasida ham doimiy ravishda profilaktik tadbirlar mutasaddilar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday tadbirlarning navbatdagisi G‘ijduvon tumani xodimlari uchun o‘tkazildi.

▪️Tadbirda xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari hamda mazkur qilmishlarning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirish berildi. Shu bilan birga ichki tartib, odob-axloq qoidalariga amal qilish, muomala madaniyati bo‘yicha tushuntirish hamda profilaktik ishlar olib borildi.

▪️Shuningdek, davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar!

🌙 Sizga musulmon ahlining muqaddas bayrami, Iyd al Adha - Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Ushbu bayramning shukuhi xonadoningizda abadiy qolsin. Oilangiz tinch, dasturxoningiz to‘kin-sochin bo‘lsin. Sizni aʼlo kayfiyat va mustahkam sog‘liq hech qachon tark etmasin.

Qurbon Hayit bayramingiz, muborak bo‘lsin!

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌛️KECHA VA BUGUN

🇺🇿 Buxoro viloyati

🌍Buxoro viloyati hududi:
▫️tarix:
4 193 705 gektar
◾️bugun: 4 183 054 gektar

📋 Nomlanishi:
▫️tarix:
Buxoro amirligi, Buxoro XSSR
◾️bugun: Buxoro viloyati

🏘 Mahallalar soni:
▫️tarix:
450 ta MFY
◾️bugun: 544 ta MFY

📊 Aholisi:
▫️tarix: 1 mln 200 ming kishiga yaqin
◾️bugun: 2 mln 100 ming kishidan ortiq

#DavKadastrPalata #kecha_va_bugun #Buxoro

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Qonunchilik

📝 Amaldagi tartibga ko‘ra, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:

🔹davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;

🔹meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;

🔹auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmarlari

🔘KADASTR XIZMATLARI UCHUN TO'LOVNI ONLAYN AMALGA OSHIRISH🔘

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik #Ipoteka
#Davlat_royxatidan_otkazish

📝 "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi qonunga asosan, ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan ko‘chmas mulkni birlamchi bozordan olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔺Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔺Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔺Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yanvar-iyunda davlat ro'yxatidan o'tgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: Yanvar-iyun, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 396 836 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Saylov

🇺🇿 Kelajagingizga—befarq bo‘lmang!

📆 2023-yil 9-iyul O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik #Huquqiy_asos
#Kadastr #Yer_nazorati

📝 Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan qurilish chog‘ida foydalanish uchun quriladigan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #davreestr

💻 Ko‘chirmani davreestr.uz saytidan onlayn yuklab olish tartibi.

Davlat reyestridan mavjud ko‘chirmani yuklab olish uchun mulkdor o‘zining shaxsiy kabineti orqali bosh sahifada joylashgan qidiruv paneliga ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamini kiritadi, so‘ngra rasmda paydo bo‘lgan kodni kiritib, izlash tugmasi bosiladi.

🔍Izlash tugmasini bosganda ko‘chmas mulk obyekti haqidagi aks etgan maydon vujudga keladi, bu yerdan ko‘chirmani yuklab olish degan tugmani bosib tegishli ko‘chirmani yuklab olish mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM