Bukhara Tourism_Official
1.6K subscribers
18.6K photos
3K videos
1 file
7.16K links
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.iss.one/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
Download Telegram
#xalqaro_aloqalar
#infotur
#Malayziya #Indoneziya #Singapur

⚡️Malayziya, Indoneziya va Singapur davlatlaridan tashrif buyurgan infotur vakillari “Bukhara Desert Oasis & SPA” turistik klasterida

Xabaringiz bor, Malayziya, Indoneziya va Singapur davlatlarining salohiyatli turoperatorlari uchun Buxoro bo‘ylab 2 kunlik infotur tashkil etilganligi qayd etilgan edi.

Delegatsiya vakillarining keyingi manzili Romitan tumanidagi Bukhara Desert Oasis & SPA turistik klasteri bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Bukhara Desert Oasis & SPA 2020-yil mart oyida ishga tushirilgan boʻlib, hududi 8 gektarga teng. Mahalliy va xorijiy sayyohlarga turistik xizmatlar koʻrsatishga moʻljallangan.
Ta’kidlanishicha, klaster yiliga 24 000 nafar xorijiy sayyoh va 270 000 nafar mahalliy sayyohlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Turoperatorlar tomonidan mazkur maskandagi imkoniyatlar, shart-sharoitlar o‘rganilib, “safari tur” va o‘tov lagerlariga Indoneziya, Malayziya va Singapur sayyohlari tomonidan qiziqish yuqori ekanligi e’tirof etildi.

Ertaknamo maskanga tashrif buyurgan infotur ishtirokchilari, ochiq tabiat qo‘ynida ot va tuyalar, zamonaviy kvadrasikllarda sayr qilib, cho‘l manzarasidan bahramand bo‘lishdi.

Shuningdek, kashtachilik va milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilib, shu joyning o‘zida yangrayotgan milliy kuy-navolar ohangi ostida mehmonlar o‘zlari tomonidan tandir-u o‘choqda pishirilgan mazzali ovqatlarni tanovvul qilishdi.

Infotur yakunida turoperatorlar o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirib, kelgusida hamkorlikda sayyohlar oqimi alamshinuvi boʻyicha ishlar tashkil qilishga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar
#infotur

⚡️Malayziya, Indoneziya va Singapur davlatlarining yetakchi turoperatorlari uchun Buxoro bo‘ylab 2 kunlik infotur tashkil etildi

⚡️Для ведущих туроператоров Малайзии, Индонезии и Сингапура был организован двухдневный инфотур по Бухаре


Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_biyennalesi

⚡️Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesini yuqori saviyada oʻtkazish masalalari muhokama qilindi

Maʼlumki, joriy yilning sentyabr-noyabr oylarida Buxoro tarixiy markazi hududida Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, xalqaro arxitektura va sanʼatning ilgʻor yutuqlari asosida oʻtkazilishi taklif etilayotgan mazkur anjuman Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida ilk marotaba Buxoroda tashkil qilinadi hamda mintaqada Buxoroni noyob kreativ klaster xabiga aylantirishga xizmat qiladi.

Bugun 17-feval kuni viloyat hokimligida viloyat hokimi Botir Zaripovning BAA va Yaponiyadagi “Waiwai design” arxitektura kompaniyalari asoschisi, Buxoroda oʻtkazilishi rejalashtirilgan biyennale kuratori Vayel al Avar,mazkur kompaniyaning yetakchi arxitektorlari, kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mutasaddilari bilan oʻtkazgan uchrashuvida anjumanni   yuqori saviyada oʻtkazish masalalari keng muhokama qilindi.

Bajarilayotgan amaliy ishlar natijasi oʻlaroq, obodonlashtirish masalalarini tizimli tashkil etish, aholi va sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi imkoniyatlarni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Maʼlumot uchun: Biyennale italyancha soʻz boʻlib, “biennale”– ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan madaniy, sanʼat yoki ilmiy tadbirdir. U odatda koʻrgazma, festival yoki konferensiya shaklida tashkil qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#Pokiston

⚡️POKISTONNING NUFUZLI JURNALIST VA BLOGERLARI BUXORODA

Bugungi kunda mamlakatimizning turizm salohiyatini jahonda targ‘ib qilish orqali xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash , sayyohlar oqimini oshirish va turistik mavsumni uzaytirishga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, shu kunlarda Pokiston Islom Respublikasining  36 nafardan iborat jurnalist va blogerlari Buxoroda bo‘lib turibdilar.

Tashrifning ilk kunida delegatsiya a’zolari Buxoro temir yo‘l vokzalidan  Buxoro viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Bobokalonov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida tantanali kutib olindi.

Undan so‘ng, ijodiy guruh vakillari ko‘hna va navqiron Buxoroning sayyohlik salohiyati to‘g‘risida targ‘ibot materiallari tayyorlash maqsadida “Ark” qo‘rg‘oni, “Labi Hovuz” ansambli, “Poyi Kalon” majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi hamda Chashmai Ayub kabi qator madaniy meros obyektlarida shuningdek, hunarmandchilik markazlarida bo‘lishdi.

“Buxoroi Sharifga tashrif buyurar ekanmiz, pokistonlik sayohat ishqibozlarini  media-kontentlarimiz orqali Buxoroning turizm salohiyati bilan tanishtirish va turizm sohasidagi yaratilgan imkoniyatlarni OAVda keng targ‘ib qilishni maqsad qilganmiz”-dedi pokistonlik jurnalist.

Bugun erta tongdan xorijiy media vakillari o‘z sayohatlarini “Bahouddin Naqshband” majmuasida ziyorat amallarini ado etib, keyingi manzilga yo'l olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#Eron_Buxoro

⚡️Gʻulomhusayn Muzaffariy: “Buxoroni koʻrish har bir eronlikning orzusi!”

Joriy yilning 1-mart kuni Eron Islom Respublikasi Razaviy Xuroson viloyati hokimi Gʻulomhusayn Muzaffariy boshchiligidagi delegatsiyasining Buxoro viloyatiga  amaliy tashrifi tashkil etildi.

Dastlab ikki hudud rasmiylari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Buxoro shahrining turizm sohasidagi imkoniyatlari, mehmonxona xoʻjaligi va turizm xizmatlari koʻrsatish yoʻnalishidagi natijalar xususida soʻz bordi.

Razaviy Xuroson viloyati hokimi Gʻulomhusayn Muzaffariy samimiy qabul va mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi. Ikki viloyat oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi taʼkidladi.

—  Buxorodagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishish va bu joylarga kelish har bir eronlikning orzusi. Bugun shunday baxtga erishib turganimdan mamnunman. Biz turizmni rivojlantirish uchun ikkala tomon bilan ham hamkorlikda ishlashga tayyormiz. Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi, sanoat va boshqa yoʻnalishlarda ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirish istagimiz bor,-dedi Gʻulomhusayn Muzaffariy.

Shundan kelib chiqib, uchrashuvda Razaviy Xuroson viloyati ishbilarmon vakillari bilan hamkorlik masalalari keng muhokama qilindi.

Uchrashuv ochiq, samimiy va do'stona ruhda bo'lib o'tdi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar
#Eron_Buxoro

⚡️Buxoroda Eron Islom Respublikasi Razaviy Xuroson viloyati hokimi Gʻulomhusayn Muzaffariy boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida  O‘zbekiston-Eron biznes forumi o‘tkazildi

⚡️В Бухаре прошел Узбекско-Иранский бизнес форум в рамках визита делегации во главе с губернатором Хорасанского района Разави Исламской Республики Иран Гуломхусейном Музаффари

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar
#Isroil_Buxoro

⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Isroilning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustigni qabul qildi

⚡️Хоким Бухарской области Ботир Зарипов принял Чрезвычайного и Полномочного Посла Израиля в Узбекистане Гидеона Люстига


Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar

⚡️Kanadalik o'quvchilar Buxoroda


“Kanadadagi O‘zbekistonliklar Assotsiatsiyasi” boshchiligidagi Kanadaning Monreal maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilaridan iborat delegatsiya kuni kecha Buxoroga yetib kelishdi.

Mehmonlar “Buxoro” temir yo‘l vokzalida tegishli mutasaddilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.

Ushbu tashrifdan maqsad – ikki mamlakat o‘rtasida madaniy-ma’rifiy almashinuvni rivojlantirish va xalqimizning qadimiy tarixiy boy madaniyatini o‘rganishdan iborat.

Tashrif doirasida mehmonlarga Buxoroning tarixiy obyektlarini o‘rganish bilan bir qatorda viloyatimiz maktablari faoliyati bilan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#Yaponiya

⚡️Yaponiyaning “NAVA Inc” media kompaniyasi vakillari Buxoroda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ko‘magida joriy yilning 15-17-mart sanalarida Yaponiyaning “NAVA Inc” mediakompaniyasi vakillarining Buxoro viloyatiga tashrifi tashkil etildi.

Mazkur tashrifdan maqsad – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida Navro‘z umumxalq bayrami va uning doirasida tashkil qilinadigan mahalliy an’anaviy tadbirlar haqida “Moviy gumbazlar yurti – O‘zbekiston” nomli hujjatli film suratga olish.

Shu munosabat bilan, viloyatimizga tashrif buyurgan ijodkorlar Buxoroning tarixiy me’morchiligi, madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik turlari, mahalliy bozorlar va jamiyatimizda keng tarqalgan urf-odatlar, shuningdek, turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va imkoniyatlar bilan tanishib, tasvirga olish ishlarini amalga oshirdilar.

Ushbu tashrif Sharqiy Osiyodan, xususan, Yaponiyadan keladigan sayyohlar oqimini yanada oshirish va O‘zbekistonning turizm brendini jahon bozorida mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#yarmarka

Buxoro turizmi Belarusda keng targ’ib qilinmoqda

🇧🇾Belarus poytaxti Minsk shahrida 27-29 mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Отдых-2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasida Buxoro viloyati munosib ishtirok etmoqda.

Ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli burchaklaridan kelgan turoperatorlar, mehmonxonalar, sanatoriyalar va turistik agentliklar o‘z imkoniyatlarini ko’rsatmoqda.

🕌Buxoro viloyati ham ushbu global sayyohlik maydonida o‘zining noyob tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va mehmondo‘stligi bilan alohida e’tiborni tortmoqda.

🤝Ko‘rgazmada Buxoroning qadimiy tarixiy yodgorliklari, gastronomiyasi va zamonaviy turizm infratuzilmasi haqidagi taqdimotlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Shuningdek, xorijiy turoperatorlar bilan Buxoroga sayyohlik oqimini oshirish, yangi loyihalar va xizmatlarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar

🇺🇿🇹🇷Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Buxoroda bo'ldi (video)
___

#международные_отношения

🇺🇿🇹🇷Члены делегации во главе с Председателем Великого Национального Собрания Турции Нуманом Куртулмушем посетили Бухару (видео)

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar

🇺🇿🇹🇷Buxoro - Trabzon rasman qardosh shaharlar munosabatlarini oʻrnatdi
___
#международные_отношения

🇺🇿🇹🇷Бухара и Трабзон официально установили побратимские отношения

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar

⚡️Qadimiy Buxoro BBC telekanali e’tiborida

Turizm qo‘mitasi ko‘magida joriy yilning 12-14-aprel kunlari Buyuk Britaniyaning “Dars Consulting” telekompaniyasi ijodiy guruhining Buxoro viloyatiga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad- Buxoroning turizm salohiyatini xalqaro maydonlarda keng targ‘ib qilish doirasida roliklarni tasvirga olish hamda keyinchalik BBC telekanalida namoyish etishdan iborat.

Shu munosabat bilan, “Dars Consulting” kompaniyasi ijodkorlari viloyatimizga tashrifi davomida shaharning sayyohlik salohiyati to‘g‘risidagi videorolik tayyorlash maqsadida “Ark” qo‘rg‘oni, “Labi Hovuz” ansambli, “Poyi Kalon” majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chashmai Ayub hamda “Sitorai Mohi-Xosa” kabi qator madaniy meros obyektlarida shuningdek, hunarmandchilik markazlarida bo‘lishdi.

Mazkur xorijiy delegatsiyaning Buxoro viloyatiga tashrifi yakunlangach, ijodkorlar Xiva shahriga yo‘l olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#Euronews

⚡️Euronews telekanali  ijodkorlari Buxoroda

Joriy yilning 13-14-aprel kunlari dunyoga mashhur Euronews telekanali ijodiy guruh vakillarining Buxoro viloyatiga tashrifi tashkil etildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Buxoroning turizm salohiyatini xalqaro maydonlarda keng targ‘ib qilish doirasida Buxoro bo‘ylab “Ipak yo‘li sarguzashtlari” haqida turkum ko‘rsatuv tayyorlashdan iborat.

Butun  dunyo bo‘ylab keng qamrovli auditoriyaga ega bo‘lgan Euronews telekanali ijodkorlari qadimiy Buxoroning turizm salohiyati, tarixi, madaniyati va gastronomiyasini xorijiy tomoshabinlar orasida targ‘ib etish maqsadida, ko‘hna kentning tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik , milliy taomlarimiz va an’analarimiz bilan tanishishdi.

Shu bilan birga, Buxoro viloyatida turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar hamda sayyohlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Omsk

📺Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyatining gubernatori Vitaliy Xotsenko boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Buxoroda bo'lib turibdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#B2B_uchrashuv

⚡️Buxoro viloyati va Boshqirdiston o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Joriy yilning 29-aprel kuni Boshqirdiston Respublikasi tadbirkorlik va turizm vaziri Zuxra Maulibaevna Gordienko va Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig'i Suhrobjon Bobokalonov boshchiligida  Buxoro va Ufa shaharlarining nufuzli turoperatorlari o‘rtasida B2B uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur tadbir “Innoprom. Markaziy Osiyo” beshinchi xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Boshqirdiston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi  munosabati bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Buxoro viloyatining turizm salohiyati bilan tanishtirildi. Taqdimotlar Ufa turoperatorlariga katta qiziqish uyg‘otdi va bu esa ikki tomonlama sayyohlar oqimi almashinuvini rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishishga asos bo‘ldi.

Uchrashuvning eng ahamiyatli jihati shundaki, Boshqirdiston Respublikasi tadbirkorlik va turizm vazirligi hamda Buxoro viloyat turizm boshqarmasi o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Mazkur hujjat orqali esa turizm sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Muzokara yakunida, tomonlar turistik kompaniya va tashkilotlar vakillari uchun o‘zaro info-tur tashkil qilishga kelishib olidi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar

⚡️ Qadimiy Buxoro BBC telekanali nigohida!

Jahonning yetakchi axborot platformalaridan biri bo‘lgan BBC News tomonidan tayyorlanayotgan yangi hujjatli video loyihada ko‘hna va boqiy  Buxoroning tarixiy merosi, milliy hunarmandchiligi, madaniyati hamda turizm salohiyati tez orada butun dunyoga namoyish etiladi.

Ushbu loyiha Buyuk Britaniyaning “Dars Consulting” kompaniyasiga qarashli ijodiy guruh tashabbusi bilan “O‘zbekiston shaharlarida quyosh chiqishi” deb nomlangan maxsus turkum videoroliklarni tayyorlash rejalashtirilgan.

Ayni damda ijodiy guruh Buxoro viloyatida suratga olish ishlarini olib bormoqda.

Loyiha orqali Buxoroning boy tarixiy obidalari, me’moriy yodgorliklari, urf-odatlari va bugungi zamonaviy taraqqiyotini global auditoriyaga yetkazishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#Turkiya

Joriy yilning 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Turkiya Respublikasining 11-prezidenti Abdulloh Gyul boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida “O‘zbekiston-Turkiya: keng ko‘lamli strategik sherilik istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida mehmonlar Buxoroning diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Viloyat hokimi Botir Zaripov va uning o'rinbosari Botirjon Shaxriyorov martabali mehmon bilan uchrashdi.

Abdulloh Gyul
– taniqli davlat arbobi, Turkiyaning 11-prezidenti. Turli yillarda tashqi ishlar vaziri, bosh vazir lavozimlarida mehnat qilgan. Ish faoliyati davomida Turkiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini oshirishga katta hissa qo'shgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar

⚡️Turkiyaning “IFilms Media Group” kompaniyasi ijodkorlari Buxoroda

Turizm qo‘mitasi ko‘magida joriy yilning 26-may kuni Turkiyaning “IFilms Media Group” kompaniyasi vakillarining Buxoro viloyatiga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad- Buxoroning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish doirasida ko‘hna kentning diqqatga sazovor joylari, madaniyati, milliy hunarmandchiligi va gastronomiyasi to‘g‘risida videoreportajlarni tasvirga olish va keyinchalik “Al Jazeera” telekanalida namoyish etish.

Tashrif davomida ijodiy guruh vakillari shaharning sayyohlik salohiyati to‘g‘risida videoreportaj tayyorlash maqsadida “Ark” qo‘rg‘oni, “Labi Hovuz” ansambli, “Poyi Kalon” majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi hamda Chashmai Ayub kabi qator madaniy meros obyektlarida shuningdek, hunarmandchilik markazlarida bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun: iFG Media Group — Istanbuldagi kreativ ijodkorlar jamoasidan tashkil topgan mintaqaviy media kompaniya. Liviya, Misr, Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyadagi ofislari orqali iFilms Media Group keng qamrovli media portfoliosi hamda raqamli kommunikatsiya xizmatlarini taqdim etadi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar
#Tojikiston_Uzbekistan

🇺🇿🇹🇯Tojikistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi
___

🇺🇿🇹🇯Чрезвычайный и Полномочный Посол Республики Таджикистана в Республике Узбекистан Абдуджаббор Азиз Рахмонзода посетил Бухарскую область


Telegram | Facebook | Instagram