Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

Maqsadimiz—korrupsiyadan holi tizim yaratish

▪️ Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

▪️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov hamda komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi S.Abdullayevlar tomonidan ZOOM platformasi orqali yig'ilish tashkil etildi.

▪️Yig‘ilish ishtirokchilariga o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, kasb etika qoidalariga rioya qilishi, tizimni obro‘sizlantirish va sohaga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi zarurligi ta’kidlandi. Sohada firibgarlik va tamagirlik kabi illatlarni butunlay yoʻqotish borasida qo‘llaniladigan ta’sirchan choralar bo‘yicha tushuntirish berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 8-14-fevral kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 677 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 240 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 1 192 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Uch yillik auksion hisoboti▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

📊 Mazkur videoinfogrfikada Siz Respublika bo‘yicha yer maydonlarini auksion savdolarga chiqarilishi va sotilishi yuzasidan 2020-2021-2022 yillar taqqoslamasi bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #auksion #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

▪️Joriy yilning 9-fevral kuni «Adolat ko‘zgusi» gazetasining 5-sonida «Mahallaqo‘mning masjiddan chiqqisi yo‘q» sarlavhasi ostidagi e’lon qilingan maqola yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

▪️O‘rganish natijalari yuzasidan tez orada ma’lumot taqdim etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing

АОКАда⭐️ Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида ўтказилган брифингда аҳолини қизиқтираётган масалаларга изоҳ берилди.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DKP_statistika
#Kadastr_pasporti

Hafta davomida Buxoroda qancha kadastr pasporti shakllantirilgan?

Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida respublika bo‘yicha 7 248 ta kadastr pasporti tayyorlangan. Fuqarolardan kelib tushgan jami arizalar esa, 16 690 tani tashkil qilgan.

Shundan Buxoro viloyati bo‘yicha fuqarolarning murojaatlariga asosan 375 ta kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

Batafsil ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi
#Huquqiy_asos

🗂 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▪️yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

▪️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▪️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

▪️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Ko‘chmas mulk toifalari▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

📊 Mazkur infografikada siz ko‘chmas mulk obyektlari toifalarining 2021-2022-yildagi tafovutlari bilan Respublika hududlari ko‘rinishida tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #ko_chmas_mulk

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Foydali #Kadastr

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘lovlari

▪️ Umumiy maydoni 100 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish— BHMning 1,25 baravari (375,000 so‘m)

▪️ Umumiy maydoni 101 kv.metrdan 300 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish— BHMning 2 baravari (600,000 so‘m)

▪️ Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish— BHMning 3 baravari (900,000 so‘m) miqdorida belgilangan.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr_qiymati

💻 Ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini onlayn hisoblash xizmati.

Foydalanish tartibi:

Hudud(viloyat) tanlanadi;
Aholi punktlarni tanlanadi;
Ko‘chmas mulk obyekt turi tanlanadi;
Bino qurilgan sanasi belgilanadi (agar yakka tartibdagi uy-joy bo‘lsa, qavatlar soni va qurilish materiali ham belgilanadi);
Umumiy foydali maydon kv.m2 da belgilanadi
Umumiy foydali maydon tarkibida hisobga olinmagan yordamchi-xo‘jalik imoratlarining maydoni,kv.m2da kiritiladi;
HISOBLASH tugmasi bosiladi.

Natija - Ko‘chmas mulk obyektining taxminiy kadastr qiymati kelib chiqadi.

Xizmatdan quyidagi havola orqali foydalanishingiz mumkin👇
https://kadastr.uz/uz/kadastr-qiymatini-hisoblash

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB
:

❗️Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

▪️ Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Fermer xo'jaligi tashkil etish uchun kimga murojaat etish kerak? Qancha yer maydoni, qancha muddatga beriladi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Dunyodagi eng katta hududga ega qishloq xo'jaligi yerlari▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati xorijdagi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etadi. Ushbu infografika orqali siz qishloq xo'jaligi yerlarining hududi bo'yicha dunyoda yetakchi bo'lgan 10 ta davlat bilan tanishishingiz mumkin.

🌿 Unga ko'ra, dunyodagi eng katta hududga ega qishloq xo'jaligi yerlari AQSH da bo'lsa, eng ko'p davlat hududini egallagan bu toifadagi yerlar Ukrainada ekanligini ko'rishimiz mumkin.

👉 Bundan avval hududi jihatidan eng katta yerlarga ega bo‘lgan dunyodagi mashhur mulkdorlar haqida qiziqarli ma’lumot berilgan edi.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #yer_nazorati

🌐Yer uchastkalarini xususiylashtirish

🕓 O‘tgan davr mobaynida, (2023 yil 16 fevral holatiga) 35 368 ta yer uchastkalarini xususiylashtirish yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 13 163 tasiga (34.4%) ijobiy xulosa berilgan, 22 784 tasi rad etilgan va 421 tasi jarayonda.

⭕️ Rad etish sabablari o‘rganilganda, aksariyat hollarda Yerga bo‘lgan huquqni mavjud emasligi yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xususiylashtirish masaladagi murojaatlar ekanligi, davlat orderi asosida (kottedj tipidagi) uylar (kvartiralar) egalari va muhofaza zonalarida joylashgan obyektlar ekanligi aniqlangan.

🟢Bunday holatlarda, murojaatchilarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirish orqali tegishli yo‘nalish berib kelinmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DKP_sarhisob
#Statistika

Buxoroda dehqonchilik uchun 2022-yilda qancha yer ajratilgan?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati sohaga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

📊 2022-yilda Dehqon xo‘jaligi tashkil qilish maqsadida ajratilgan 93 ming gektar yer uchastkalari 419 553 nafar auksion g‘oliblariga rasmiylashtirildi.

▪️Shundan Buxoro viloyatida 7 595 gektar yer maydoni 45 589 nafar auksion g‘olibi nomiga rasmiylashtirilgan.

Batafsil mazkur infografikada👆

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Ijtimoiy_rolik

🏡🏢 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

📹 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

❗️Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.

Telegram | Facebook | Instagram
🔹Maqsadimiz— korrupsiyadan xoli tizim yaratish🔹

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Toyirov boshchiligida va komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi M.Xidirov ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, ijro-intizomi hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Unda, tuman, shahar filiallari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi. Yig‘ilishda sohada korrupsion xatarlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xodimlarga ish vaqtida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik holatlarining huquqiy oqibatlari xususida tushuntirishlar berib o‘tildi.

▪️Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarti bilan ishlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Boshqarmada tuzilgan odob-axloq komissiya tomonidan ijro-intizomi masalasi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram