Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.68K photos
983 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Kadastr_nazorati
#Mamuriy_jarimalar

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 30-iyul holatiga yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish holati bo‘yicha 269 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Eslatma:

📌Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 68-moddasi 1-qismiga asosan, Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish,

▪️ Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari,

▪️Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

🔹fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari,

🔷mansabdor shaxslarga esa — 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr
#Vakansiya

⚡️Sizda bizning jamoada bo‘lish imkoniyati bor!

🔻Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmas
i quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

▪️Vobkent tuman bo‘limi bosh inspektori

☝️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2022-yil 12-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiyani to‘xtatamiz ! ⛔️

⚜️ Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlar bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

To‘g‘ri qaroringiz orqali SIZ - tashkilotingiz, oilangiz hamda vijdoningiz oldida pok bo‘lasiz. Ya’ni:

Sof vijdon uchun katta mukofot !

♻️Mazkur videoni ko‘proq tarqatib siz ham korrupsiyaga qarshi kurashda faol qatnashing:👇

https://www.youtube.com/watch?v=ndN4V1giVr4

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Jonli efirda kadastr⚡️

🇺🇿 Ayni dam, MTRKning “O‘zbekiston” telekanali orqali “Munosabat” tok shousi efirga uzatilmoqda.

⚡️Unda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilarining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha fikrlar bildirilmoqda.

📹 Qiziqarli fikrlarga boy ko‘rsatuvni jonli efirda tomosha qilishni tavsiya qilamiz: https://youtube.com/channel/UCWCThSM0ntBV9lQQ4PnIesg

#DavKadastrPalata #jonli_efir
#Kadastr #infografika

🔰Bugungi kunda Kadastr agentligi tomonidan aholiga ko'rsatiladigan davlat xizmatlaridan asosiylari.

📌Barcha xizmat turlari bilan infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_atamalari
#Tushuncha

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi

▪️Amaldagi «Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq, qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilmagan (realizatsiya qilinmagan), shu jumladan, berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari vakolatli organlar tomonidan naturada (joyning o‘zida) belgilanmagan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilmagan holda foydalanilgan yer uchastkasi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Test

Yakka tartibdagi turar joy uchun kadastr pasportini tayyoylash muddati qancha?
Anonymous Quiz
22%
3 ish kuni
68%
5 ish kuni
10%
7 ish kuni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 27 iyul -02 avgust kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

🔻 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 9 816 tani tashkil etdi.

☑️ Shundan 783 tasi Buxoro viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 2145 tani tashkil qilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
Hurmatli jurnalist va blogerlar!

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi sizlarni 5-avgust kuni soat 15.00 da «Yer va kadastr nazoratchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, sohadagi dolzarb masalalar» mavzusidagi I yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumaniga taklif etadi.

Manzil: Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi binosi. I.Mo‘minov ko‘chasi 4-uy.
Murojaat uchun: +998 93 704-01-44

Telegram | Facebook | Instagram
#Kiberxavfsizlik
#Komplayens_nazorat

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘lim va filialida barcha xodimlar ishtirokida «Maqsadimiz – halol ishlash» mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarmalar komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassislari S.Abdullayev, M.Xidirov hamda AKT ga mas’ul xodimi S.Primovlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Agentlik bo‘limi va Palata filiali xodimlarning ishga kelib-ketishlarini qayd etish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kitoblari yuritilishi tahlil etildi. Ularda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari bo‘lim hamda filiallarda foydalanilayotgan kompyuter texnikalarining xotira disklari ko‘zdan kechirilganida ularda diniy ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi materiallar mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlar joylarda davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Siyosiy_marifat_soati

Ertaga, soat 9.00da davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlanadi

«Siyosiy-ma’rifat soati»da hafta davomida sodir bo‘lgan eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot beriladi.

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda Youtubedagi sahifasida ushbu havola https://youtu.be/ndNWYUQhEDg orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Jarayon
#Siyosiy_oquv_soati

📸 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan siyosiy (ma'rifat) o‘quv soatining bugungi sonida ishtirok etdilar.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati

🔰Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi komplayens nazorati xizmati mutaxassisi M. Xidirov hamda boshqarma bo‘lim boshlig‘i H. Baqoyevlar tomonidan Axborot tahlil va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi tassarufida bo‘lgan filiallarning dasturlar bilan ishlash mutaxassislari uchun davra suhbati tashkil etildi.

▪️Unda, so‘ngi paytlarda aholidan kelayotgan murojaatlar tahlil qilinganda, eng muhokamali masalalar aynan «Ko‘chmas mulk-3» dasturi bilan ishlovchi xodimlarning ustidan shikoyatlar tushayotgani, uni yuzaga kelish sabablari va yechimlari muhokama qilindi.

Mazkur mutaxassislarning pora evaziga dasturga ma’lumotlarni jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarida o‘zgartirib kiritishi kelgusida kadastr ma’lumotlar bazasida noaniqliklar va soliq tushumlarining kamayishiga sabab bo‘lishi tushuntirildi. Hamda bu harakatlardan saqlanish bo‘yicha qat’iy ogohlantirish berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr_atamalari
#Tushuncha

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat

▪️Amaldagi «Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartribi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq, qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot.

Telegram | Facebook | Instagram