Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
979 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
💠 937-SONLI QONUNGA KO‘RA

Fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

➡️ Mazkur yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlar, yakka tartibdagi uy-joy xususiylashtirilganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lsa;

➡️ Mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;
mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

➡️ Mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Buxoro viloyatida jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2024-yilning 11 oyi davomida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 105 950 tani tashkil etadi.

📊Shundan, 512 556 ta ko‘chmas mulk obyekti Buxoro viloyati jismoniy shaxslari egaligida.

#Kadastr #Buxoro #DKP_statistikasi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
♻️♻️♻️♻️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📝 "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish mumkin.

👥 Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💻 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📃 Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan ma’lumotlar👈

💲 Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

🔖 Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari

#Kadastr_agentligi #Kadastr_xizmatlari #Litsenziya

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr #Buxoro

🗂 Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumotlarni onlayn olish mumkin❗️

🏠Hozirgi kunda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi juda ko’paygan.

📊Bu jarayonda xaridorlar uchun xarid qilinayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar: uning haqiqiy egasi kim, umumiy maydoni va qurilish osti maydoni qancha, qurilgan yili qachon, amaldagi va avvalgi huquq turi, cheklov mavjudligi, yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlari shakli, kim tomonidan berilgani, sanasi, raqami bor-yo‘qligi nafaqat qiziq, balki muhim ham hisoblanadi.

💻Endilikda bu kabi ma'lumotlarni uydan chiqmagan holda olish mumkinligidan xabaringiz bormi?

⚠️Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumot olish” xizmatidan foydalanish kifoya.

📆 Onlayn yo‘llangan ariza Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda natija talabgorga maʼlumotnoma ko‘rinishida taqdim etiladi.

💰 Xizmatdan foydalanish uchun 165 000 so‘m (BHMning 50 foizi) miqdorida to‘lov undiriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz! Xizmatdan my.gov.uz portali orqali foydalanganda, xizmat uchun undiriladigan to‘lov 10 foizga arzonlashadi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Kadastr #Buxoro

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB
:

❗️Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

🔺 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

🔺 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

🔺 Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

Buxoroda 11 oy ichida yer va
kadastr sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun 2 191 ta holatda maʼmuriy jarima qo‘llanildi

⭐️ Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman bo‘limlari tomonidan maʼmuriy bayonnomalar MjTKning quyidagi moddalari bilan rasmiylashtirilgan:

😎786 ta 60-modda 2-qismi bilan (Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎818 ta 60-modda 3-qismi bilan (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish);

😎17 ta 60 (prim) 1-moddasi bilan (Sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎24 ta 68-modda 1-qismi bilan (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish);

😎546 ta holatda 68 (prim) 1-moddasi bilan (Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik) holatlari bo'yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib belgilangan tartibda choralar ko'rildi.

#Mamuriy_amaliyot #Yer_nazorati #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun bo‘yicha yer uchastkalarini ijaraga berishning muddatlari haqida infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM