Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.76K photos
997 videos
1 file
4.15K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Sayyor_qabul

🔊 Hurmatli Buxoro viloyati,Buxoro tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 4-may, soat 15:00 dan

📍Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro tumani, "Rabotak" MFY binosida

📱Qabulga yozilish uchun +998 65-221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 26-aprel–2-may kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 8 455 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 303 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 1 271 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, mulkdor boʻlmagan, lekin koʻchmas mol-mulkka 15 yil davomida yoki boshqa mol-mulkka 5 yil davomida oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).

Telegram | Facebook | Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro

Zamonaviy kadastr tizimi islohotlar natijasi

▪️Yaqin yillargacha kadastr tizimi isloh qilishga muhtoj sohalardan biri edi. Odamlar uchun uy-joy, yer olish bir masala bo‘lsa, uni hujjatlashtirish ishlari “boshog‘riq” bo‘lganini yaxshi eslaymiz. Yugur-yugur, qog‘ozbozliklarning eng avj nuqtasi ham shu tizimda bo‘lardi. Hozir bu soha deyarli to‘liq raqamlashtirildi. Barcha xizmatlar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali shaffof, tezkor tarzda ko‘rsatilyapti. Asosiysi, tizimda qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, odamlarning vaqti va naqdi kushandasi bo‘lgan behuda ovoragarchiliklar bir necha barobarga kamaydi.

▪️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Yashin Habibovning sohada amalga oshirilgan islohotlar va o‘zgarishlar haqidagi mulohazalari bilan batafsil O‘zbekiston MIlliy axborot agentligi — Uza.uz nashrida e’lon qilingan maqolada tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Live #Sayyor_qabul
#Kadastr #Buxoro

📸 Ayni paytda, Buxoro tumanidagi "Rabotak" mahalla fuqarolar yigʻini binosida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov boshchiligida tumanning tizim mutasaddilari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi mas’ullari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, köchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer ajratish masalasida yordam berish va boshqa kadastr bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #iso_37001_2016

🌟 Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатни қўлга киритди.

“Cert international”
ташкилоти томонидан 2022 йилнинг 7 декабрь ҳамда 6-8 апрель кунлари ISO 37001:2016 халқаро стандарти бўйича аудиторлик текшируви ўтказилди. Текширув натижасига мувофиқ 🌟Кадастр агентлиги марказий аппарати ISO 37001:2016 халқаро сертификатига лойиқ деб топилди.

➡️ BATAFSIL 👈

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

🏠 Ko‘chmas mulkni bo‘lish va bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.
▫️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkning muayyan turdagi obyektini bo‘lish xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq obyektning tashkil etilishiga olib keladi.
▫️ Ko‘chmas mulk bo‘linganidan keyin mazkur ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka esa yangi ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish ochiladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DKP_statistika
#Kadastr_pasporti

Hafta davomida Buxoroda qancha kadastr pasporti shakllantirilgan?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 27-aprel–3-may kunlari davomida respublika bo‘yicha 5 618 ta kadastr pasporti tayyorlangan. Fuqarolardan kelib tushgan jami arizalar esa, 15 940 tani tashkil qilgan.

Shundan Buxoro viloyati bo‘yicha fuqarolarning murojaatlariga asosan 263 ta kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

🔹 Batafsil ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan my.gov.uz portali orqali 1-may holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali - 47 889 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali - 170 190 ta

📱 Xizmatdan foydalanish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

📨 Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi.

📁 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 1-may holatiga murojaatlarning o‘rganilishi yuzasidan infografik maʼlumot

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi:

▫️ yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi;
▫️ arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
▫️ yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari ma’lumotlariga mosligini aniqlash.

💠 Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov summasi bir gektar yer maydoni uchun BHM ning 5 baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_bilim #Kadastr
#Servitut

📑 Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

🔹o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;
🔹mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

❗️Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Xotira_va_qadrlash_kuni

9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Zero, O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, ezgu amallarini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos go’zal fazilatdir.

Shu munosabat bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari uzoq yillar sohada faoliyat yuritib uning rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh mehnat faxriylari xonadoniga tashrif buyurib, ular holidan xabar olindi.

Telegram | Facebook | Instagram