Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.74K photos
994 videos
1 file
4.14K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚖️ Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

▫️ yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
▫️ yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
▫️ yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
▫️ yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi;
▫️ yer uchastkasi maydoni (gektarda);
▫️ yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
▫️yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
▫️ qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
▫️ umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
▫️ mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
▫️ yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
▫️ yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
▫️ yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.

➡️Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.

Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari to‘liq ko‘rsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro

Har bir murojaat e’tiborda

🔰 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan yurtdoshlarimizning sohaga oid murojaatlariga yechim izlash, aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

▪️ Navbatdagi jonli muloqot Vobkent tumanida tashkil qilindi. Sayyor qabulda Kadastr agentligi va davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari mutasaddilaridan tashqari Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Abdullayev ham ishtirok etdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati

Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

📌Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Аbdullayev hamda Romitan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi vakili Sh.Xo‘jaqulovlar ishtirokida “Kadastr idoralari-xalq xizmatida” mavzusida aholi vakillari, tumandagi mahalla raislari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

▪️Tadbir ishtirokchilariga kadastr yo‘nalishi bo‘yicha so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati xalqchil tilda tushuntirildi. Аsosiy eʼtibor sohada korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashishga qaratildi.

▪️ Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi. Idoralararo hamkorlikda olib boriladigan kelgusidagi ishlar kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr_agentligi
#Ishonch_telefoni

⌛️Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097
ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

📲 1097 sizning xizmatingizda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #UZKAD
#Buxoro

Buxoroda Maktablarning kadastr maʼlumotlarini UZKAD tizimiga kiritilmoqda

Buxoro viloyatida 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, 3850 ming gektar yer maydonlari UzKAD tizimiga kiritilib, elektron xaritasi yaratilgan edi. Bu viloyat umumiy yer maydonlarining 95.7 foizini tashkil qiladi.

▪️ Kadastr xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarini UzKAD tizimiga kiritilishi natijasida mazkur obyektlarning elektron bazasi yaratilmoqda. Endilikda Buxorodagi maktablarning kadastr maʼlumotlari ham UzKAD tizimiga kiritilmoqda.

▪️Bugungi kunda viloyatda 586 ta umumtaʼlim maktab hamda uning filiallari mavjud bo‘lib, UzKAD tizimida mazkur maktablarning joylashgan manzillari, yer maydoni, maktabdagi binolar soni, yer fondi toifasi, kadastr raqami va shu kabi boshqa muhim maʼlumotlar joylashtiriladi. Hozirgi kunga qadar viloyatdagi 454 ta maktabning ma’lumotlari UZKAD tizimiga kiritildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?


📌Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

▪️fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

▪️mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi#Kadastr_pasporti
#Infografika

📌 Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi?

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron raqamli imzo kalitini bepul oling!

"E-auksion" platformasida ro'yxatdan o'tib, shaxsiy kabinetdagi "ERI kalitlari" bo'limidan ariza yuborish mumkin. Ushbu ERI kalitidan faqat "E-auksion" platformasida foydalanish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro
#UZKAD #Maktablar

Buxorodagi maktablarning ma’lumotlari UZKAD tizimiga kiritilmoqda

Bu haqida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi. Buxoro viloyatida 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 3850 ming gektar yer maydonlari UZKAD tizimiga kiritildi. Bu viloyat umumiy yer maydonlarining 95.7 foizini tashkil qiladi.

Kadastr xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obektlarini UZKAD tizimiga kiritilishi natijasida mazkur obyektlarning elektron bazasi yaratilmoqda. Endilikda Buxorodagi maktablarning kadastr ma’lumotlari ham UZKAD tizimiga kiritilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr_xalq_xizmatida

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Abdullayev, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar bo‘lim(filial)i mas’ullari ishtirokida «Varaxsha» MFYda «Kadastr idoralari — xalq xizmatida» mavzusida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹 Uchrashuvda kadastr xodimlari tomonidan, ishtirokchilarga so‘ngi yillarda sohaga oid qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati xalqchil tilda tushuntirildi.

🔸Tadbirda asosiy e’tibor aholining kadastr sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni atroflicha muhokama qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

🔸 Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar. Bunday jonli muloqotlar o‘tkazilishi davom ettiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kun_tarixi #Matbuot
#Jurnalistika

3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 1993-yilning 3-may kuni ushbu sanani “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e’lon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni deb nishonlanishi haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. O‘shandan buyon har yili 3-may sanasi dunyo bo‘ylab Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanadi.

Aytish joizki, mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga e’tibor tobora oshmoqda.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi yurtimizdagi, viloyatimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlar, umuman, soha vakillarini 3-may — Jahon Matbuoti erkinligi kuni bilan tabriklaydi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Auksion
#Statistika_DKP

🏢 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2023-yil 25-aprel—1-may kunlarida auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qildi.

📃Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha mazkur muddatda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 543 ta yer uchastkasi e-auksion.uz platformasi orqali savdoga chiqarilgan. Shundan 3,56 gektar maydondagi 27 ta yer uchastkasi Buxoro viloyatidan savdoga chiqarilgan.

❗️ Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz platformasidagi savdolarda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi
#Kadastr #Yer_nazorati
#Javobgarlik

⚡️Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish

🔹fuqarolarga BHMning 3 baravari,

🔹mansabdor shaxslarga esa 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

🔹fuqarolarga BHMning 5 baravari,

🔹mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿 2023 yil boshidan 1-may kuniga qadar jismoniy va yuridik shaxslarning 12576 ta ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shundan,
◾️ yakka tartibdagi turar joylar– 5089 ta;
◾️ xususiylashtirilgan kvartiralar – 3613 ta;
◾️ yakka tartibdagi turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasi –1499 ta;
◾️ noturar joy ko‘chmas mulk obyektlari –1717 ta;
◾️ noturar joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkalari – 658 ta.

Telegram | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul

🔊 Hurmatli Buxoro viloyati,Buxoro tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 4-may, soat 15:00 dan

📍Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro tumani, "Rabotak" MFY binosida

📱Qabulga yozilish uchun +998 65-221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 26-aprel–2-may kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 8 455 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 303 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 1 271 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram