Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.75K photos
995 videos
1 file
4.14K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Davra_suhbati #Kadastr
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining tuman shahar bo‘limlari va filiallari xodimlari uchun tanqidiy profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi shunday davra suhbati Vobkent tuman bo‘limi va filiali xodimlari bilan o‘tkazildi.

▪️Y.Habibov tomonidan xodimlarga ish vaqti davomida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirishlar berildi.

▪️Bundan tashqari, davra suhbati davomida xizmat vazifalarini o‘z vaqtida bajarish, ishga vaqtida kelib-ketish, ijro intizomiga rioya qilish masalalariga e'tiborni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha ham mas'ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda tumanda olib borilayotgan xatlov jarayonlari ham muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
📧SAVOL: Uyimiz 1950-yillarda qurilgan, kadastr qilinmagan. Ota-onam o‘tib ketgan hozirda aka-uka shu hovlida istiqomat qilamiz. Arxivdan uy hujjatlari topilmadi, biladigan qarindoshlarim o‘tib ketgan. Bunday holatda qay tartibda uyni kadastr qildirsak bo‘ladi?

🧾JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qaroriga asosan, Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asos bo‘ladi. Shuningdek, davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Bilasizmi


👨🏻‍💻 Fuqarolar my.gov.uz portali orqali quyidagi koʼchmas mulkka doir elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin!

📈 Kadastr pasportini shakllantirish;

📑 Turar joyning maydoni boʼyicha maʼlumotnoma olish;

✍️ Koʼchmas mulk obyektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

👨🏻‍💻 Davlat kadastr reyestridan koʼchmas mulk boʼyicha koʼchirmani tekshirish;

📃 Oʼzganing yer uchastkasidan foydalanish uchun ruxsatnoma;

📑 Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

📄 Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish;

📥 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yoʼqligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🧑🏻‍💻 Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish va boshqalar.

Telegram | Facebook | Instagram
DIQQAT E’LON!

🔊 Hurmatli Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Nishonov Ravshan Rustamovich hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2022-yil 27- sentabr, soat 14:00 dan

📍Manzil: Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani, 10-son bolalar musiqa va san'at maktabi binosi

📱Qabulga yozilish uchun +998 65-572-52-87 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Statistika #Auksion
#Infografika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 13-20-sentabr kunlari auksion savdolariga 553 ta yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilgan.

Buxoro viloyati bo‘yicha qayd etilgan davr oralig‘ida jami 70 ta yer uchastkasi e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali auksion savdolariga chiqarilgan.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
⚡️ Buxoro viloyati hududidan dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijaraga oling!

▪️ Buxoro shaharda 34 ta (ko'rish)
▪️ Buxoro tumanida 1354 ta (ko'rish)
▪️ Kogon tumanida 356 ta (ko'rish)
▪️ Vobkent tumanida 1055 ta (ko'rish)
▪️ Romitan tumanida 1276 ta (ko'rish)
▪️ G'ijduvon tumanida 828 ta (ko'rish)
▪️ Jondor tumanida 1111 ta (ko'rish)
▪️ Shofirkon tumanida 1454 ta (ko'rish)
▪️ Peshko' tumanida 969 ta (ko'rish)
▪️ Qorovulbozor tumanida 117 ta (ko'rish)
▪️ Qorako'l tumanida 1061 ta (ko'rish)
▪️ Olot tumanida 819 ta (ko'rish)

❗️Ochiq elektron tanlovda 1nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.

«Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan hamda 2022-yil 1-martdan keyin xorijdan kirib kelgan migrant talabgorlar zakalat puli to‘lovidan ozod qilinadi.

Savdolarda qatnashish uchun qo'llanma (ko'rish)

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #kartografiya #xarita

⚡️ Respublikaning interaktiv raqamli xaritasi yaratilmoqda.

💠Kadastr agentligi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman va shaharlarining mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida interaktiv raqamli xaritalari ishlab chiqilmoqda.

💠Interaktiv raqamli xaritalarda respublika hududidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining yer maydoni, chegara hududi, nomi, aholi soni va toifasi, mavjud yo‘llar, ko‘chalar, fermer xo‘jalik yerlari, xiyobonlar, daryo va kanallar, madaniy meros obyektlari, ma’muriy bino va inshootlar, ko‘p qavatli uylar, ta’lim muassasalari, zavod va fabrikalar, korxona va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari va boshqalar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan to‘liq ma’lumotlar aks ettiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Xabaringiz_bormi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘 Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋 Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❗️ Mazkur xizmatdan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yil 14-20-sentabr kunlarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig‘ida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obyektlarning umumiy soni 8 360 tani tashkil etdi. Shundan, 451 ta ko‘chmas mulk obyekti Buxoro viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi
#Yer_nazorati
#javobgarlik

🔰Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Xalqaro_kun

22-sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

📌 Bugun dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko‘plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

▪️1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentyabr respublika bo‘yicha «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Infografika
#Auksion

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinganda to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha auksion g‘oliblariga qanday yengilliklar borligini ushbu infografika orqali bilib olishingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ma’lumot o’rnida⚜️

◻️ Qanday toifadagi yerlar xususiylashtiriladi?

◻️Xususiylashtirish uchun qayerga murojaat qilinadi?

📹 Ushbu savollarga javobni mazkur videoda olasiz.

#DavKadastrPalata #intervyu #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar filialida komplayens-nazorati xizmati tomonidan xodimlarini korrupsiya illatidan asrash, uning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli ko‘rinishdagi korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan «Korrupsiya - taraqqiyot dushmani» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

▪️Davra suhbatida yig‘ilganlarga korrupsion holatlar kuzatilganda hushyor bo‘lish lozimligi uqtirildi. Ish vaqti davomida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

▪️Shuningdek, xodimlarga xizmat, kiyinish madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilishlari, ichki muhitni sog‘lomlashtirish, guruhbozlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligi tushuntirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Infografika

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonun buzilishi holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimidagi tahlili bilan infografikada tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

▪️Korrupsiyani to‘xtatamiz ! ⛔️

❗️Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlar bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida o‘tkazib kelinayotgan tanqidiy profilaktik yig‘ilishlarning navbatdagisi Shofirkon tuman bo‘lim va filial xodimlari bilan o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilish davomida kun tartibidagi 10 dan ortiq masalalar tahlil qilinib, xodimlar ishtirokida muhokama qilindi. Jumladan, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlardan saqlanish, ijro intizomi va ichki tartib qoidalarga rioya qilish, auksionga taqdim etilayotgan yerlar, yer nazorati, xatlov jarayonlarini namunali tarzda tashkil etish, yer qonun buzilish holatlari bo’yicha qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarning undiruvi kabi masalalar qamrab olindi.

▪️Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram