Buxoro Kadastr ️
1.37K subscribers
6.07K photos
1.05K videos
1 file
4.37K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
⚡️ Buxoro viloyati hududidan dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijaraga oling!

▪️ Buxoro shaharda 34 ta (ko'rish)
▪️ Buxoro tumanida 1354 ta (ko'rish)
▪️ Kogon tumanida 356 ta (ko'rish)
▪️ Vobkent tumanida 1055 ta (ko'rish)
▪️ Romitan tumanida 1276 ta (ko'rish)
▪️ G'ijduvon tumanida 828 ta (ko'rish)
▪️ Jondor tumanida 1111 ta (ko'rish)
▪️ Shofirkon tumanida 1454 ta (ko'rish)
▪️ Peshko' tumanida 969 ta (ko'rish)
▪️ Qorovulbozor tumanida 117 ta (ko'rish)
▪️ Qorako'l tumanida 1061 ta (ko'rish)
▪️ Olot tumanida 819 ta (ko'rish)

❗️Ochiq elektron tanlovda 1nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.

«Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan hamda 2022-yil 1-martdan keyin xorijdan kirib kelgan migrant talabgorlar zakalat puli to‘lovidan ozod qilinadi.

Savdolarda qatnashish uchun qo'llanma (ko'rish)

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #kartografiya #xarita

⚡️ Respublikaning interaktiv raqamli xaritasi yaratilmoqda.

💠Kadastr agentligi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman va shaharlarining mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida interaktiv raqamli xaritalari ishlab chiqilmoqda.

💠Interaktiv raqamli xaritalarda respublika hududidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining yer maydoni, chegara hududi, nomi, aholi soni va toifasi, mavjud yo‘llar, ko‘chalar, fermer xo‘jalik yerlari, xiyobonlar, daryo va kanallar, madaniy meros obyektlari, ma’muriy bino va inshootlar, ko‘p qavatli uylar, ta’lim muassasalari, zavod va fabrikalar, korxona va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari va boshqalar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan to‘liq ma’lumotlar aks ettiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Xabaringiz_bormi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘 Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋 Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❗️ Mazkur xizmatdan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yil 14-20-sentabr kunlarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig‘ida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obyektlarning umumiy soni 8 360 tani tashkil etdi. Shundan, 451 ta ko‘chmas mulk obyekti Buxoro viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi
#Yer_nazorati
#javobgarlik

🔰Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Xalqaro_kun

22-sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

📌 Bugun dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko‘plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

▪️1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentyabr respublika bo‘yicha «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Infografika
#Auksion

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinganda to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha auksion g‘oliblariga qanday yengilliklar borligini ushbu infografika orqali bilib olishingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ma’lumot o’rnida⚜️

◻️ Qanday toifadagi yerlar xususiylashtiriladi?

◻️Xususiylashtirish uchun qayerga murojaat qilinadi?

📹 Ushbu savollarga javobni mazkur videoda olasiz.

#DavKadastrPalata #intervyu #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar filialida komplayens-nazorati xizmati tomonidan xodimlarini korrupsiya illatidan asrash, uning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli ko‘rinishdagi korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan «Korrupsiya - taraqqiyot dushmani» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

▪️Davra suhbatida yig‘ilganlarga korrupsion holatlar kuzatilganda hushyor bo‘lish lozimligi uqtirildi. Ish vaqti davomida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

▪️Shuningdek, xodimlarga xizmat, kiyinish madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilishlari, ichki muhitni sog‘lomlashtirish, guruhbozlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligi tushuntirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Infografika

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonun buzilishi holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimidagi tahlili bilan infografikada tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

▪️Korrupsiyani to‘xtatamiz ! ⛔️

❗️Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlar bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida o‘tkazib kelinayotgan tanqidiy profilaktik yig‘ilishlarning navbatdagisi Shofirkon tuman bo‘lim va filial xodimlari bilan o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilish davomida kun tartibidagi 10 dan ortiq masalalar tahlil qilinib, xodimlar ishtirokida muhokama qilindi. Jumladan, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlardan saqlanish, ijro intizomi va ichki tartib qoidalarga rioya qilish, auksionga taqdim etilayotgan yerlar, yer nazorati, xatlov jarayonlarini namunali tarzda tashkil etish, yer qonun buzilish holatlari bo’yicha qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarning undiruvi kabi masalalar qamrab olindi.

▪️Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #taqdirlash_marosimi

⚡️“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi o'tkazildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qaroriga asosan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish, bu borada eng namunali tuman-shahar, vazirliklarni rag‘batlantirish maqsadida 2022-yil 23-sentabr kuni “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari o‘tkazildi.

📚Ushbu tanlovda Kadastr agentligi “Eng faol kitobxon vazirlik va idora” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
DIQQAT E’LON!

🔊 Hurmatli Kogon shahar hamda Kogon tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2022-yil 24- sentabr, soat 10:00 dan

📍Manzil: Kogon shahri, Qorovulbozor shox ko'chasi. Davlat kadastrlari palatasi Kogon shahar filiali binosi


📱Qabulga yozilish uchun +998 65-221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰Xodimlar o'rtasida qonunga xilof hatti-harakatlarni oldini olish, shaffoflikni ta'minlash, sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish maqsadida Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida hududiy bo‘lim va filiallarda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi davra suhbati Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro tumani bo‘limi hamda filiali xodimlari uchun o'tkazildi.

▪️Yig‘ilishda muhandis va inspektorlar bilan korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan kasb etikasi va odob-axloq normalariga rioya qilgan holda muloqot qilish, ijro intizomi, yer nazorati va yer qonun buzilish holatlari yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, xatlov kabi masalalar muhokama qilindi.

▪️Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram