Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
981 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
DIQQAT E'LON!

🔊 Hurmatli Buxoro viloyati, Shofirkon tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosari Nishonov Ravshan Rustamovich hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2022-yil 24- noyabr, soat 14:00 dan

📍Manzil: Buxoro viloyati, Shofirkon tumani 9-son bolalar musiqa va san'at maktabi

📱Qabulga yozilish uchun +998 65-221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#Kadastr_nazorati
#Mamuriy_jarimalar

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish holati bo‘yicha 297 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Eslatma:

📌Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksning 68-moddasi 1-qismiga asosan, Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish,

▪️ Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari,

▪️Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

🔹fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari,

🔷mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilib_olgan_yaxshi

🔰 Amaldagi tartibga ko‘ra, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:

▪️davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;

▪️meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;

▪️auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Vakansiya #Kadastr
#Buxoro

BIZNING JAMOAGA QO‘SHILISHNI
ISTAYSIZMI?

📣 Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

▪️Qorako‘l tuman bo‘limi bosh inspektori
▪️Romitan tuman bo‘limi yetakchi inspektori
▪️Buxoro tuman bo‘limi yetakchi inspektori

📌Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan ro‘yxatdan o‘tishlari, mavjud vakant lavozimni tanlab, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2022-yil 25-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #bayroq

🟢 Barchangizni 18-noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 🇺🇿 qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaymiz.

Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini aks ettiruvchi bayrog‘imiz baland hilpirayversin!

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

📸 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Chorlov #Muqaddasdir_vatan_bayrogi
#Kadastr #Buxoro

🇺🇿 Davlat bayrog'i xalqning qadim o'tmishi, buyuk qadriyatlari, millatning buguni va kelajagini o'zida ifoda etadi.

🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.

🇺🇿 Bayrog'imiz musaffo osmon uzra hamisha hilpirab tursin!

Telegram | Facebook | Instagram
#Joy_nomlari_reyestri
#Buxoro

Joy nomlari reyestri takomillashmoqda

🏢 Buxoro viloyat hokimligida geografik obyektlarning nomlari Davlat reyestri bazasi hamda ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri yuritilishini yanada jadallashtirish ishlari yuzasidan seminar trening o‘tkazildi.

▪️Unda hamkor tashkilotlar, Respublika aerogeodeziya markazi hamda Davlat Kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan viloyatdagi joy nomlarining yagona reyestrini yuritish, ko‘cha nomlarini tartibga solish, mahallalar xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

▪️Shuningdek, Respublika ishchi guruhi tashrifi davomida joy nomlari bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan olimlar ishtirokida Buxoro toponimlari izohli lug‘ati kitobini yaratish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram
▫️Huquqiy ma’lumot▫️

⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika
#Davlat_royxatidan_otkazish

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yil 8-17-noyabr kunlaridagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 O'tgan vaqt oralig‘ida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obyektlar soni umumiy 20 885 tani tashkil etdi. Mazkur muddatda Buxoro viloyatida 1 106 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa 1 630 tani tashkil etgan.

☝️Eslatib o‘tamiz, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obyektni takroran yuborish, arizada kadastr raqamini xato kiritish, huquqni belgilovchi hujjatlarni to‘liq taqdim etmaslik, huquqiy hujjatda ajratilgan yer maydonidan ortiqcha yer maydoniga qurilish qilgan holda ariza kiritish kabi holatlar uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #infografika #2022

🟢 Mavjud sunʼiy va tabiiy baliqchilik havzalarini xatlovdan oʻtkazishda aniqlangan huquqbuzarliklar uchun qoʻllanilgan taʼsir choralari toʻgʻrisida ma'lumot infografikada

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM