Buxoro Kadastr ️
1.37K subscribers
6.15K photos
1.06K videos
1 file
4.42K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Murojaatlar_DKP
#Statistika
#Buxoro

🏢 Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga 2023-yil yanvar oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 168 ta murojaat kelib tushgan.

❇️ 64 ta murojaat Xalq qabulxona va virtual qabulxonalari orqali, 44 ta jismoniy shaxslardan, 59 ta yuridik shaxslardan hamda 2 tasi esa ishonch telefoni orqali kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarning

121 tasi qanoatlantirilgan;
☝️ 41 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan;
🔹 4 ta yechimi vaqt talab qiladigan murojaat o‘rganish jarayonida;
♻️ 2 ta murojaat takroriy.

☎️ Maʼlumotlar yuzasidan (65) 221-01-88 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
🔹Yil yakunlari muhokama qilindi, istiqboldagi rejalar belgilab olindi🔹

▪️Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari Ravshan Nishonov tomonidan Buxoro viloyatida 2022-yil yakuni va 2023-yil rejalariga bag'ishlangan yig'ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘i va xodimlari hamda hududiy filial rahbarlari ishtirok etdi.

▪️Yig‘ilishda har bitta yo‘nalishda qilingan ishlar keng tahlil qilindi. Eng avvalo yerlarning elektron xaritasi yaratilishi bo‘yicha bajarilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

▪️Bu borada viloyatning jami 4 mln 183 ming gektar yer maydonidan 2023-yil 1-yanvar holatiga “UZKAD” tizimida 3 mln 892 ming gektari (93%) hisobga olinib, 3,7 mln gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ta’kidlandi.

Batafsil👉bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati

Kadastr agentligi Shofirkon tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan fuqaro M.O. «Jo‘yrabod» MFYdagi fermer xo‘jaligiga qarashli yuqori ball bonitetli sug‘oriladigan yer maydonining 7 sotixini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, molxona qurganligi aniqlangan.
Ogohlantirishlarga qaramasdan o‘zboshimcha qurilish fuqaro tominidan bartaraf etilmagach, holat prokuratura organlariga yuborilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229¹-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq
Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —

BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⭐️Kadastr agentligi tizimidagi islohotlar, sohani raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida Agentlik boshqarma boshlig'i Behzod Nishonov bilan suhbat.

🗣Batafsil "O'zbekiston24" telekanalining "Studiya24" dasturi lavhasida

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.02.2023 yildagi 50-son qarori bilan Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

◼️ Nizomga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda tog‘-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish obyekti hisoblanadi.

◼️ Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma’lumotlar “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.

◼️ Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:

- yerning tuzilishi buzilmagan;
- antropogen ta’sirda buzilgan;
- degradatsiyaga uchramagan;
- kuchsiz degradatsiyalangan;
- o‘rta degradatsiyalangan;
- kuchli degradatsiyalangan;
- o‘ta kuchli degradatsiyalangan.

◼️ Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.

◼️ Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli mas’ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka muvofiq, sug‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

▪️Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Ko'p qavatli binoning 1-qavatida turaman. 1-qavatga tutash yer maydonini panjara bilan o'rab olishim mumkinmi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali yoxud ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Xabaringiz_bormi

🔰 Amaldagi tartibga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion savdolari orqali sotib olganda auksion g‘olibi sotib olish qiymatini 3 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Telegram | Facebook | Instagram
#Test
Buxoro viloyatining maydoni qancha?
Anonymous Quiz
54%
4 193 705 gektar
38%
4 183 054 gektar
9%
4 173 205 gektar
🟥🟥🟥

Davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

🇺🇿 «Taraqqiyot strategiyasi» markazi barcha fuqarolardan 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasining muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni Markazning quyidagi maxsus portallari, elektron resurslari orqali bildirishlarini so‘rab qoladi:

✔️ 2023.strategy.uz
✔️ davlatdasturi.uz
✔️ @dscuzbekistan
✔️ @YangiTaraqqiyotStrategiyasi

Muhokamalar 2023-yil 6-fevraldan 17-fevralgacha davom etadi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢Bugun 7-fevral kuni 🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Komplayens-nazorat xizmati xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi Yangiyo‘l shahar bo‘limi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan faol tadbir o‘tkazildi.

Natijada, Yangiyo‘l shahar filiali boshlig‘i I.Xning xizmat xonasida fuqaro M.A tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan Yangiyo‘l shaharda joylashgan qurilishi bitmagan xonadonni qurilishi tugallangan deb kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Kadastr xodimiga “pora” berishga undagan. Oqibatda 2 mln so‘mning bir qismi, yaʼni 1 mln so‘mini berayotgan vaqtda fuqaro Departament tezkor xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlandi.

Fuqaro M.Aning jinoyatga undash kabi noqonuniy so‘zlashuvlari va harakatlari filial boshlig‘i xonasiga o‘rnatilgan maxsus texnik vosita bilan qayd etildi va holat hujjatlashtirildi.
Hozirda fuqaro M.Aga nisbatan dastlabki tergov oldi harakatlari Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

📢 Hurmatli fuqarolar. Qonunchilikda pora berganga va olganga qat'iy javobgarlik nazarda tutilgan. Davlat xizmatlaridan foydalanganda qonun doirasida o‘z huquqlaringizni talab qiling. Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymang va shunday shaxslar haqida maʼlumotga ega bo‘lsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro


🔰 Buxoro viloyatida yerlarning elektron xaritasini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatning jami 4 million 183 ming gektar yer maydonidan 2023-yil 1-yanvar holatiga «UZKAD» tizimida 3 million 892 ming gektari hisobga olingan. 3,7 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

▪️Bu haqida davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2022-yil yakunlari va joriy yildagi istiqbolli rejalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lumot berildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi
#Xususiy_mulk
#Huquqiy_asos

Xususiy mulk miqdori cheklanganmi?

Xususiy mulk huquqi shaxsning mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

▪️Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

▪️Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli.

▪️U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 31-yanvar—2-fevral kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 13 146 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 445 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 1 353 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram