Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.68K photos
983 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik
#Kadastr_nazorati

📹 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #brifing

📢 16-avgust, seshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va yerdan foydalanuvchilar chegaralarini aniqlash hamda ularga oid maʼlumotlarni tegishliligi bo‘yicha “UzKAD” axborot tizimiga kiritish

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati rahbari Munojatxon Yo‘ldosheva

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi
#Davlat_royxatidan_otkazish

📹 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 29 413 ta obyektlarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bunda:
Bino inshootlar — 4029 ta
Ko‘p qavatli turar joylar— 6697 ta
Yakka tartibdagi turar joylar— 11595 ta
Yer uchastkalari— 7092 ta

▪️Shuningdek, kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan tizimi orqali umumiy 5200 gektarga yaqin 34585 ta dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari jismoniy shaxslar nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davlat_kadastrlari_palatasi
#Auksion

🔰Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 9-16-avgust kunlari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida 1139 ta yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan.

▪️Buxoro viloyati bo‘yicha jami 8,1 gektar maydonda joylashgan 56 ta yer uchastkalari savdoga chiqarilgan.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastrda_sport
#Mini_futbol

Yigitlar g‘alaba bilan boshlashdi

⚽️ Bugundan Kadastr agentligi tomonidan tashkil qilingan mini futbol musobaqasiga start berildi. Unda ishtirok etayotgan Buxoro viloyati boshqarmasi jamoasi 1-turda «DKGF va Kollej» bilan kuch sinashdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda 8:3 hisobida jamoamiz yigitlarining qo‘li baland keldi. Navbatdagi turda vakillarimiz Namangan viloyati kadastrchilariga qarshi maydonga chiqishadi.

Yigitlarimizni g‘alaba bilan tabriklagan holda, keyingi bahslarda ham omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram
Buxoro Kadastr ️
#Kadastrda_sport #Mini_futbol Yigitlar g‘alaba bilan boshlashdi ⚽️ Bugundan Kadastr agentligi tomonidan tashkil qilingan mini futbol musobaqasiga start berildi. Unda ishtirok etayotgan Buxoro viloyati boshqarmasi jamoasi 1-turda «DKGF va Kollej» bilan kuch…
#Tabrik 🎉

Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi tizimidagi mini futbol bo‘yicha sport musobaqasi davom etmoqda.

Hozirgina nihoyasiga yetgan 2-tur bahsida buxorolik kadastrchilar Namangan viloyati jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub qilishni uddalashdi.

Ertaga vakillarimiz «D» guruhining mutlaq g‘olibligi uchun Sirdaryo viloyati jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Tayinlov

Ochilov Fayozjon Isroil o‘g‘li — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Olot tumani filialiga rahbar etib tayinlandi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Olot tumani hokimligi apparati bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan.

Telegram | Facebook | Instagram
🔹Kadastr atamalari🔹

🔷 Geografik axborot tizimi — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizimdir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi
#Aholi_murojaatlari

📹 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga joriy yilning 7 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 809 ta murojaat kelib tushgan.

🧍‍♂️Jismoniy shaxslardan — 567 ta
🏢Yuridik shaxslardan — 242 ta

Murojaatlarning 564 tasi ijobiy hal qilingan bo’lsa, 242 tasi bo‘yicha tegishli tartibda tushuntirish berilgan.

Ularning aksariyati— ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda kadastr pasportini rasmiylashtirish yuzasidan.

Shuningdek, «Ko‘chmas mulk 3» dasturidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish yuzasidan bo‘layotgan murojaatlar soliq idoralari bilan hamkorlikda joyida bartaraf etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Adliya_xabari

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustdan 15 sentyabrga qadar «Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir» aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

🔹aholi va tadbirkorlarning mulk huquqlari bo‘yicha ma’lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

🔷sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish;

🔷murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan aholi va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

🔷qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastrda_sport
#Mini_futbol

Yigitlar keyingi bosqichga yo‘l olishdi

⚽️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlaridan tuzilgan jamoa mini futbol musobaqasining navbatdagi kunida Sirdaryo viloyati jamoasiga qarshi o'yin o'tkazishdi.

«D» guruhi g‘olibligi uchun maydonga chiqqan vakillarimiz avvalgi bahslardan farqli jiddiy qarshilikka uchrashdi. Buxorolik kadastrchilar Sirdaryo viloyati jamoasi bilan 3:3 hisobida durang qayd etib, guruhda 1-o‘rinni egallagan holda navbatdagi bosqichga yo‘l olishdi.

Yigitlarga keyingi bahslarda ham omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram
#Tayinlov

Baqoyev Hamid Haydarovich — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Kogon shahar filialiga rahbar etib tayinlandi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Axborot tahlili va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Eslatma

📌Ertaga davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi «Siyosiy-ma’rifat soati» tashkil etiladi!

▪️O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tiladi:

Mavzu: «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun bo‘yicha ekspertlar sharhi

Mavzu: Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)

Ma’ruzachi: Rajaboyev Dilmurod Kuldash o‘g‘li, Adliya vazirligi mas’ul xodimi

▪️«Bir chimdim ma’naviyat» rukni

Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot beriladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘quv ertaga, 19 avgust kuni soat 9:00da Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi
#Yer_nazorati
#javobgarlik

🔰Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yil 10-17-avgust kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 12 475 tani tashkil etdi.

▪️Mazkur muddatda Buxoro viloyatida 666 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar esa, 2275 ta.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati

🔰Xabaringiz bor, joriy yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

▪️Bugun, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida ushbu qonunning ijrosi, mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.

▪️Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamda viloyat Adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan davlat fuqarolik xizmatini tartibga solishda davlat organlarining asosiy vazifalari, vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, huquq va majburiyatlari, huquqiy va ijtimoiy himoyasining kafolatlari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash hamda tugatish asoslari kabi yo‘nalishlarda keng tushunchalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram