Bukhara Tourism_Official
1.55K subscribers
19.6K photos
3.09K videos
1 file
7.38K links
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.iss.one/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TXTY2023 #ТМТЯ2023 #TITF2023

📣“Ipak yo‘lida turizm” – TXTY 2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov e’lon qilinadi
Batafsil

📣Объявляется конкурс по организации и проведению на аутсорсинговой основе Ташкентской международной туристической ярмарки «Туризм на Шелковом пути» - ТМТЯ 2023
Подробнее

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
Forwarded from Uzbektourism.uz
#txty2023 #titf2023 #тмтя2023

Bugun “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Ipak yo‘lida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi rasman ochiladi


The 28th Tashkent International Tourism Fair “Tourism on the Silk Road” will open today at the Uzexpomarkaz National Exhibition Complex


Сегодня в Национальном выставочном комплексе «Узэкспомарказ» откроется 28-я Ташкентская международная туристическая ярмарка «Туризм на Шелковом пути»

💬 Telegram sahifamizga a’zo bo’ling

🌐Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
👍2
#TITF2023
#Buxoro_viloyati

Ayni damda UZEXPO markazda bo’lib o’tayotgan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Buxoro o’z milliy paviloni bilan ishtirok etmoqda.

Aytish joiz, birinchi kundanoq, ham xalqaro ham mahalliy sayyohlar tomonidan Buxoro paviloniga katta qiziqish bildirilayotgan bo’lib, viloyatdan yarmarkaga 100 ga yaqin turizm soha vakillari, jumladan, turoperator, mehmonxona xo’jaligi vakillari bilan birga gastronomik yo’nalishda restoranlar, ekoturizm maskanlari va turizm klasterlari ishtirok etmoqda.

E’tiborlisi, bir necha soat mobaynida, tadbirkorlarimiz tomonidan 14 million AQSH dollari qiymatida shartnomalar imzolandi.

Qolaversa, Yaponiya va Hindiston davlatlarining turizm soha vakillari bilan uchrashuv va kelishuvlar, unda, Buxoro viloyatining turizm salohiyati, chekka hududlarda tashkil etilayotgan “turizm qishloq va mahallalari”, viloyatda soʻngi yillarda yangidan tashkil etilgan turistik marshrutlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib borildi.

Shuningdek, Turkmaniston bilan ziyorat turizmi yo’nalishida Buxorodagi Yetti Pir ziyoratgohlari bo’ylab kombinatsion turlar tashkil qilinishiga erishildi.

Telegram | Facebook | Instagram
👏2👍1
#TITF2023
#birinchi_kun
#videojarayon

Buxoro viloyati paviloni Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida
-

Павильон Бухарской области на Ташкентской международной туристической ярмарке
-

Pavilion of the Bukhara region at the Tashkent International Tourism Fair


Telegram | Facebook | Instagram
👍21
#TITF2023
#Buxoro_viloyati

Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (keyinchalik – TXTY-2023)ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi, “Team & Co Group” kompaniyasi yarmarka tashkilotchilaridir.

Ma’lumot uchun:
TXTY 1995-yildan buyon BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Har yili ko‘rgazma butun dunyodan sayyohlik sohasining yuzlab mutaxassislarini o‘zida jamlaydi va ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.

TXTY-2023 mintaqadagi turizm sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirgan va turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirgan O‘zbekiston hamda butun Markaziy Osiyoda turizm sohasidagi eng yorqin xalqaro tadbirga aylandi.

Bugun Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining ikkinchi kunida ham Buxoro viloyati tadbirkorlari tomonidan qator shartnomalar imzolanmoqda.

Xususan, Turkiya turistik korxonalari va G’ijduvondagi “Nomad Island” turizm kompleksi o’rtasida Turkiyadan 2000 ming sayyohni jalb qilishga oid kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi subyektlari bilan Buxoro viloyati bilan turizm sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga doir muzokaralar olib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram
🔥2👍1
#TITF2023
#Buxoro_viloyati
#3_kun

Buxoro viloyat turizm boshqarmasi va Sochi turizm boshqarmasi o’rtasida Memorandum imzolandi


Memorandumga ko’ra, Sochida Buxoro madaniyat kunlarini o’tkazish;

Buxoro va Sochi turizm soha vakillari o’rtasida malaka almashinuvlarini amalga oshirish;

Hududlarning turistik potensialini o’rganish va tadbiq qilish;

Buxoro-Sochi, Sochi-Buxoro turistik korxonalari bilan o’zaro offlayn, onlayn uchrashuvlar o’tkazish kabi qator punktlar o’rin olgan.

Shuningdek, TXTY-2023 ning 3-kunida turizm korxonalari Rossiya Federatsiyasi soha vakillari va Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan nomdor turistik korxonalar o’rtasida shartnomalar imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram
👍2🔥1
#TITF2023
#Buxoro_viloyati

⚡️Eng gavjum stend” nominatsiyasida Buxoro g’olib bo’ldi

Joriy yil 15-17-noyabr kunlari “Ipak yoʻlida turizm” XXVIII Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Buxoro viloyatidan 120 dan ziyod ishtirokchilar, jumladan, 30 nafar turoperatorlar, 40 nafar mehmonxona biznesi vakillari, 15 nafar restoran rahbarlari, 10 nafar turistik transport xizmati sohasi xodimlari, 15 nafar hunarmandlar va 15 nafar madaniyat sohasi ijodkorlari munosib qatnashishdi.

3 kunlik yarmarka doirasida turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan dunyoning 30 ga yaqin mamlakatlaridan tashrif buyurgan turizm tarmogʻi vakillari bilan uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazildi.

Xorijlik hamkorlar bilan tashkil etilgan muzokaralar natijasida 2024-yilda Buxoroga qariyb 650 mingdan koʻproq xorijiy sayyohlarni jalb qilish va yuqori darajadagi xizmatlarni tashkil etish boʻyicha 3 mingga yaqin kelishuvlar, shartnomalar va memorandumlar imzolandi.

Mazkur kelishuvlarning asosiy qismi Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, Koreya, Rossiya, MDH va Yevropa mamlakatlari ulushiga toʻgʻri keladi.

Xususan bu borada,
Indoneziyadan – 50 ming nafar,
Malayziyadan – 30 ming nafar,
Yaponiyadan – 20 ming nafar,
Koreyadan – 15 ming nafar,
Rossiyadan – 150 ming nafar,
MDHdan – 150 ming nafar,
Yevropadan – 200 ming nafar
Boshqa – 40 ming nafar sayyohlar tashrifini amalga oshirish moʻljallanmoqda.

Poytaxtda oʻtgan ushbu nufuzli tadbirda Buxoro viloyati tomonidan tayyorlangan milliy stend (pavilon) oʻzining jozibadorligi, milliy qadriyatlar va madaniy meros obyektlari siymosi aks ettirilganligi bilan 3 kun davomida xorijliklar, mehmonlar va mahalliy ishtirokchilarni oʻziga qizgʻin jalb qilishi bilan koʻpchilikning olqishlariga sazovor boʻldi.

Toshkent Xalqaro turizm yarmarkasining tashkiliy qoʻmitasi va Respublika komissiyasi tomonidan Buxoro viloyatining stendi (paviloni) “Eng gavjum stend” nominatsiyasi gʻolibi sifatida eʼtirof etildi.

Telegram | Facebook | Instagram
😍2👍1