Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
977 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
💠 937-SONLI QONUNGA KO‘RA

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

➡️ Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;
➡️ Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;
➡️ Viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
➡️ Boshqa aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-dekabr holatida koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik holati boʼyicha 546 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

‼️Eslatma:
Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 68¹-moddasiga asosan, Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

🔹 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari,

🔹 Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

#Mamuriy_amaliyot #Kadastr #Buxoro #Jarimalar

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 937-SONLI QONUNGA KO‘RA

Fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

➡️ Mazkur yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlar, yakka tartibdagi uy-joy xususiylashtirilganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lsa;

➡️ Mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;
mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

➡️ Mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Buxoro viloyatida jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2024-yilning 11 oyi davomida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 105 950 tani tashkil etadi.

📊Shundan, 512 556 ta ko‘chmas mulk obyekti Buxoro viloyati jismoniy shaxslari egaligida.

#Kadastr #Buxoro #DKP_statistikasi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
♻️♻️♻️♻️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📝 "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish mumkin.

👥 Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💻 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📃 Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan ma’lumotlar👈

💲 Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

🔖 Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari

#Kadastr_agentligi #Kadastr_xizmatlari #Litsenziya

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr #Buxoro

🗂 Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumotlarni onlayn olish mumkin❗️

🏠Hozirgi kunda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi juda ko’paygan.

📊Bu jarayonda xaridorlar uchun xarid qilinayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar: uning haqiqiy egasi kim, umumiy maydoni va qurilish osti maydoni qancha, qurilgan yili qachon, amaldagi va avvalgi huquq turi, cheklov mavjudligi, yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlari shakli, kim tomonidan berilgani, sanasi, raqami bor-yo‘qligi nafaqat qiziq, balki muhim ham hisoblanadi.

💻Endilikda bu kabi ma'lumotlarni uydan chiqmagan holda olish mumkinligidan xabaringiz bormi?

⚠️Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumot olish” xizmatidan foydalanish kifoya.

📆 Onlayn yo‘llangan ariza Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda natija talabgorga maʼlumotnoma ko‘rinishida taqdim etiladi.

💰 Xizmatdan foydalanish uchun 165 000 so‘m (BHMning 50 foizi) miqdorida to‘lov undiriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz! Xizmatdan my.gov.uz portali orqali foydalanganda, xizmat uchun undiriladigan to‘lov 10 foizga arzonlashadi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM