Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.79K photos
1K videos
1 file
4.18K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar
asos bo‘ladi:

▪️davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;

▪️meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;

▪️auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZ

⚡️Yerlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnikalar

👉Batafsil

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Siyosiy_marifat_soati

📸 Kadastr agentligi hamda Davlat Kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan «Siyosiy-maʼrifat soati»da faol qatnashishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Siyosiy-maʼrifat soati» xodimlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yanada yaqinroq tanishtirishda hamda davlat va jamiyat hayotida bo’layotgan o‘zgarishlar mohiyatini keng va to’laqonli anglashlarida muhim rol o‘ynamoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat yer kadastri▫️

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔹Mazkur maʼlumotda siz, Davlat yer kadastrining joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Bilasizmi


📌QANDAY HOLLARDA KADASTR PASPORTI RASMIYLASHTIRILADI YOKI QAYTA RASMIYLASHTIRILADI

🔹Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔸 Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔸Yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹Ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔸 Ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹 O‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Auksion

Buxoro viloyati bo'yicha 1346 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi.

▪️Olot tumanida 246 ta (ko‘rish)
▪️Buxoro tumanida 144 ta (ko‘rish)
▪️Vobkent tumanida 139 ta (ko‘rish)
▪️G‘ijduvon tumanida 67 ta (ko‘rish)
▪️Kogon tumanida 10 ta (ko‘rish)
▪️Qorako‘l tumanida 91 ta (ko‘rish)
▪️Qorovulbozor tumanida 73 ta (ko‘rish)
▪️Peshko‘ tumanida 45 ta (ko‘rish)
▪️Romitan tumanida 148 ta (ko‘rish)
▪️Jondor tumanida 172 ta (ko‘rish)
▪️Shofirkon tumanida 202 (ko‘rish)
▪️Kogon shahrida 9 ta (ko‘rish)

Telegram | Facebook | Instagram
💡“Yosh novatorlar” ko'rik tanlovining qabul jarayoni o'z nihoyasiga yetdi.

🌐 “30-iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida Yosh novatorlar ko'rik tanlovi eʼlon qiligan edi.

💻Tanlovga 30 dan ortiq materiallar kelib tushdi.

Ayni paytda Agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan takliflar ko'rib chiqilmoqda.

💠Tanlov haqqoniy va ochiq bo'lishini inobatga olib siz ham quyidagi manzilga "Yosh novatorlar" kirib o'zingizga maqul kelgan taklifga ovoz berishingiz va fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin.

❗️Unutmang siz ovoz bergan g'oya sohani rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

📌Yaqin kunlarda ko‘rik tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkaziladigan kun va uning ishtirokchilari to‘g‘risida batafsil maʼlumot beramiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati

📸Har qanday sohani tubdan rivojlantirishda ishchi-xodimlar faoliyatiga vijdonan, halol yondashuvi va korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish muhim. Shu maqsadda kadastr sohasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga jiddiy e'tibor qaratib kelinmoqda.

Kuni kecha, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Shofirkon tumani bo‘lim va filiali xodimlari ishtirokida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusidagi navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i A. Toyirov ham ishtirok etdi va filial xodimlarining faolioyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Tadbirda Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi komplayens-nazorati xodimlari S.Abdullayev hamda M.Xidirovlar korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri hayotiy misollar yordamida sohaga kirib kelayotgan yosh xodimlarga tushuntirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 17 - 24 iyun kunlarida jami 1 882 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 26
▫️Andijon viloyati - 110
▫️Buxoro viloyati - 154
▫️Samarqand viloyati - 41
▫️Sirdaryo viloyati - 66
▫️Surxondaryo viloyati - 195
▫️Qashqadaryo viloyati - 135
▫️Toshkent shahar - 219
▫️Toshkent viloyati - 357
▫️Navoiy viloyati - 35
▫️Namangan viloyati - 148
▫️Xorazm viloyati - 143
▫️Jizzax viloyati - 129
▫️ Farg‘ona viloyati - 96
◽️Davlat kadastrlari palatasi -28

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Sana

📌27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

Shu munosabat bilan barcha soha fidoyilari, ijod va qalam ahlini ushbu sana bilan muborakbod etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram