Bukhara Tourism_Official
1.59K subscribers
17.3K photos
2.81K videos
1 file
6.75K links
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.iss.one/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro #xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇷Turkiyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan seminarlar jarayonidan reportaj

#Dunyo_boylab_Info_nigoh


📌@bukhtourism
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇫🇷Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi hamda Samarqanddagi "Ipak yo'li" Xalqaro turizm universiteti mutasaddilari Fransiyada Ruan universiteti taklifi bilan bo'lib turishibdi.

Mazkur tashrif o'z ichiga ta'lim turizmi yo'nalishida: taqdimotlar, uchrashuv va muzokaralarni o'z qamrab olgan bo'lib, bugun, 9-mart Ruanning Evryo shahridagi fakultetida videomuloqot tashkil etildi.

Unda Universitet rektori, Buxoro delegatsiyasi va Ruan Normandiyaning barcha fakultetlari ishtirok etdi.

Onlayn muloqotda talabalarni tanlab olish, joylashtirish kabi masalalar, Universitet rektori Joyel Aleksandr taklifi bn buxorolik talabalarining Ruan universitetida oʻqishga tezroq kirishib ketishi uchun , bu yerda "Oʻzbekiston madaniyat kunlari haftaligi" ni oʻtkazish taklifi ilgari surildi.

Oʻqishga kelgan buxorolik talabalar ushbu madaniy haftalikka boshchilik qilishadi.

Bundan maqsad, fransuz talabalarini oʻzbek talaba doʻstlarining madaniyati, urf-odati , tili, oshxonasi va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishtirishdir.

Oʻz oʻrnida Fransiya tarafidan Ruan Normandiya unversiteti tadqiqodchilari Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumida maʼlum bir mavzular boʻyicha, jami 15 yaqin mavzu: Fransiya tarixi, geografiyasi , iqtisodiyoti, sanoati, adabiyoti , sanʼati, kino , turizm va qator sohalar boʻyicha prezentatsiyalarni oʻtkazishadi.

Ruan universiteti tadqiqodchilarining bu kabi programmasi Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi talabalarini Ruan universitetida oʻqishini osonlashtirish uchun tayyor fundament yaratib beradi.
🇺🇿🇫🇷#xalqaro_hamkorlik

#onlayn

Xabar berganimizdek, joriy yil 7-17- mart kunlari Turizm va madaniy meros vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Fransiyaning Parij va Ruan shaharlarida bo'lib turibdi.

Ayni damda Buxoro delegatsiyasi Fransiyaning Luvye shaharchasida joylashgan mehmonxona va servisga asoslangan litseyda bo'lib turibdi.

Mazkur litsey Ruan Normandiya universiteti tasarrufida bo'lib, unda 300 atrofida talaba tahsil oladi va 70 ta pedagog faoliyat yuritadi. Talabalar litseyda 3 yo'nalish: mehmonxona, servis va pazandachilik bo'yicha ta'lim olishadi. Litsey yo'nalishlariga mos tarzda jihozlangan va talabalarning bu yerda mehmonxona, servis va pazandachilik sirlarini amaliyotda sinab ko'rish uchun sharoitlar yaratilgan.

Aytish joiz, hamkorliklar natijasida, aynan shu modulni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi ham boshlab yuborgan.
🇺🇿🇫🇷#xalqaro_hamkorlik

Turizm va madaniy meros vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari Fransiyadagi katta Parij masjidi rektori Shamsiddin Hofiz bilan uchrashdi

👉https://is.gd/GCdR3d


Делегация,состоящая из представителей министерства Туризма и культурного наследия, встретилась с ректором большой мечети в Париже Шамсиддином Хафизом

👉https://is.gd/MIuMim



📌@bukhtourism
🇺🇿🇫🇷#xalqaro_hamkorlik

Turizm va madaniy meros vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya Fransiyaning Ryuey-Malmezon shahrida bo'ldi

👉https://is.gd/S3Vrm1

Делегация Министерства туризма и культурного наследия посетила пригород Рюэй-Мальмезон во Франции

👉https://is.gd/ESNrmG



📌@bukhtourism
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#turizm_va_madaniymeros
#xalqaro_hamkorlik_oav_da

🇺🇿BuxoroMTRK Diyor yangiliklarida: Fransiyaning Ruan Normandiya universiteti talabalari amaliyot o'tash uchun Buxoroga keldi


📌@bukhtourism
🇺🇿🇫🇷#xalqaro_hamkorlik

Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumining 5 nafar talabasi Fransiyada ta'lim oladi

Maʼlumki, Fransiyaning Ruan Normandiya universiteti hamda Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi oʻrtasida ilmiy hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Unga ko'ra texnikum talabalari, Ruan universiteti mas'ul oqituvchi-professorlari tomonidan saralanish orqali Fransiyaga 1 yillik o'qishga tanlab olinadilar. Saralash bir necha bosqichda bo'lib, joriy yilning 30-aprel kuni ushbu bosqichlardan 5 nafar texnikum talabalari tanlab olindi va sentyabr oyida ular Fransiyaga o'qishga ketishadi.

Shunday qilib, Fransiyaning Ruan Normandiya universitetiga o'qish uchun muvafaqqiyatli oʻtgan talabalar: Hafizov Muzaffar Olimjon oʻgʻli, Yoʻldosheva Ozoda Odil qizi, Olimov Maʼmurjon Iskandar oʻgʻli, Murodov Mirshod Sayfulayevich va Ashurova Komila Komiljon qizi bo'ldi.


Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi jamoasi ushbu yutuq bilan talabalarni tabriklaydi va ularga omad tilaydi!


📌@bukhtourism
🇺🇿🇹🇷#xalqaro_hamkorlik

"Ibn Sinoning qishlog'ida iftorlikka da'vat etildik!"

Turkiyaning
YeniSafak.com saytida Buxorodagi Afshona qishlog'ida olib borilayotgan syomka jarayonlari haqida maqola chop etildi.

Eslatib o'tamiz: Turkiyaning "Yeni Safak" media xoldingi tomonidan O'zbekistonning qadimiy shaharlarida "Movarounnahr qaydlari" nomli turkum ko'rsatuvlar ramazon oyida suratga olingan
.

https://www.yenisafak.com/ramazan/ibn-i-sinanin-koyune-iftara-davetlisiniz-3794234
#live
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇦🇪Yevropaning ultra arzon "Wizz Air" aviakompaniyasi Abu Dhabiga Buxorodan to'gridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yadi

Wizz Air Abu Dhabi - Abu Dabi xalqaro aeroportidan ishlaydigan arzon aviakompaniya.U butun dunyoda byudjet reyslari bilan tanilgan.

Mazkur kompaniya mutasaddilari joyriy yilning 6-9-iyul kunlari O'zbekistonda bo'lib turibdi va tashrif davomida Samarqand va Toshkent shaharlaridan Abu Dhabi shahriga to'g'ridan-to'g'ri muntazam reyslarni amalga oshirishga kelishisuvlarga erishdi.

Shuningdek, "Wizz Air" mutasaddilari joriy yilning 7-8-iyulida Buxoro shahrida bo'lib, Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasida mahalliy, salohiyatli turistik kompaniylar bilan hududning turistik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Hozirda ma'lumotlar jamlanib tahlil qilinmoqda.

Kelajakda Buxorodan ham Abu Dabi shahriga to'g'ridan-to'g'ri muntazam reyslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.



📌@bukhtourism
🇺🇿🇹🇲#xalqaro_hamkorlik

Бугун,13 июль Ўзбекистон ва Туркманистон ҳудудлараро форуми доирасида Туризм ва маданий мерос вазирлиги ҳамда унинг Бухоро вилоят бошқармаси вакиллари ва Туркманистон маданият вазирлиги Туризм департаменти раҳбари Акиниёз Агамурадов билан учрашув ташкил қилинди.

Учрашувда Ўзбекистоннинг Бухоро, Самарқанд ва Хоразм каби қадим шаҳарлари ва Туркманистоннинг Тошҳовуз, Марв ва кўҳна Урганч шаҳарларидаги зиёратгоҳлар ва маданий мерос объектларини улаган ҳолда, қўшма турлар ташкил этиш имкониятларини ўрганиб чиқиш бўйича музокаралар ўтказилди.

Виза режимларини соддалаштириш, арзон туристик пакетлар ишлаб чиқиш ҳамда жорий йилнинг ноябрь ойида Тошкентда ўтказиладиган “Ипак йўлида туризм” Тошкент халқаро сайёҳлик ярмаркасида туркманистонлик туроператорлар иштирокини таъминлашга келишиб олинди.


📌@bukhtourism
#xalqaro_hamkorlik

⚡️Turizm va madaniy meros vazirligi va Rossiyaning REN TV telekanali "Невероятно интересные истории" ko'rsatuvi bilan hamkorlikda O'zbekistonnig qadimiy shaharlari haqida turkum ko'rsatuvlar suratga olindi.

REN TV ning Buxoro haqida tayyorlagan ko'rsatuvini havola orqali ko'rishingiz mumkin
____

#сотрудничество

⚡️Совместно с Министерством туризма и культурного наследия и российским телеканалом РЕН ТВ снята серия передач о древних городах Узбекистана.

Вы можете посмотреть программу о Бухаре в "Невероятно интересные истории" телеканала РЕН ТВ по ссылке👇


https://rutube.ru/video/641654f65e96803e96773ac9ebbb5181/
#xalqaro_hamkorlik

O’zbekistonda professional ta’limni qo’llab-quvvatlash loyihasini amalga oshirayotgan Shveysariyaning “Helvetas Swiss Intercoopration” tashkiloti markaziy ofisining kasiy ko’nikmalar bo’yicha maslahatchisi Adrian Reborda 24- yanvar – 3-fevral kunlari amaliy tashrif bilan O’zbekistonda bo’lib turibdi.

Tashrif mobaynida loyihani amalga oshirish yuzasidan hamkorlik aloqalarini amalga oshirish maqsadida, Adrian Reborda 24-yanvar kuni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi hamda Buxoro Davlat Universitetida bo'lib mazkur ta'lim muassasalari mas’ullari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda loyiha doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi.


Instagram I Facebook I Buxtt.uzI
Forwarded from Uzbektourism.uz
#tourism #xalqaro_hamkorlik #United_Kingdom

Yevroosiyo ijodiy gildiyasi va “Hertfordshire Press” vakillari bilan
hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
https://uzbektourism.uz/news/view?id=2729

Перспективы сотрудничества обсудили с представителями Евразийской Творческой Гильдии и Hertfordshire Press Великобритании
https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=2729

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#xalqaro_hamkorlik #bangladesh

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Buxoro viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi vakili xizmat safari bilan Bangladeshda bo’lib turibdi.

Bugun 3-iyun kuni, Bangladesh Sayyohlik Agentliklari Assotsiatsiyasi(ATAB), hukumat a'zolari va Buxoro viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi masʼul xodimi oʻrtasida, Bangladesh davlatidan O'zbekistonga keladigan turistlar sonini oshirish va ikki davlat turistik tashkilotlarining doimiy hamkorlik aloqalarini yo'lga qoʻyish toʻgʻrisidagi istiqbolli rejalarni amalga oshirish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Buxoro viloyatining turistik salohiyati taqdimoti o’tkazildi. O’zaro ma’lumotlar bilan almashinildi.

Ma’lumot uchun, Bangladesh Sayyohlik Agentliklari Assotsiatsiyasi(ATAB) 3500 ta turistik kompaniyalarni qamrab olgan. Kelgusida ushbu kompaniya bilan mustahkam aloqalarni o’rnatib, Buxoroga Bangladeshdan keladigan sayyohlar sonini oshirish ko’zda tutilgan.

Uchrashuvlar davom etmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_hamkorlik #BAA

Buxoro delegatsiyasi BAAdagi "International Institute for Cultural Diplomacy" rahbariyati bilan uchrashdi

Batafsil

Делегация Бухары встретилась с руководством «International Institute for Cultural Diplomacy» в ОАЭ
Подробнее


Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_hamkorlik

Buxoro davlat universiteti hamda BAAning Al Qosimiya universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatildi

O'zbekiston Respublikasining BAAdagi elchixonasi hamkorligida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda Ta`lim sifatini nazorat qilish departamenti boshlig`i Z.S.Nurov BAAning Sharja shahridagi Al Qosimiya universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Uchrashuvda BuxDU hamda Al Qosimiya universiteti o'rtasida hamkorlikda professor-o’qituvchilarni o’quv-amaliy mashg'ulotlarga jalb qilish, qo’shma tadqiqotlar olib borish, mobillik doirasida bo'yicha bakalavr hamda magistratura talabalari almashinuvini tashkil etish, ilm, madaniyat va ta'lim sohasidagi faoliyat olib borish doirasida o'qituvchi kadrlarni almashish, ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslarini tashkil etish, rejalashtirilgan ta'lim, ilmiy va madaniy faoliyatlar to'g'risida ma'lumot almashish masalalari ko'rib chiqildi.
#xalqaro_hamkorlik

⚡️Prezident qarori amalda

Joriy yilning mart oyida Buxoro viloyati hokimligi va Turizm boshqarmasi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Indoneziya, Malayziya va Singapur davlatlariga borib Buxoroning turizm salohiyatini keng targ‘ib etgan holda yirik turizm soha va elchixona vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ushbu davlat fuqarolarini O‘zbekistonga, xususan, Buxoroga sayohatini amalga oshirish yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishgan edi.

Kelishuvlar samarasi o‘laroq aprel oyining boshidan boshlab yurtimizga, xususan, Buxoroga mazkur davlatlardan keng oqimda sayohat guruhlari kela boshladi.

Xususan, aprel oyining 21-sanasida Indoneziyalik Shax Sharif Zainal Abidin, Naqshbandi boshchiligidagi bir guruh sayyohlar Buxoroga tashrif buyurib Yetti Pir bo‘ylab ziyorat amallarini o‘tashdi.

Indoneziyalik sayyohlar Buxoro viloyatiga ziyorat turizmi yo’nalishi bo’yicha kelgan bo’lib, ular o’z ziyorat amallarini 5 kun davomida amalga oshirishadi.


Telegram | Facebook | Instagram