Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
976 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Siyosiy_ma_rifat_soati

❇️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunni "Siyosiy-ma’rifat soati" da faol qatnashishdi.

Unda Spikerlar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tishadi:

✳️Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib boorish (Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining yettinchi yo‘nalishi mazmun-mohiyati)
✳️Davlat fuqarolik xizmatchilarida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish
✳️Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)
✳️Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.
TAYINLOV

Suyunov Axmadjon Xujamurodovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Axmadjon Xujamurodovich 1984 yil Tojikiston Respublikasi Qo'rg'ontepa viloyatida tug‘ilgan. 2008 yil Soliq akademiyasini tamomlagan.

2021-yildan shu vaqtga qadar - Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Soliq organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va marksheyderlik xizmati boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
TAYINLOV

Yunusov Abdulaziz Abdugaparovich
Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdulaziz Abdugaparovich 1982 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 2010 yil - Toshkent arxitektura-qurilish instituti tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Yerlarni auksionga chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
TAYINLOV

Inamov Nozimjon Ravshanovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nozimjon Ravshanovich 1983 yil Namangan viloyati, Namangan shahrida tug‘ilgan. 2005 yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tugatgan.

2021 yildan shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Targibot_tadbirlari

🔹Kadast agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbarlari tomonidan Buxoro shahar bo‘lim va filiali xodimlari uchun "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda viloyat markazida qolgan hududlarga nisbatan ishning ko‘lami kengligidan har xil mazmundagi “iltimoslar”ning ko‘plab bo‘lishi, moddiyat va yolg‘on va’dalar ta’sirida korrupsionga holatlarning kelib chiqish ehtimoli yuqoriligi aytilib, har bir xodim o`z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiste’mol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.

🔹Sohada firibgarlik va ta’magirlik omillarni butunlay yo‘qotish, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlar davom etadi.

Telegram Facebook Instagram
XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kadastr Fransiyada - 🇫🇷

🔰 Fransiyada kadastr ilk marotaba 1789-yilgi fransuz inqilobi davrida paydo bo'lgan.
Dastlab soliq miqdorini aniqlash maqsadida soliq (fiskal) kadastri tuzilgan. Fransiya yer kadastrining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: kadastr planlarini tuzish, yer uchastkalariga egalik huquqini aniqlash, ularning maydonlarini o'lchash, yerni va ko'chmas mulkni hisoblash.

🔰 Kadastr faoliyati Tuluza shahrida joylashgan milliy kadastr xizmati tomonidan, Parijdagi davlat kadastr hujjatlari xizmati idorasi va davlat departamentlarida joylashgan mintaqaviy soliq boshqarmalari tomonidan yuritiladi. Davlat kadastr hujjatlari xizmati faoliyatining esa kadastr planlarini tuzish va ularni saqlashdir.

🔰 Hozirda Fransiyada yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi ishlab turibdi. Tizimga 5 mintaqaviy hisoblash markazi va 306 mahalliy kadastr byurosi kiradi. Bular soliq boshqarmalarini o'zlarining ma'lumotlar bankidagi kadastrga doir so'nggi ma'lumotlar bilan ta'minlaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 31 mart - 11 aprel kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

💠 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 12 129 tani tashkil etdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Targibot_tadbirlari

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, unga chek qo‘yish hamda bu illatning kelib chiqishiga imkon yaratayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada xodimlarning korrupsiya kabi salbiy holatlarga qo‘l urmasliklari uchun ular bilan doimiy profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Mana shunday tadbirlarning navbatdagisi Olot va Qorako‘l tumanlarida boshqarma rahbaryati tomonidan o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotganligi va korrupsiya kabi jinoyatlarga qo‘l urgan xodimlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi. Bu kabi jinoyatlar nafaqat o‘zlarining balki, oila a`zolari hamda farzandlarining ham kelajagiga “bolta” urishga teng ekanligi yetkazildi.

Telegram Facebook Instagram
Forwarded from Xalqaro press klub
⚡️⚡️⚡️Халқаро пресс-клуб “Ер ҳисоби ва давлат кадастри тизими: мақсадли фойдаланиш, назорат ҳамда рақамли технологиялар” мавзуидаги ўзининг навбатдаги сессиясини ташкил этмоқда.

Ўтган давр мобайнида ер ва кадастр назорати йўналишида нима ишлар амалга оширилди?

Ер ҳисоби ва давлат кадастрини шакллантириш, рақамли технологияларни изчил жорий этиш бўйича бугун аҳвол қандай?

📍Шу каби саволларга ХПКнинг жонли эфирда бўлиб ўтадиган сессияси орқали жавоб олишингиз мумкин.

🎥 Эфирни сиз бугун, 13 апрель соат 11:15 да “Ўзбекистон 24”, “УзРепорт” ва “Ренессанс” телеканаллари орқали тўғридан-тўғри кузатиб боришингиз мумкин.

Ўтказиб юборманг😊

@IPCUzbekistan
💠Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida joriy yilning 1-aprel holatiga yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga oid 219 ta holatda 16 gektar qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

📌Shundan,

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda 54 ta,
🔹aholi punktlari yerlarda 160 ta,
🔹sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda 5 tani tashkil qiladi.

🔲Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida:

📝219 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 64 tasi fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi;
📝yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 141 ta holatda sudlarga kiritilgan da’vo arizalarga asosan 15 ta holatda sudning hal qiluv qarori qabul qilindi, boshqa holatlar bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Telegram Facebook Instagram
❗️Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори, 14.02.2022 йилдаги 71-сонли қарорига мувофиқ Бухоро вилояти ҳудудидан ерларни мулк ҳуқуқи ва ижара ҳуқуқи асосида auksion.uz савдолари орқали сотиб олинг.

Бугунги кунда 37 та ер участкалари савдоларда (кўриш)

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kadastr
-Buyuk Britaniyada 🇬🇧

Buyuk Britaniyada kadastr:
▫️ "Hazrati oliylarining yer-mulk reestri" (Her Majesty Land Register) - yer-mulk yoki unvon reestri- 1862-yilda tashkil etilgan;

▫️ Onlayn tarzda barcha fuqarolar uchun ochiq;

▫️ Zamonaviy kadastr tizimi 1925-yilda qabul qilingan qonunga asoslanadi;

▫️ Tizimda asosiy rolni Buyuk Britaniya geodeziya xizmati va Hazrati Oliylarining yer-mulk reestri (yoki Qirollik reestri) o'ynaydi;

▫️ Tizim 3ta rasmiy reestrdan iborat: ko'chmas mulk, xususiy mulk va cheklangan mulk;

▫️ Tizimning asosiy vazifasi - yer-mulk huquqlarini tasdiqlashning sodda va ishonchli tartibini ta'minlash;

▫️ Yer-mulkka egalik qilishning 2 xil ko'rinishi mavjud: - yerga erkin egalik huquqi va nominal yillik yer ijarasi evaziga ma'lum muddatga beriladigan yerga egalik huquqi.

🔘 Hozirda barcha ko'chmas mulk o'tkazmalari "Yerni davlat ro'yxatidan o'tkazish" nomli kompyuter tarmoqlari tuzilmasi orqali 19ta hududiy idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
#Siyosiy_marifat_soati

📌 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘linmalari va filiallari hodimlari faol qatnashdilar.

Bugungi o‘quv soatida:

🔸"O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asoslari, ustuvor tamoyil va yo‘nalishlari hamda dolzarb vazifalari";

🔸Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarz jalb qilish tartibi va Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida ham maʼlumot berilishi ko‘zda tutilgan.

Telegram Facebook Instagram