#uzbekistan_minsk #onlayn_uchrashuv
🇺🇿Bugun, 22-dekabr kuni Toshkent-Minsk oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib o'tdi.
Turizm va sport vazirligi va O'zbekistonning Minskdagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan uchrashuvda, ikki tomon turistik kompaniyalari va soha vakillari ishtirok etdilar.
Onlayn-uchrashuvni Turizm va sport vaziri birinchi oʻrinbosari Ulugbek A'zamov ochib berdi va barcha Minskdagi ishtirokchilarni Oʻzbekistonga chorladi.
“Hozirda Oʻzbekistonda turizm jadal rivojlanib bormoqda. Masalan, ECO va MICE turizmga ham eʼtibor katta. Biz sohaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikka tayyormiz”,-deya taʼkidladi u.
Shundan soʻng, soha vakillari oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Xususan, Buxoro viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi ham Buxoro viloyatining turistik potensiali aks etgan taqdimot bilan ishtirok etdi.