Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
979 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Xalqaro_kun

22-sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

📌 Bugun dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko‘plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

▪️1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentyabr respublika bo‘yicha «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Infografika
#Auksion

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinganda to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha auksion g‘oliblariga qanday yengilliklar borligini ushbu infografika orqali bilib olishingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ma’lumot o’rnida⚜️

◻️ Qanday toifadagi yerlar xususiylashtiriladi?

◻️Xususiylashtirish uchun qayerga murojaat qilinadi?

📹 Ushbu savollarga javobni mazkur videoda olasiz.

#DavKadastrPalata #intervyu #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar filialida komplayens-nazorati xizmati tomonidan xodimlarini korrupsiya illatidan asrash, uning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli ko‘rinishdagi korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan «Korrupsiya - taraqqiyot dushmani» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

▪️Davra suhbatida yig‘ilganlarga korrupsion holatlar kuzatilganda hushyor bo‘lish lozimligi uqtirildi. Ish vaqti davomida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

▪️Shuningdek, xodimlarga xizmat, kiyinish madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilishlari, ichki muhitni sog‘lomlashtirish, guruhbozlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligi tushuntirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Infografika

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonun buzilishi holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimidagi tahlili bilan infografikada tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

▪️Korrupsiyani to‘xtatamiz ! ⛔️

❗️Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlar bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida o‘tkazib kelinayotgan tanqidiy profilaktik yig‘ilishlarning navbatdagisi Shofirkon tuman bo‘lim va filial xodimlari bilan o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilish davomida kun tartibidagi 10 dan ortiq masalalar tahlil qilinib, xodimlar ishtirokida muhokama qilindi. Jumladan, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlardan saqlanish, ijro intizomi va ichki tartib qoidalarga rioya qilish, auksionga taqdim etilayotgan yerlar, yer nazorati, xatlov jarayonlarini namunali tarzda tashkil etish, yer qonun buzilish holatlari bo’yicha qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarning undiruvi kabi masalalar qamrab olindi.

▪️Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #taqdirlash_marosimi

⚡️“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi o'tkazildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qaroriga asosan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish, bu borada eng namunali tuman-shahar, vazirliklarni rag‘batlantirish maqsadida 2022-yil 23-sentabr kuni “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari o‘tkazildi.

📚Ushbu tanlovda Kadastr agentligi “Eng faol kitobxon vazirlik va idora” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
DIQQAT E’LON!

🔊 Hurmatli Kogon shahar hamda Kogon tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2022-yil 24- sentabr, soat 10:00 dan

📍Manzil: Kogon shahri, Qorovulbozor shox ko'chasi. Davlat kadastrlari palatasi Kogon shahar filiali binosi


📱Qabulga yozilish uchun +998 65-221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰Xodimlar o'rtasida qonunga xilof hatti-harakatlarni oldini olish, shaffoflikni ta'minlash, sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish maqsadida Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida hududiy bo‘lim va filiallarda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi davra suhbati Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro tumani bo‘limi hamda filiali xodimlari uchun o'tkazildi.

▪️Yig‘ilishda muhandis va inspektorlar bilan korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan kasb etikasi va odob-axloq normalariga rioya qilgan holda muloqot qilish, ijro intizomi, yer nazorati va yer qonun buzilish holatlari yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, xatlov kabi masalalar muhokama qilindi.

▪️Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #infografika

📊Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan ko'rilgan choralar to'g'risidagi ma'lumot bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maqsad– korrupsiyaning oldini olish

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Peshko‘ tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilishda olib borilayotgan doimiy targ‘ibot ishlaridan ko‘zlangan maqsad — sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni korrupsiya illatidan asrash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, unga yo‘l qo‘ymaslik, bu illatning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish ekanligi ta’kidlandi.

▪️ Bundan tashqari, xodimlarga xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, ishga vaqtida kelib-ketish, kasb etikasi va ijro intizomiga rioya qilish masalalariga e'tiborni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Shuningdek, tumanda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari hamda xatlov jarayonlari ham tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram