Bukhara Tourism_Official
1.59K subscribers
17.4K photos
2.83K videos
1 file
6.78K links
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.iss.one/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
Download Telegram
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_biyennalesi

⚡️Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesini yuqori saviyada oʻtkazish masalalari muhokama qilindi

Maʼlumki, joriy yilning sentyabr-noyabr oylarida Buxoro tarixiy markazi hududida Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, xalqaro arxitektura va sanʼatning ilgʻor yutuqlari asosida oʻtkazilishi taklif etilayotgan mazkur anjuman Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida ilk marotaba Buxoroda tashkil qilinadi hamda mintaqada Buxoroni noyob kreativ klaster xabiga aylantirishga xizmat qiladi.

Bugun 17-feval kuni viloyat hokimligida viloyat hokimi Botir Zaripovning BAA va Yaponiyadagi “Waiwai design” arxitektura kompaniyalari asoschisi, Buxoroda oʻtkazilishi rejalashtirilgan biyennale kuratori Vayel al Avar,mazkur kompaniyaning yetakchi arxitektorlari, kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mutasaddilari bilan oʻtkazgan uchrashuvida anjumanni   yuqori saviyada oʻtkazish masalalari keng muhokama qilindi.

Bajarilayotgan amaliy ishlar natijasi oʻlaroq, obodonlashtirish masalalarini tizimli tashkil etish, aholi va sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi imkoniyatlarni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Maʼlumot uchun: Biyennale italyancha soʻz boʻlib, “biennale”– ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan madaniy, sanʼat yoki ilmiy tadbirdir. U odatda koʻrgazma, festival yoki konferensiya shaklida tashkil qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram