Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.68K photos
983 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

📹 Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
#Kadastr
#Xysusiylashtirish

«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko‘ra bir necha toifa yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi.

Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari haqida yuqoridagi infografikada ma'lumot berilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yilning 3–9-avgust kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

▪️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 9 831 tani tashkil etdi.

▪️Shundan Buxoro viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlar soni 694 tani tashkil qiladi. Jami kelib tushgan arizalar esa, 2025 ta.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr
#Yer_Nazorati

Kadastr agentligi Buxoro tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi «Shergiron» MFY, Chorbakr qishlog‘i aholisi o‘rtasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat etmaslikka qanday javobgarlik mavjudligi bilan tanishtirildi.

Eslatib o‘tamiz:

📌Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 68¹-moddasiga asosan, Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

▪️ Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari,

▪️ Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati
#Komplayens_nazorat

Qat'iy intizom—muvaffaqiyat garovi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Kogon tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatida amal qilishi lozim bo‘lgan prinsiplar, belgilab qo‘yilgan majburiyatlar, ijro intizomi borasida davra suhbati tashkil qilindi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari komplayens nazorat xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida xodimlarga ijro va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilish ish unumdorligini oshirishga xizmat qilishi tushuntirildi.

Shuningdek, komplayens nazorat xizmati mutaxassislari tomonidan bo‘lim va filial xodimlariga kunlik ish faoliyatlarida kadastr ma’muriy binosiga kirib-chiqish va maxfiylik rejimlariga amal qilish, ishga kelib ketish tartibi, jamoada sog‘lom ma’naviy – ruhiy holatni saqlash bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlarning talablari yetkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #brifing

📢 12-avgust, juma kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Kadastr tizimida so‘nggi 7 oy davomida korrupsiyani oldini olish va kadrlar masalasida amalga oshirilgan ishlar

● Vaqti: 16:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Tayinlov

Rustamov Rustamjon Ilhomovich — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Buxoro tumani filialiga rahbar etib tayinlandi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Buxoro tumani filiali bosh muhandisi vazifasida faoliyat olib borgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

508 ta holatda yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallangan

Buxoro viloyati ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 2022-yil 1-yanvar holatiga 4 183,1 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar 276,3 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 6,6 foizini tashkil etadi.

Viloyat hududining 82,3 foizi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardir. Respublika hududida qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning taqsimlanishi tabiiy iqlim omillariga binoan belgilanadi.

▪️Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
▫️Munosabat”ning jonli efiri▫️

⚡️Ayni dam, “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat” ko‘rsatuvida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasidan vakillar ishtirok etmoqda.

📹 Unda “Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhim vazifamizdir” mavzusidagi suhbatni jonli tarzda mazkur havola orqali tomosha qiling:https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston

https://youtu.be/D2AuU6EXb3c

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

▫️Кадастр агентлиги тизимига ўтган 7 ойи давомида 1045 та ходим танлов асосида ишга қабул қилинган бўлиб, уларнинг 253 таси раҳбар ходим.

▫️Шунингдек, 885 та ходим билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинди. Уларнинг 724 таси мутахассис ходим, 161 таси раҳбар ходим.

▫️ Ишдаги камчиликлари учун 3 нафар вилоят бошқарма бошлиқлари эгаллаб турган лавозимидан озод этилди.

▫️7 ой давомида бир нечта сабабларга кўра 142 та раҳбар ходимга ҳамда 1301 та мутахассисга интизомий чоралар кўрилган.

📌 Батафсил

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Qonunchilik_yangiliklari

«DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘GʻRISIDA»GI QONUN IMZOLANDI

📌 Mazkur qonun O‘zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.

▪️ Qonun 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat.

▪️Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ etib — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram
📌 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 8-12 avgust kunlarida jami 2 033 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar hududlar kesimida quyidagicha koʻrinishda:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 20
▫️Andijon viloyati - 133
▫️Buxoro viloyati - 164
▫️Samarqand viloyati - 36
▫️Sirdaryo viloyati - 66
▫️Surxondaryo viloyati - 200
▫️Qashqadaryo viloyati - 209
▫️Toshkent shahar - 250
▫️Toshkent viloyati - 458
▫️Navoiy viloyati - 32
▫️Namangan viloyati - 141
▫️Xorazm viloyati - 113
▫️Jizzax viloyati - 66
▫️ Farg‘ona viloyati - 123
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 22

▪️
Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr
#Vakansiya

⚡️Biz bilan bir jamoada bo‘lishni istaysizmi?

🔻Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmas
i quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

▪️Qorako‘l tuman bo‘limi bosh inspektori

☝️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2022-yil 21-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish

⚜️ Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.

O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi, 26-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr
#davlat_xizmatlari
#interaktiv_xizmatlar

HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

Kadastr agentligi
ning quyidagi xizmatlaridan www.my.gov.uz orqali davlat idorasiga kelmasdan foydalanishingiz mumkin:

▪️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

▪️ Kadastr pasportini shakllantirish;

▪️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish;

▪️Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish;

▪️ Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

▪️ Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash;

▪️ Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish;

▪️ Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

▪️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

▪️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish ob’yekti uchun);

▪️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish ob’yekti bo‘lmagan ob’yekt uchun);

📌Shuningdek, “Elektron lisenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

▪️Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga lisenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram