Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
976 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Tabrik

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon Hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman.

Olloh bu oyda qilgan ibodatlarimizni, jumladan tutgan ro’zalarimizni, qilgan sadaqayu-ehsonlarimizni, bajargan amallarimizni dargohida qabul qilsin.

Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni samimiy qutlab, ularga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolamаn.

Amriddin Toyirov - Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayit #bayram_tabrigi

⭐️ Kadastr agentligi jamoasi barchani 🌙Hayit ayyomi bilan tabriklaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22-aprel — Xalqaro Yer kuni

❇️ Bayram 2009-yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 50 dan ortiq davlat vakillari tomonidan ma'qullangan.

📋 Ma'lumki, Yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to'rt yarim milliard yil bo'lgan. Uning 29 foizdan ortiqrog'i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to'g'ri keladi. Ishlov beriladigan maydonlar esa bor-yo'g'i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi.

➡️ 22-aprel sanasida ana shu jihatlarga e'tibor qaratilib, bu kun turli mamlakatlarda insonlarni sayyoramiz yagonaligini his etish, barcha kuchlarni dunyoda xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️1-maydan davlat ko‘chmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi

"Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra:

🔹respublika mulki boʻlgan davlat koʻchmas mulklari va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi, bundan Strategik islohotlar agentligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli ulushlar hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

🔹davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar Davlat aktivlari agentligining tegishli buyrugʻi mavjud boʻlganda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi;

🔹davlat koʻchmas mulk obyekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bitim tuzilgach 10 kun muddatda “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi;

🔹vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat koʻchmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirish hamda davlat ishtirokidagi korxonalar va ular tizimidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha majburiy tartibda Agentlik xulosasi olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram
❗️РАСМИЙ МУНОСАБАТ.

Интернет тармоқларида “Фуқаронинг 1000 АҚШ доллари пуллари эвазига кадастр ҳужжатини расмийлаштириб беришни ваъда қилган шахслар қўлга олинди” видео тарқалди.

‼️Унда баён этилган ҳолатлар аслида бошқача бўлган!
Аниқлик киритамиз.

Жорий йилнинг 18 апрель куни Бош прокуратураси ҳузуридаги иқтисодий жиноятларга қарши курашиш Департаменти Фарғона вилояти бошқармаси Олтиариқ тумани бўлими томонидан ноқонуний ер олди-сотдиси бўйича тадбир давомида фуқаро ер майдони эгасига кадастрдаги танишлари орқали фуқарога кадастр ҳужжатларни расмийлаштириш нотурарни турар жой тоифасига ўтказиш эвазига 1000 АҚШ доллари олган вақтда қўлга олинган.

Тадбир давом эттирилган ва фуқаро кадастр туман филиали раҳбари Х.Х.га йўналтирилган. Ўз ўрнида Х.Х. томонидан фуқаронинг таклифи рад этилган ва пора сифатида таклиф етилган пулларни олмаган.

Шундан сўнг, Х.Х. туман прокуратурасига олиб келинган ва суриштирув натижасида юқоридаги ҳолатга алоқаси йўқ деб топилиб қўйиб юборилган.

Янгиланаётган Конституцияда ҳам айбсизлик презумпциясига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

“26-модда. Жиноят содир этганликда айбланаётган ҳар бир шахснинг иши судда қонуний тартибда, ошкора кўриб чиқилиб, унинг айби аниқланмагунча у айбдор ҳисобланмайди. Судда айбланаётган шахсга ўзини ҳимоя қилиш учун барча шароитлар таъминланади.”

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

📑 Endi sud qarorisiz uy-joyni buzish mumkin emas

“Endi sud qarori bo‘lmasa, bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Uyni mulk egasining roziligi bilan va to‘liq kompensatsiya bergandan so‘ng buzish mumkin”yangilanayotgan Konstitutsiyaning 47-moddasi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Auksion
#Statistika_DKP

🏢 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2023-yil 18—24-aprel kunlarida auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qildi.

📃Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha mazkur muddatda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 200 ta yer uchastkasi e-auksion.uz platformasi orqali savdoga chiqarilgan. Shundan 1,91 gektar maydondagi 4 ta yer uchastkasi Buxoro viloyatidan savdoga chiqarilgan.

❗️ Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz platformasidagi savdolarda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
🔹DXMdagi xizmatlarimiz🔹

🌟 O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (Servitut) to'g'risidagi kelishuvlarni davlat ro'yhatidan o'tkazish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Sayyor_qabul
#Kadastr #Buxoro

📸 Ayni paytda Vobkent tumanida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Hamidovich boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Mazkur qabulda fuqarolar kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer ajratish masalasida yordam berish va boshqa kadastr bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaat qilishmoqda.

⚠️ Sayyor qabul natijalari bo‘yicha batafsil yana maʼlumot beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 19–25-aprel kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 3 187 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 131 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 775 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Xonalar qanday raqamlanadi ?▪️

⚜️ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi 1010-son qaroriga ko'ra alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.

◼️Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi.

◼️ Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi.

◼️ Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DKP_statistika
#Kadastr_pasporti

Hafta davomida Buxoroda qancha kadastr pasporti shakllantirilgan?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 19–26-aprel kunlari davomida respublika bo‘yicha 3 953 ta kadastr pasporti tayyorlangan. Fuqarolardan kelib tushgan jami arizalar esa, 13 091 tani tashkil qilgan.

Shundan Buxoro viloyati bo‘yicha fuqarolarning murojaatlariga asosan 208 ta kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

🔹 Batafsil ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro

Hurmatli Shofirkon tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Shofirkon tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28-aprel kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Habibov Yashin Xayrullayevich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Shofirkon tumani, «Quyi chuqurak» MFY binosi

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📹 Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Abdullayev Abdushukur Hamidovich boshchiligida Vobkent tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul «Buxoro» telekanali nigohida.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

📌 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining Romitan tuman bo‘lim (filial)i xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi S.Abdullayev ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

▪️ Davra suhbatida xodimlarga korrupsion faoliyat uchun jazo muqarrarligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi. O‘tkazilayotgan xizmat tekshiruvlari jarayonida xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatish madaniyatida hamda fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashda kuzatilayotgan bir qator kamchiliklar muhokama qilindi.

▪️Shuningdek, xodimlar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, kiyinish madaniyatiga rioya etish kabi masalalar bo‘yicha ogohlantirildi.

Telegram | Facebook | Instagram