Bukhara Tourism_Official
1.58K subscribers
17.2K photos
2.81K videos
1 file
6.74K links
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.iss.one/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
Download Telegram
#Bilasizmi
#Buxoro_urf_odatlar
#Bu_qiziq
"Choynakpo'sh"- choynak ustiga yopiladigan, issiqlikni saqlaydigan paxta va matodan tikilgan narsa.
Buxoroda "choynakpo'sh" yoki "choynakpo'shon" deb ataladi.Va u oddiy ro'zg'or buyumlaridan biriga aylangan. Uni tikishda Buxoroda har xil mato va bezaklardan foydalaniladi.Eng urf bo'lgani esa zardo'zi "choynakpo'sh" dir.

Ma'lumot o'rnida: Yozma manbalarga va arxeologlarning topilmalariga koʻra zardoʻzlik shahar hunarmandchilikning yetakchi shakllardan biridir. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro zardoʻzlik markazi boʻlgan va ushbu hunar bilan asosan erkaklar shugʻullanishgan (oiladagi ayollar ularga yordam berishgan). Keyinchalik ayollar sanʼatiga aylangan.

Zardoʻzlik sanʼatida zar ip (tilla va kumush suvi yuritilgan), nozik sim, ipak bilan kashta tikib, baxmal, shoyi, movut, charm va boshqa matolarga bezak-naqshlar zardoʻzi usulida (bigiz yoki igna orqali) buyumlar yaratilgan.

🇺🇿Telegram kanalimizga qo'shiling: @bukhtourism