Buxoro Kadastr ️
1.34K subscribers
5.87K photos
1.02K videos
1 file
4.25K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Kadastr
#Vakansiya

⚡️Bizda bo'sh ish o'rinlari

🔻Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

▪️Buxoro tuman bo'limi yetakchi inspektori
▪️Romitan tuman bo'limi yetakchi inspektori
▪️Qorako'l tuman bo'limi bosh inspektori

❗️Hujjatlar 2022-yil 8-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔹 Qorovulbozor tuman bo'limi yetakchi inspektori
🔹 Vobkent tuman bo'limi yetakchi inspektori

❗️Hujjatlar 2022-yil 5-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

☝️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⁉️2 million 600 ming xonadon huquqlarini belgilovchi hujjatlari yo'qligining sababi nimada va ularning oldini olish bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

⁉️Shu kunga qadar yurtimizda qancha yerlar auksionga chiqarilgan?

📝Bu savolga Davlat kadastrlari palatasi Koʼchmas mulk huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish boshqarmasi boshlig'i Sanjar Аbdurazzoqov javob berdi.

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi
#Subsidiya

🔰 Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibiga o‘zgarish kiritildi

Hukumat qaroriga koʻra, 2022-yil 1-dekabrdan quyidagilar belgilandi:

🔹subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi;

🔹arizalarni bandlikka ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi;

🔹mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari «Subsidiya.idm.uz» dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;

📌 Quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar toifasiga kiritiladi:

▪️ yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

▪️ olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

Telegram | Facebook | Instagram
TEST

2022-yil 1-oktabr holatiga Buxoro viloyatida 1 kv.km yer maydoniga qancha aholi toʻgʻri keladi?
Anonymous Quiz
31%
69 kishi
44%
49 kishi
25%
35 kishi
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

1-noyabrdan ko’p qavatli uylarning umumiy mulki hududida qo’shimcha obyekt qurish taqiqlandi.

⚜️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo‘shimcha ko‘p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo‘lmagan obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

▫️PQ-346-son qarori

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Sayyor_qabul

⚡️Bir kunda ikki hududda sayyor qabul

Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig'i Yashin Habibov hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig'i Amriddin Toyirovlar tomonidan viloyatimizning Shofirkon va Buxoro tumanlarida sayyor qabullar o'tkazildi.

Qabullar davomida fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolariga e'tibor qaratildi.

Kunning birinchi yarmida Shofirkon tuman aholisining, ikkinchi yarmida esa Buxoro tumani aholisining 20 ga yaqin murojaatlari tinglanib o'rganib chiqildi.

❗️ Navbatdagi qabullar ertaga 2-noyabr kuni Kogon hamda Jondor tumanlarida o'tkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #infografika #geodeziya

⚡️ Geodeziya nazorati boshqarmasi faoliyatiga oid ma'lumot bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Sayyor_qabul

📸 Ayni paytda, Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i Yashin Habibovning Kogon tuman hamda Kogon shahar aholisi uchun «Niyoz Hoji» MFYda o‘tkazayotga sayyor qabuli davom etmoqda.

📝Shu vaqtga qadar masullar tomonidan fuqarolarning uy-joyga egalik huquqini tiklash, tadbrikorlik uchun yer maydoni olishga yordam, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi masalalarga oid murojaatlari eshitildi.

Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from E-AUKSION
Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun 90 ta yer uchastkalarini sotib oling

⭕️ Buxoro viloyatidan 4 ta yer (ko'rish)
⭕️ Qashqadaryo viloyatidan 81 ta yer (ko'rish)
⭕️ Surxondaryo viloyatidan 1 ta yer (ko'rish)
⭕️ Sirdaryo viloyatidan 4 ta yer (ko'rish)

Izoh: Ushbu yer uchastkalarini sotib olgan shaxslar savdo lot ma'lumotlarida ko'rsatilgan faoliyat turini yo'lga qo'yishlari talab etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 «Snos»ga tushgan uy-joylarni my.gov.uz orqali aniqlang

Ko‘chmas mulkingiz buzilishga tushmaganligiga my.gov.uz orqali ishonch hosil qiling.

👨🏻‍💻Buning uchun «Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berish» xizmatidan foydalaning.

💸 Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanganda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz.

🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati – 3 kun.

🏠 Mazkur qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital ta’mirlayotganda juda qo‘l keladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#onlayn_xizmatlar #kadastr #2022

🏠📝 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborish bo'yicha my.gov.uz portali orqali oktabr oyida kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika

💻 Yagona portal orqali- 10 395 ta
🏛 Davlat xizmatlari markazi orqali- 39 318 ta
Tugatilganlar - 28 092 ta
Rad etilganlar - 10 076 ta

Siz ham xizmatdan onlayn foydalanishingiz mumkin.


➡️Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborish

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

📸 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram