Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
981 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

🔹 Vobkent tumanidagi “Charmgaron” MFYda Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi S.Abdullayev boshchiligida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Vobkent tuman boʼlimi va filiali mas’ullari, mahalla faollari ishtirok etishdi.

🔹 Tadbirda S.Abdullayev yigʼilganlarga korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha Kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligi haqida maʼlumot berib oʼtdi. Xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatish madaniyatida hamda fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashdagi muammolar muhokama qilindi.

🔹
Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Referendum #Befarqemasman

A. Toyirov – Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i:

"Bugun yurtimizda mulkka, xususan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan munosabat o‘zgarmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyada har bir fuqaroning ko‘chmas mulkka egalik qilishi va uni erkin tasarruf qilishi qonun bilan mustahkamlanmoqda. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, demokratik islohotlar va yangilanishlarga mustahkam huquqiy zamin yaratadi. Shunday ekan, barchani joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartish bo‘yicha xalq saylovi — referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman”.

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Auksionga chiqarilgan yer uchastkalari▪️

🪩 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2023 yil 20-27-mart kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 327 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Referendum #Befarqemasman

Y.Habibov – Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i:

"Kadastr agentligining asosiy vakolatlaridan biri umummilliy boyligimiz hisoblangan yerni avaylab asrash va yer munosabatlarida qonuniylikni taʼminlashdan iboratdir. Yangilanayotgan Konstitutsiyada sohamizga oid fundamental o‘zgarishlar kiritilmoqda. Konstitutsiya loyihasining 68-moddasiga kiritilayotgan yerni xususiylashtirish qo‘shimchasi undan oqilona foydalanishga va yerni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Men bu o‘zgarishlarga befarq emasman. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va yangilanishlarning mustahkam asosi bo‘lishiga ishonaman. Shunday ekan, barchani joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartish bo‘yicha xalq saylovi — referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman”.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Referendum2023 #befarqemasman

AHOLINING TURAR JOY, MOL-MULK BORASIDAGI HUQUQLARI MUSTAHKAMLANMOQDA

Yangilanayotgan Konstitutsiya yurtdoshlarimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

📹 Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 23-28-mart kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 746 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 277 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 1 073 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Matbuot anjumanidan▪️

🌟 Kuni keсha O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida “O'zbekiston Respublikasida yer hisobining yuritilishi hamda ko'chmas mulkka oid qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda spikerlar yangilanayotgan Konstitutsiya bo'yicha o'z fikrlarini bildirishdi.

👔 Yangilanayotgan konstitutsiyamizdagi har bir modda inson manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. - dedi anjumanda Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo'limi boshlig‘i Faxriddin Niyozov.

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani #befarqemasman

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Referendum #Befarqemasman
#Kadastr #Buxoro

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati xodimlarga tushuntirilmoqda.

Ayni paytda, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarida yangi qabul qilinayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, yangi qo'shilayotgan normalar va inson huquqlariga oid qo'shimchalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#DKP_statistika
#Kadastr_pasporti

Hafta davomida Buxoroda qancha kadastr pasporti shakllantirilgan?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 23—29-mart kunlari davomida respublika bo‘yicha 7 917 ta kadastr pasporti tayyorlangan. Fuqarolardan kelib tushgan jami arizalar esa, 19 971 tani tashkil qilgan.

Shundan Buxoro viloyati bo‘yicha fuqarolarning murojaatlariga asosan 382 ta kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

🔹 Batafsil ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
DIQQAT E’LON!

🔊 Hurmatli Romitan tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2023-yil 31-mart, soat 14:00dan

📍Manzil: Romitan tumani madaniyat va istirohat bog‘i

📱Qabulga yozilish uchun +99865 221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Siyosiy_marifat_soati

📸 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Referendum #Befarqemasman
#Kadastr #Buxoro

Bugun, Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi binosida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro shahar bo'lim va filial xodimlari hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti talabalariga yangi qo'shilayotgan normalar va inson huquqlariga oid qo'shimchalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram