Buxoro Kadastr ️
1.33K subscribers
5.83K photos
1.01K videos
1 file
4.22K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

📌 38 turdagi davlat xizmatlarini yagona interaktiv davlat xizmatlari portali(my.gov.uz)da elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi

Jumladan kadastr xizmatlari sohasida:

▪️ Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish

▪️ Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▪️ O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▪️ Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish

Telegram | Facebook | Instagram
#Xabaringiz_bormi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik— bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Auksion savdosida yutib olingan yerni o'lchash uchun kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Huquqiy_asos

🔰Qonunchilikka ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish, —

❗️bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📌O‘sha qilmish:

a) yerlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa,

❗️bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Telegram | Facebook | Instagram
▪️2022-yilda tadbirkorlik uchun auksionga chiqarilgan yer uchastkalari tahlili ▪️

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘tgan 2022-yil davomida Respublika bo‘yicha – yer uchastkalarini onlayn auksionga chiqarishning oylar kesimidagi ko‘rsatkichlari mazkur infografikada berilgan.

📁 Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida yer uchastkalarini auksionga jami 53 852ta va oylar kesimida esa eng ko‘p may oyida 16 061ta ko‘rsatkich bilan taqdim etilganini kuzatish mumkin.

👔Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-son qaroriga ko‘ra Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini onlayn auksionga taqdim etish 2022-yil aprel oyidan boshlangan.

#DavKadastrPalata #auksion_shkalasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Auksion
#Statistika_DKP

🏢 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2023-yil 17-23-yanvar kunlarida auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qildi.

📃Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha mazkur muddatda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 301 ta yer uchastkasi e-auksion.uz platformasi orqali savdoga chiqarilgan. Shundan 1,48 gektar maydondagi 10 ta yer uchastkasi Buxoro viloyatidan savdoga chiqarilgan.

❗️ Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz platformasidagi savdolarda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Yer uchastkalari va dov-daraxtlarga kadastr pasporti▪️

🌟 Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Yer uchastkalari va ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish narxlari bilan mazkur infoda tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati
#javobgarlik

🔰Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 18-24- yanvar kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 167 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 246 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 951 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Test

Yer fondi nechta toifaga ajratiladi?
Anonymous Quiz
34%
5 toifaga
3%
6 toifaga
16%
7 toifaga
47%
8 toifaga
#Xabaringiz_bormi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘 Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋 Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❗️ Mazkur xizmatdan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #atamalar

🎆 FOTO MA'LUMOT

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«E-auksion» platformasiga dehqonchilik uchun yangi yerlar savdoga chiqarilmoqda

Buxoro viloyatida 5 mingdan ortiq yer uchastkalarini
elektron tanlovda ishtirok etib 30 yilga ijaraga oling!

▪️Olot tumanida 846 ta (ko‘rish)
▪️Buxoro tumanida 531 ta (ko‘rish)
▪️Vobkent tumanida 789 ta (ko‘rish)
▪️G‘ijduvon tumanida 703 ta (ko‘rish)
▪️Kogon tumanida 349 ta (ko‘rish)
▪️Qorako‘l tumanida 235 ta (ko‘rish)
▪️Qorovulbozor tumanida 118 ta (ko‘rish)
▪️Peshko‘ tumanida 260 ta (ko‘rish)
▪️Romitan tumanida 269 ta (ko‘rish)
▪️Jondor tumanida 506 ta (ko‘rish)
▪️Shofirkon tumanida 785 ta (ko‘rish)

❗️ Auksion savdolarida qatnashish tartibini o'rganish (video)

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Yer uchastkasini uydan chiqmagan holda qanday xususiylashtirish mumkin?▪️

◼️ Hozirgi kunda fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz yordamida onlayn xususiylashtirish imkoniyatiga ega (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).

◼️ Ushbu qulaylikdan foydalanish tartibi bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #onlayn_xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi

Jinoyat jazosiz qolmaydi

🔹Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida soha faoliyati ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etishga bag‘ishlangan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

🔹Yig‘ilish ishtirokchilariga sohada firibgarlik va tamagirlik kabi illatlarni butunlay yo‘qotish borasida qo‘llaniladigan ta’sirchan choralar bo‘yicha tushintirish berildi.

🔹Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining taqdimnomasi bo‘yicha tizimning sobiq xodimlari tomonidan bir necha yillar davomida amalga oshirilgan jinoiy hatti-harakatlari tafsilotlari o‘qib eshittirilib, muhokama etildi. Har qanday jinoyat kun kelib fosh bo‘lishi, har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi xodimlarga tushuntirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Kadastr hujjatlarini necha yilda yangilab turish kerak? O'zi uni qanday hollarda yangilash lozim?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Sarhisob_DKP

▪️ Ayni paytda Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirokida 2022-yil yakunlari hamda 2023-yil rejalariga bag'ishlangan yig'ilish bo‘lib o‘tmoqda.

▪️ Mazkur sarhisob yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov ham ishtirok etmoqda. Yig‘ilish kun tartibidan A.Toyirovning 2022-yil davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan hisoboti ham eshitiladi.

Telegram | Facebook | Instagram