ODDIY YO'LOVCHI
1.28K subscribers
1.52K photos
327 videos
89 files
1.3K links
Shaxsiy fikrlar
Download Telegram
O’z sohasining professionallari tabriklab yozishdi, xursand bo’ldim. Hozirgina tayyorlayotgan kitobimizning mualliflik huquqi bo’yicha mualliflar imzo qo’ygan shartnoma ham keldi. Ikki karra xursand bo’ldim. Zayniddin audiolarni bor mehri bilan o’qib, montaj qilib o’tiribdi. Uch karra xursand bo’ldim.

“Gutenberg Publishing House” - “Penguin Random House” bilan raqobatlashadigan darajaga chiqsin. Xudo omadimizni bersin. Yaxshi xabar ustiga, yaxshi xabar eshityapman. Oxiridan suyuntirsin. 🙏🙏🙏
🔥153👍2
Dardlar-a darmon spidarmon
🤣9😁3🗿2
Forwarded from G'azna
Do'stlarimiz yangi nashriyot ochishibdi.

"Dunyoda hali biz o‘qib ulgurmagan, hatto nomlarini ham eshitmagan kitoblar juda ko‘p. Ularni ona tilimizga tarjima qilish va O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘zimizning ozroq bo‘lsa-da hissamizni qo‘shish maqsadida "Gutenberg nashriyot uyi" nashriyotini ochishga qaror qildik"


Tushunishimcha, bizni ajoyib tarjimalar kutyapdi.

Ilk nashr qilinadigan kitob ham aniq. Stenford universiteti professori Ilya Strebulayev va VC Alex Dang tomonidan yozilgan "Venchur tamoyili" ("The Venchur Mindset") kitobi nashrga tayyorlanmoqda ekan

Kitob moliyaviy insitutlar tomonidan bizneslarga investitsiya kiritish xususida bo'lib, kitobga kirish so'zi Stenford universiteti bitiruvchisi Korzinka do'konlar tarmog'i CTOsi Konstantin Nechayev tomonidan yozilgan.

Kitobsevarlar yangi loyihani qo'llab quvvatlaydi degan umiddaman: https://t.iss.one/gutenbergnu

@gazna1
🔥2👍1
Forwarded from Allaev Uz
Янги нашриёт очилибди.

"Гутенберг нашриёт уйи" эълонида хорижда ўқиб келган ҳамюртларимиз билан ҳамкорликда очилгани айтилган.

Китоб бозорида янги ва сифатли қон жуда муҳим. Илк китобларни кутиб қоламиз.


#kitob
🔥7❤‍🔥31
Forwarded from GUTENBERG nashriyot uyi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😎 Ilk audio xulosamizni kutib oling. Ushbu audio-xulosa orqali kitobdagi asosiy fikrlar bilan tanishishingiz mumkin. Keyinchalik kiitob yoqib qolsa, uni kitob do'konlaridan sotib olaverasiz.

📝Robin Sharma – “Soat tongi 5 klubi” (5 AM Club)

Davomiyligi - 23 daqiqa

📎 Audio xulosani tinglash uchun havola: https://t.iss.one/gutenberg_audio/8

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥4❤‍🔥1
Statistikaga ko’ra barvaqt o’lim topganlarning 40% alkogolli ichimliklar iste’mol qiladiganlarga to’g’ri kelar ekan. Bundan kelib chiqadiki barvaqt o’lim topganlarning 60% suv ichadiganlarga to’g’ri keladi.

Xulosa: suv alkogoldan xavfliroq
😁141❤‍🔥1
Tezroq boraman deb poyezdga mingandim. Bu poyezd marojniy ekan-ku, issiqda erib ketadigan. 17:05 da Samarqandga yetib borishi kerak edi. Hali Jizzaxga yetolganimiz yo’q. Tezlik 52-59 km/soat ketyapti. O’zim bilan buzoq olib ketganimda, Samarqandga yetgunimcha sigir bo’lib, sutga kirib qolgan bo’larkan.
😁10🙈84
Xitoyning global texnologik bozorda yaqqol favorit bo’lishiga to’sqinlik qilayotgan bitta omil bor. Bu - Xitoyning til siyosati. Xitoy o’z texnologiyalaridagi dasturiy ta’minotlarni xitoy tilida ishlab chiqaradi. Masalan, Xitoyda ishlab turgan texnologiyalar AQSH sanoatiga hali kirib bormagan bo’lishi mumkin, ammo o’sha dastur yoki texnologiya faqatgina xitoy tilida mavjudligi sabab, global bozor bundan bexabar.

Masalan, Xitoyning elektromobillari sotib olingandan keyin, uni “ruslashtirish” yoki “inglizlashtirish” zarurati yuzaga keladi. Xitoyning til siyosati esa dasturiy ta’minotni dastlab xorijiy tilda chiqarishga to’sqinlik qiladi. Balki Xitoy kompartiyasi xitoy tili xalqaro darajada ingliz tilini siqib chiqarishidan umidvordir, ammo bu juda qiyin masala. Global mustamlakachilik davrida Xitoy o’zi mustamlaka edi. Xitoy tilini dastlabki darajada yoyish uchun uning mustaqillikka erishga mustamlakalari yo’q. Ikkinchidan mandarin tili va xitoy ierogliflari o’rganish uchun juda murakkablik qiladi.

Kimdir majburlikdan xitoy tilini o’rganmasa, boshqachasiga o’zi o’rganmasa kerak. Masalan, ingliz yoki rus tilida sobiq ittifoq davlatlarida texnologiya tiliga aylandi. Yoshlar ingliz tilini, o’rta va undan katta yoshlilar rus tilini biladi. Bundan hamma manfaatdor. Xitoy tilida tilning “dostupnost”ligi mavjud emas. Murakkab til.
👍62🔥1
“Taqriz by Gutenberg” loyihasiga qiz bola (ayol kishi) ovozi kerak. Izohlarda yozib qoldiringlar. Sinov uchun matn jo’natiladi.
1
Hurmatli ishtirokchilarga eslatma:

Telegramning ovozli xabar funksiyasida ovozni filtr qilish funksiyasi yo’q. Ovozingizni to’laligicha yoritib bera olmaydi. Shu sababli ovozingizni diktofonda yoki iloji bo’lsa professional mikrofon yordamida yozib jo’nating.

Loyiha doirasida tayyorlangan har bir audio uchun pul to’lanadi. Shu sababli ishiga noprofessional tarzda yondashuvchi insonlar bilan ishlay olmaymiz.
👍82
ODDIY YO'LOVCHI
2_How_to_talk_to_anyone_автовосстановление.docx
Shu matnni o’qib @ravshanburxonov akkauntiga jo’nating. SMS juda ko’p hech biriga javob bera olmadim.

Ism-familiya va bog’lanish uchun telefon raqam bilan
1👍1
Qabul to’xtadi. Javoblar audiolarni to’liq eshitib bo’lganimizdan keyin e’lon qilinadi. Audio jo’natganlar ism-familiyasi, bog’lanish uchun telefon raqamini yozib yuborsin!

P.S Ma’lumotlarini yozmaganlarga tanlovda yutgan taqdirda ham javob jo’natilmaydi!
1👍1🔥1
Assalomu alaykum, tanlovga 100 dan ortiq audiolar kelib tushdi, barchasini eshitib chiqib, jamoamiz tomonidan oxirgi xulosani kanalda e’lon qilamiz. Jarayon @gutenbergnu kanalida yoritib boriladi
👍51
Forwarded from GUTENBERG nashriyot uyi
🤓 "Gutenberg" nashriyotining audio-xulosalarida ayol kishi ovozidan foydalanish maqsadida tanlov e’lon qilgan edik.

📝 Bugungi kunga qadar tanlovda ishtirok etish uchun 100 dan ortiq ishtirokchilardan arizalar kelib tushdi. Hozirda ijodiy jamoa ovozlarni saralash bilan shug‘ullanmoqda. Tanlov 2 bosqichdan iborat shaklda o‘tkaziladi.

📌 1-bosqichda talabgorlarning audiolari tahlil qilinadi. Tahlillar natijasiga ko‘ra 2-bosqichga o‘tganlar Gutenberg ijodiy jamoasi tomonidan sinovdan o‘tkaziladi.

🕔 Birinchi bosqich natijalari hafta so‘ngiga qadar e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilarga omad tilaymiz. G‘oliblarni jamoamizda ko‘rishdan mamnunmiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
Boshingga eng qiyin kunlar tushib, Sen bardosh bera olmaydigan nuqtaga kelganingda aslo sabringdan voz kechma. Ana shu nuqta taqdiringni o'zgartiradigan nuqtadir.


© Mavlono Jaloliddin Rumiy

Sabr tushunchasi barcha samoviy dinlarda keng yoritilgan va uning ahamiyati bot-bot takrorlangan tushunchadir. Ba'zan sabr so'ziga jiddiy qaramaymiz, ammo sabr bu shunchaki tuyg'u emas. Sabr bu hamma narsa.

1 oylardan beri sabrning matematik tahlilini hisoblab chiqish uchun, kriminologiyaga doir turli xil sud hukmlarini va kitoblarni o'rganib chiqyapman. O'rganishlar natijasiga ko'ra, muammolar va sabr dinamikasi har doim inson ruhiyatida birga yuradi. Muammolar ortib borishiga parallel ravishda sabr dinamikasi ham oshib boradi. Ammo grafik ko'rsatgichlarda "sabr kosam to'ldi" degan nuqta ham bo'ladi. Anashu nuqtani payqay olish insonni ruhiy aziyatlardan saqlab qoladi.

Ko'pgina jinoiy ishlarini tahlil qilib olgan xulosam shunday. Muammoning pik nuqtasi qaror qabul qilishning xavfli zonasini ochib beradi. Turli jinoyatchilarning ko'rsatmalariga ko'ra jinoyatga qo'l urishga sabab bo'lgan omillar yodidan chiqsa ham, jinoyatga undagan qarorni qabul qilish vaqti yodidan chiqmagan. Jinoyat qaror qabul qilinganidan so'ng 24-48 soat ichida amalga oshirilgan.

Shunga ko'ra, yuqoridagi grafikni yaxshilab o'rganing va "muammoning pik nuqtasi"ga chiqqaningizda biroz tin olib, fikrlarni mulohaza qilib ko'ring. Muammoning pik nuqtasi sabrning tugash nuqtasi hisoblanadi. Mana shu pik nuqtada inson tin olib, biror boshqa mashg'ulotga chalg'isa 24-48 soat ichida sabr dinamikasi yuqoriga yurib, muammolar sekin-sekin yechila boshlaydi.
🔥42👍1💋1🗿1
Tun bo'yi bemorga yig'lab bir odam,
Tongda o'lib qoldi, bemor-chi? - Bardam
.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi
.
Cho'loq eshshak esa manzilga yetdi
!

Sa’diy Sheroziy
❤‍🔥5🔥41
39,8 gradusni sinash bo’yicha chempionat

Birinchisi, 2022-yil oktyabr edi shekilli. O’lib ketsam kerak deb o’ylovdim. Kushetkaga yotganim esimda keyin nima bo’gani esimda yo’q. Vrachlar baqir-chaqir qilib 40 gradusga chiqsa komaga tushib qoladi deganini elas-elas eslayman. Hayolimda 5-6 soat o’tib ketganday bo’lgandi. 2 soatda o’zimga kelgan ekanman.

Bugun yana 39.8 gradusni sinab ko’rdim. O’lib ketsam kerak deb o’ylagandim. Bir amallab vrachga yetvoldim. Vrachning ko’zi olakula bo’lib ketdi. “Qanday kelding, yotish kerak edi”, - deydi. “Yana 1 soat yotganimda, dalshe yotib qolardimov”, - dedim. Bir amallab 38 ga tushirib oldik. Keyin uyga qaytdim. Chala vrach bo’libman o’zim ham. Hozir 36.7 ga tushirdim.
👍1😭1