Bukhara Tourism_Official
1.59K subscribers
17.4K photos
2.83K videos
1 file
6.78K links
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.iss.one/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
Download Telegram
#txty2024 #titf2024 #тмтя2024
#Buxoro

🤝”Ipak yo‘lida turizm” 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida qator kelishuvlarga erishildi

Barchamizga ma’lumki, TITF - 2024 O‘zbekiston va hamkor davlatlarda yangi sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish hamda ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish borasida samarador platforma sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdrk, yarmarka doirasida mahalliy hamda xorijiy hamkorlar bilan yangidan yangi g‘oya va loyihalar qizg‘in muhokama qilinib, qator kelishuvlarga erishilmoqda.

Xususan, Indoneziyaning 43 yillik tajribaga ega “Floressa Bali Tours”turistik kompaniyasi bilan Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari B.Shaxriyorovning B2B uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvda qadim va navqiron Buxoroning turizm salohiyati, Sharif shaharning dunyo hamjamiyatida, ayniqsa, musulmon davlatlari o’rtasida tutgan o’rni to’g’risida ma’lumot berildi.

Qolaversa, muzokara jarayonida “madaniy turizm”, “ziyorat turizmi”, “Umra+”, “etnoturizm”, “gastroturizm”, “ishbilarmonlik turizmi” (MICE) kabi yangi turpaketlarni yoʻlga qoʻyish, targʻib qilish va Indoneziyadan O’zbekistonga keladigan sayyohlar oqimini oshirish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.

“Men 43 yillik faoliyatim davomida hali biron marta O’zbekistonga sayyoh olib kelmaganman. Bugungi uchrashuv men uchun juda ahamiyatli bo’ldi. Kelgusida yurtingizga, ayniqsa, Buxoroyi Sharifga Indoneziyadan ko’plab sayyohlarni jalb qilib, bu yo’ldagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlaymiz deb umid qilaman, - deya mamnuniyat ila ta’kidladi “Floressa Bali Tours” rahbari Paul Edmundus.

Telegram | Facebook | Instagram
#txty2024 #titf2024 #тмтя2024
#Buxoro

“TITF - 2024”DA BUXORO SAYYOHLIK KOMPANIYALARI QAYSI POG'ONADA TURIBDI?

“Ipak yo‘lida turizm” 29 - Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Buxoro pavilonida 100dan ortiq tadbirkorlik subyektlari hamda ishtirokchilar qatnashmoqda.

Ular orasidagi o‘zining sifatli xizmatlari bilan nom qozongan turistik kompaniyalar mahalliy va xorijiy turizm sohasi kompaniyalari bilan ikki kun davomida 5 ta memorandum hamda 1 500ga yaqin doimiy hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, yuqorida aytib o‘tilgan hamkorlik shartnomalarining umumiy ko‘rsatkichlari bilan Buxoro viloyati Respublikada birinchi o‘rinda turgani quvonarli holat, albatta.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_ziyorat_turizmi_haftaligi
#ichki_turizm_yarmarkasi
#Buxoro_hunarmandlari_kuni

Bugun, soat 10:00da “Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi” doirasida “Ichki turizm yarmarkasi” hamda “Buxoro hunarmandlari kuni” festivali bo’lib o’tadi.

Barchani mazkur tadbirga chorlab qolamiz!

📍Manzil: “Nodir Devonbegi” madrasasi

_________

Сегодня в 10:00 в рамках «Международной недели паломнического туризма» пройдут «Ярмарка внутреннего туризма» и фестиваль «День бухарских ремесленников».

Приглашаем всех на это мероприятие!

📍Адрес: медресе «Надир Девонбеги»

Telegram | Facebook | Instagram
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

⚡️Bugun, 4-dekabr kuni Buxoro shahridagi Turizm va madaniy meros texnikumida Buxoro viloyati turizm boshqarmasi mas’ullari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi

Unda Buxoro viloyati turizm boshqarmasi mutasaddi vakillari, mahalla faollari, turizm sohasidagi tadbirkorlar hamda sohaga qiziquvchi fuqarolar ishtirok etishdi.

Dastlab, Buxoro shahrining turizm salohiyati, uning o‘ziga xos sayyohlarni jalb qiluvchi tomonlari hamda hududda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng, Buxoro shahar mahalla faollari va tadbirkorlar tomonidan bir qator savollar va takliflar bo‘yicha murojaat qilindi:

🔹"Al-Hilol" mehmonxonasi rahbari A.Nurovga turistik yig'im to'lovi bo'yicha ma'lumot berildi;

🔹Shuningdek, fuqaro B.Qodirovga nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun respublikamizda qanday imkoniyatlar mavjudligi va ularning tartibi tushuntirildi;

🔹Fuqaro U.Raximqulovga, mehmonxonalarga yulduz toifasini olish uchun qaysi tashkilotga murojaat qilinishi hamda qaysi hujjatlar kerakligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

🔹Fuqaro G.Raximovaga mehmonxona ochish, keyinchalik uni qanday qilib mehmonlar bilan to'ldirish bo’yicha takliflar berildi;

Boshqarma vakillarii tomonidan fikr va takliflar qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tartibda va vakolat doirasida yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Buxoro_bugun

❄️Buxoroi Sharifda birinchi qor

❄️Первый снег в Бухаре

❄️First snow in Bukhara

Telegram | Facebook | Instagram
🇮🇩🇺🇿 #xalqaro_aloqalar
#Indoneziya #Buxoro

⚡️BUXORO VILOYATIGA INDONEZIYADAN SAYYOHLAR OQIMI  KO‘PAYMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli va 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-sonli Farmonida belgilangan vazifalar doirasida,  2024-yilning 5-9-dekabr kunlari Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Botirjon Shaxriyorov boshchiligidagi delegatsiya vakillari  Indoneziyaning Jakarta shahriga tashrifi jarayonida ikki davlat o'rtasida turizm sohasiga oid qator kelishuvlarga erishildi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, joriy yilning 14-16-dekabr kunlari Indoneziyadan bir guruh sayyohlardan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida xorijiy mehmonlar ko'hna va qadimiy Buxoroning diqqatga sazovor joylari bo‘lmish, Labi Hovuz ansambli, savdo toqlari, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo'rgoni, Sitorai Mohi-Xosa saroyidan tashqari Bahovuddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lib, juda katta taassurot olishdi.

Shuni qayd etish joizki, joriy yilning 2024-yilning yakuni va 2025-yil davomida Indoneziyadan tashrif buyuradigan sayyohlar karrasiga ko‘payishi kutilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Buxoro_Xo‘jayli

Xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan xotin-qizlar yetakchilari, nuroniylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari xodimlari, mahalla faollari, hokim yordamchilari va boshqa faollardan iborat aholi vakillari shu kunlarda Buxoroda bo‘lib turishibdi.

Bugun erta tongdan xo‘jayliliklar o'z sayohatlarini "Bahouddin Naqshband" majmuasini ziyorat qilishdan boshlashdi. Shu joyda Qur'on tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi uchun duoga qo'l ochildi.

Mehmonlarga Bahouddin Naqshbandning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil so‘zlab berildi. Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan ziyoratgohga aylandi.

Mehmonlarga ushbu manzilda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklar, xususan, "Toqi Miyona" darvozasining qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.

Sayohat davom etmoqda. Uning tafsilotlari haqida sahifalarimiz orqali axborot berib boramiz.

Telegram | Facebook | Instagram
#Buxoro_Xo‘jayli

Xo‘jaylilik faollar shuningdek, kun davomida ko'hna kent - Buxoroning tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishishdi. Xususan, qadimiy Labi Hovuz ansamblidan boshlangan sayohat davomida mehmonlar qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi qolaversa, Buxoroning ertaknamo eski shahar qismini hayrat va havas bilan tomosha qilishdi.

Hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at ustaxonalaridagi qizg‘in ish jarayoniga guvoh bo‘lishdi.

Mehmonlarga tarixiy qadamjolar, yodgorliklarning tarixi, ushbu manzillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklarning qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.

Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning hunarmandligi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hududlar_hamkorligi
#Buxoro_Xujayli

Xotin-qizlar yetakchilari, nuroniylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari xodimlari, mahalla faollari, hokim yordamchilaridan iborat Xo'jayli delegatsiyasi Buxoroda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdi, tarixiy qadamjo va ziyoratgohlarda bo'lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#turizm
#Buxoro

QADIM BUXORO - sayyohlar bilan hamisha gavjum!

O‘zining betakror obidalari bilan dunyoga tanilgan Buxoroda keyingi yillarda turizmni rivojlantirish, sayyohlik obyektlarini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyatda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 1 mln 588 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurib, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali turizm salohiyati yanada oshdi. Shu bilan birga, respublika hududlaridan 3 mln 800 ming nafarga yaqin mahalliy aholi sayyoh sifatida tashrif buyurgan.

Bu esa, o‘z navbatida Muhtaram Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan turizm sohasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor, shuningdek, rasmiy bayramlar arafasida berilayotgan ketma-ket dam olish kunlari natijasidir.

Ma’lumot uchun: “Yangi yil” bayramida dam olish kunlari (28-dekabrdan 2-yanvargacha) viloyatga 100 mingga yaqin sayyohlar tashrifi kutilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#buxoro_bugun
#bayram
#fotolavha

🎈🌈 Joriy yilning 2-yanvar sanasida “Shahriston” maydonida bo’lib o’tgan ”Havo sharlari” festivalidan yorqin lahzalarni sizlarga namoyish etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dilba_yoru_dastba_kor
#Buxoro

“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling!” turkumidan

Buxoroga xush kelibsiz!
___

Из рубрики: "Путешествуйту по Узбекистану"


Добро пожаловать в Бухару!

Telegram | Facebook | Instagram
#Buxoro
#Zargarlik_buyumlari

Buxoroi sharif  azal-azaldan Osiyoning zargarlik poytaxti bo‘lib, zargar usta hunarmandlari bilan  mashhur bo‘lgan.

Oltin va kumushdan yasalgan turli xil qadimiy Buxoro zargarlik buyumlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi
___

С незапамятных времен Бухара была ювелирной столицей Азии, знаменитой своими мастерами-ювелирами.

Различные древние бухарские украшения из золота и серебра отличается своей уникальностью

Telegram | Facebook | Instagram
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

⚡️NAVBATDAGI SAYYOR QABUL BUXORO SHAHRIDA TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 23-yanvar sanasida Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrobjon Bobokalonov Buxoro shahrida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

📍Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Jumladan,

🔹“Parviz” mehmonxonasi rahbari Allayev Firdavs viloyatga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun tarixiy markaz bo‘ylab sayohatdan tashqari ko‘ngilochar maskanlarni tashkil qilish taklifini bildirdi;

🔹Turizm va madaniy meros texnikumi talabasi Orifjonov Murodjon tomonidan texnikum talaba o‘quvchilarini o‘qishdan tashqari yozgi ta’tilda “work and travel” dasturi doirasida xorijiy davlatlarga chiqish masalasi yuzasidan savollar berildi;

🔹Turizm va madaniy meros texnikumi talabasi Jo‘rayev Feruz eski shaharda joylashgan uyini muzeyga aylantirish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni so‘radi;

🔹“Everland” mehmonxonasi rahbari Botir Shakirov mehmonxonaga qo‘shimcha ravishda turoperatorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi va kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risida murojaat qildi.

Rahbariyat tomonidan fikr va takliflar qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tartibda va vakolat doirasida amaliy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro #Turkiya

⚡️BUXORO VA TURKIYA O‘RTASIDA TURIZM SOHASIDA HAMKORLIK KENGAYMOQDA

🇹🇷🇸🇱Joriy yilning 27-yanvar sanasida  turkiyalik tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatuvchi konsultant, Jahon banki vakili Mustafa Uz hamda  Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrobjon Bobokalonov o‘rtasida muhim uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida  viloyatning turizm salohiyati hamda hududda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan strategik tashabbuslar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar xususida batafsil ma'lumot berildi.

Xususan, turkiyalik Mustafa Uz G‘ijduvon tumanidagi “Qo‘rg‘on” turizm mahallasida amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, Peshku tumanidagi “Afshona” turizm shaharchasi loyihasini realizatsiya qilish  yuzasidan  o‘z takliflarini bildirdi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida turizm sohasida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va biznesni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan moliyalashtirish masalalarida kerakli maslahatlarni berib, hamkorlikda ishlar tashkil qilishga tayyorligini ma’lum  qildi.

Muloqot yakunida, Turkiyaning Kapaddokiya shahri tajribasidan kelib chiqib,  sayyohlar havo sharlariga uchish orqali Buxoro  manzarasini  qush parvozi balandligidan tomosha qilishni tashkil etish yuzasidan onlayn uchrashuvlar tashkil qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv samimiy, ochiq va do'stona ruhda bo'lib o'tdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#ekoturizm
#Buxoro

⚡️BUXORO TUMANIDA YANGI TURIZM OBYEKTI O‘Z FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YMOQDA

Viloyatimizning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ekologik turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish orqali aholini ish bilan ta’minlash, ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 28-yanvar sanasida Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrobjon Bobokalonov va tegishli mas’ullar bilan birgalikda  "ASILA GOLD NUR" MCHJ tomonidan barpo etilgan ekoturizm loyihalari joyiga chiqib o'rganildi.

Ekoturizm tashkil etilgan hudud Buxoro tumani Amu Buxoro kanali yoqasida joylashgan.

Mazkur ekoturizm obyekti 20 gektar maydonni tashkil etib, uning hududida dam olish,  suzish, tabiatdan bahramand boʻlish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Jumladan, otda sayr qilish, baliq tutish va milliy taomlarni o‘choq va tandirda tayyorlash kabi mashg‘ulotlar tashrif buyuruvchi mehmonlarlarga bir umr esda qoladigan taassurotlarni bag‘ishlaydi.

Maskanning eng ahamiyatli tomoni shundaki, 50 dan ortiq sayyohlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lgan xonadonlar, restoran, sanitariya-gigiyena va plyaj infratuzilmalari yaratilgan.

Obyektning rasmiy ochilish marosimi yaqin kunlarda rejalashtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_hunarmandlari

⚡️Faces of tourism – Husenov Adiz

🎨Miniatyura - bu ajoyib ijod va tasviriy san'at. Uni yaratish rassomdan katta mahorat va professionallikni talab qiladi. Chizma qanchalik nozik va yorqinroq bo'lsa, miniatyura shunchalik yuqori baholanadi va muallifning yuqori professionalligi ko'rsatkichi hisoblanadi.

🌐 2020-yil 16-dekabrda miniatyura sanʼati YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritildi.
___

⚡️Faces of tourism – Хусенов Адиз

🎨Искусство миниатюры – замечательное явление в изобразительном искусстве. Для его создания требуется большое мастерство и профессионализм художника. Чем тоньше и ярче выполнен рисунок, тем выше оценивается миниатюра и считается показателем высокого профессионализма автора.

🌐16 декабря 2020 года искусство миниатюры включено в Репрезентативный список нематериального культурного наследия ЮНЕСКО.

Telegram | Facebook | Instagram
#Buxoro_tarixi

🕌Buxoro nomi ham ilk bor IV—V asrlardagi sug'd tangalarida ishlatilgan. VII asrda xitoylik olim va tarjimon Syuantszang shahar haqida yozgan. "Buxoro" nomi qadimgi uyg'ur tilidan olingan bo'lib, "ibodatxona" degan ma'noni anglatadi. Biroq turli manbalarda shahar turli nomlar bilan atalgan, jumladan, Nyumi, Bukho, Buxe, Buxala, Bumiskat, Fuxo va Anxi.
___

#История_Бухары

🕌Впервые Бухара упоминается в IV-V столетиях на одноименных монетах города. В VII веке о Бухаре писал китайский ученый и переводчик Сюаньцзан. С дневнеуйгурского «бухара» переводится как «молельня, храм». При этом во многих источниках город называется по-разному: Нюми, Бухо, Бухэ, Бухала, Бумискат, Фухо и Аньси.
___

#History_of_Bukhara

🕌The city of Bukhara was first mentioned between the 4th and 5th centuries on coins bearing its name. In the 7th century, the Chinese scholar and translator Xuanzang wrote about the city. The name "Bukhara" is derived from the Old Uighur language, meaning "prayer house" or "temple." However, various sources have referred to the city by different names, including Nyumi, Bukho, Buhe, Bukhala, Bumiskat, Fuho, and Anxi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_biyennalesi

⚡️Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesini yuqori saviyada oʻtkazish masalalari muhokama qilindi

Maʼlumki, joriy yilning sentyabr-noyabr oylarida Buxoro tarixiy markazi hududida Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, xalqaro arxitektura va sanʼatning ilgʻor yutuqlari asosida oʻtkazilishi taklif etilayotgan mazkur anjuman Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida ilk marotaba Buxoroda tashkil qilinadi hamda mintaqada Buxoroni noyob kreativ klaster xabiga aylantirishga xizmat qiladi.

Bugun 17-feval kuni viloyat hokimligida viloyat hokimi Botir Zaripovning BAA va Yaponiyadagi “Waiwai design” arxitektura kompaniyalari asoschisi, Buxoroda oʻtkazilishi rejalashtirilgan biyennale kuratori Vayel al Avar,mazkur kompaniyaning yetakchi arxitektorlari, kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mutasaddilari bilan oʻtkazgan uchrashuvida anjumanni   yuqori saviyada oʻtkazish masalalari keng muhokama qilindi.

Bajarilayotgan amaliy ishlar natijasi oʻlaroq, obodonlashtirish masalalarini tizimli tashkil etish, aholi va sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi imkoniyatlarni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Maʼlumot uchun: Biyennale italyancha soʻz boʻlib, “biennale”– ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan madaniy, sanʼat yoki ilmiy tadbirdir. U odatda koʻrgazma, festival yoki konferensiya shaklida tashkil qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram