Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
484 subscribers
9.18K photos
1.17K videos
15 files
3.3K links
Мурожаалар учун ишонч телфон рақами:
65 228 50 03
Download Telegram
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#hududlar_hayoti
#Buxoro_tumani

“Наврўз” маҳалласининг ички кўчалари асфалтлаштирилмоқда

Аҳоли мурожаатларини инобатга олиб, “Наврўз” маҳалласидаги ички йўлларни равонлаштириш Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 25 октябрдаги “2022 - 2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорига мувофиқ белгиланган реестрга киритилган эди.

Айни кунларда “Ромитан йўллардан мунтазам фойдаланиш” унитар корхонаси томонидан маҳалланинг “Ф.Хўжаев” ва “Нодирабегим” кўчаларининг 2.1 км ички йўллар асфалтлаштирилмоқда

Ўз навбатида кўп йиллар ўнқур-чўнқир бўлиб, аҳолининг ҳақли эътирозига сабаб бўлиб келаётган ушбу муаммолар бугунги кунда ўз ечимини топаётганидан аҳоли жуда мамнун бўлмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
Photo
#hokim_hududlarda
#Buxoro_tumani

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 21 oktyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hozirgi mavsum va kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bu borada Buxoro ham katta sa’y-harakat boshlangan. Xususan, shu kunlarda viloyat avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi tomonidan magistra yo‘l yoqalarida 10 qatordan daraxtlar ekish bo‘yicha ishlar boshlangan. Jumladan, bugun “A-380” rusumli “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining Buxoro viloyati hududidan o‘tgan 188 – 193 kilometrlari oralig‘ida yo‘lning ikki tomonida manzarali daraxt ekish ishlariga kirishildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Boshlangan ishlar xayrli bo‘lishini tilab Qur’on tilovat qilindi.

Botir Zaripov daraxt ekishga ko‘rilgan hozirlikka tanqidiy baho berdi.

— Bu yerlar toshloq va qaqroq. Bu yerlarni avaalo chuqur yumshatish, “begona tuproq”dan to‘lidirish kerak. Sug‘orish tizimini halqilish kerak. Keyin daraxt eksak bo‘ladi. Bizga “ura-ura” bilan qilingan ish kerak emas. Bir nihol qurdikmi, u ko‘karsin, - dedi viloyat rahbari.

Muloqotda ko‘chat ekish ishlarini ham uyushqoqlik bilan tashkil etish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#hokim_hududlarda
#Buxoro_tumani

Xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining Buxoro tuman hududidan o‘tuvchi 260 km qismidagi 1964-yilda qurilgan ko‘prikning o‘ng tomoni to‘g‘ri yo‘nalishida 2 qator balkasi va chap tomondan plitalari singan, shuningdek,  yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida  yaroqsiz holga kelib qolgandi.

Ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati hozirgi og‘ir vaznli transport vositalarini o‘tkazish talablarini qanoatlantira olmasligi bois hozirda Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muaassasasi tomonidan ta’mirlanmoqda. Ko‘prikni kelgusi yil mart oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Botir Zaripov ta’mirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

-Hozirgi ish jarayoni mutlaqo qoniqtirmaydi. Aholiniyam, bizniyam. Qaranglar, qancha tirbandlik yo'lda. Odamlar esa norozi. Shuning uchun tezlashtirik kerak ishlarni,-dedi Botir Zaripov.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube