Bukhara Tourism_Official
1.58K subscribers
17.2K photos
2.8K videos
1 file
6.73K links
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.iss.one/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
Download Telegram
#Bu_Qiziq

Бухородаги Шухов минораси
.

Қадим шаҳарнинг ҳукмдорлар қароргоҳи-Арк қалъасининг рўпарасида 1927-29 йилларда архитектор Владимир Григорьевич Шухов лойиҳаси асосида барпо этилган минора мавжуд. Мазкур иншоотнинг металл конструкцияси Москва заводларида тайёрланган. Тузилиши жиҳатидан тўрсимон кўринишга эга, марказий қисмида устун мавжуд бўлиб, унинг атрофига зинапоялар уланган. Бу иншоот шаҳарни тоза ичимлик суви билан таъминлаш мақсадида барпо этилган.

2019 буён миноранинг юқори қисми маҳаллий ва хорижий сайёҳлар учун томоша майдончасига айлантирилган
.

@bukhara_muzey
#bu_qiziq
Бухоро шаҳридаги Мир Араб мадрасаси 1530-1536-йилларда Убайдуллохон ва Абдуллоҳ ал-Яманий томонларидан барпо этилган.

#это_интересно
Медресе Мир Араб в Бухаре было построено в 1530-1536 годах Убайдуллохоном и Абдуллой аль-Ямани.

#this_is_interesting

The Mir Arab madrasah was built in 1530-1536 by Ubaydullokhon and Abdullah al-Yamani in Bukhara.
#Bu_qiziq_history

🕌Бухоро шаҳридаги Мулло Турсунжон мадрасаси XVI асрда мударрис Турсунжон томонидан барпо қилинган.

🕌Медресе Мулло Турсунджон в Бухаре было построено в 16 веке "мударрис"ом(учитель в медресе) Турсунджоном.

🕌Mullo Tursunjon madrasah in Bukhara was built in the 16th century by "mudarris"(teacher) Tursunjon.

@bukhtourism
#Bu_qiziq_Buxoro_hattotlik_tarixi

📝Бухоро китобатчилик ишида қўлёзма китоб тайёрлаш ҳамда унинг нусхаларини кўпайтириш иши билан шуғулланган ҳаттотлар шу касблари билан рўзғор тебратганлар. Машҳур ҳаттотлар ҳуснихатларига чирой ва жозибали бўлиши учун ҳар бир харфга сайқал беришган.

📝Бухоролик ҳаттотлардан Муҳаммад Сиддик Ҳашмат “Заринқалам” Маҳмуд Шифоий бини Исҳоқи Шаҳобий, Қолибтарош Мулло Хожи Бухорий ва бошқалар қўлёзма китобларни чиройли “Насхий Бухорий” ва настаълиқ хатларида кўчирганлар. Бухоро ҳумдорлари саройида ҳаттотлар алоҳида ҳурмат эътиборда бўлишган ҳамда улар томонидан кўчирилган китоблар ҳисобига кутубхоналар бойитилган.

@bukhtourism
#Bu_qiziq
#Это_интересно
🕌Pokistonning Karachi shahrida millat qahramoni Muhammad Ali Jinnah sharafiga atab bunyod etilgan maqbara mavjud. Ushbu obida 1960-1970-yillarda qurilgan boʻlib, uning andozasi Buxorodagi Somoniylar sulolasi davridan qolgan yodgorlik — Ismoil Somoniy maqbarasidan andoza olgan holda yaratilgan. Hozirda ushbu yodgorlik Karachi shahrining “yuragi” sifatida qaralib, tashrif buyuruvchilar bilan doimiy gavjum maskan hisoblanadi.
--
🕌В городе Карачи(Пакистан) есть мавзолей, посвященный национальному герою Мухаммеду Али Джинне. Памятник был построен в 1960-1970 годах по образцу мавзолея Исмаила Сомони, памятника времен династии Саманидов в Бухаре. Сегодня памятник считается «сердцем» Карачи и является оживленным местом для посетителей.

📌@bukhtourism
#Bilasizmi
#Buxoro_urf_odatlar
#Bu_qiziq
"Choynakpo'sh"- choynak ustiga yopiladigan, issiqlikni saqlaydigan paxta va matodan tikilgan narsa.
Buxoroda "choynakpo'sh" yoki "choynakpo'shon" deb ataladi.Va u oddiy ro'zg'or buyumlaridan biriga aylangan. Uni tikishda Buxoroda har xil mato va bezaklardan foydalaniladi.Eng urf bo'lgani esa zardo'zi "choynakpo'sh" dir.

Ma'lumot o'rnida: Yozma manbalarga va arxeologlarning topilmalariga koʻra zardoʻzlik shahar hunarmandchilikning yetakchi shakllardan biridir. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro zardoʻzlik markazi boʻlgan va ushbu hunar bilan asosan erkaklar shugʻullanishgan (oiladagi ayollar ularga yordam berishgan). Keyinchalik ayollar sanʼatiga aylangan.

Zardoʻzlik sanʼatida zar ip (tilla va kumush suvi yuritilgan), nozik sim, ipak bilan kashta tikib, baxmal, shoyi, movut, charm va boshqa matolarga bezak-naqshlar zardoʻzi usulida (bigiz yoki igna orqali) buyumlar yaratilgan.

🇺🇿Telegram kanalimizga qo'shiling: @bukhtourism
#Bu_Qiziq

🕌Timi Abdullaxon

Toqi Zargaron va Toqi Telpakfurushon oraligʻida joylashgan Abdullaxon timi 1577-yilda qurilgan va gazlama sotish uchun moʻljallangan boʻlib, bugungi kungacha saqlanib qolgan.

G.A.Pugachenkova bergan maʼlumotlarga qaraganda savdo inshootining bitta kirish eshigi boʻlgan. Inshoot markazida sakkiz yoqli gumbazli zal boʻlib, atrofdagi koʻp gumbazli galereyaga oʻtish uchun moʻljallangan.

Inshootning tashqi atrofini savdo doʻkonlari egallagan. Timning usti 28 ta gumbaz bilan qoplangan. Abdullaxon Timi ilgari Timi Kalon (Katta Tim) nomi bilan atalgan. Mazkur binoda asosan matolar va gilamlar savdosi bilan mashgʻul boʻlingan. Bugungi kunda mazkur inshoot sayyohlarda oʻzgacha qiziqish uygʻotadi.

📌@bukhtourism
#Sayohat_qil
#Bu_qiziq
🌏XX asrning o'rtalaridan boshlab, turizmning jadal rivojlanib borishi sababli, "sayohat" atamasi turistik kompaniyadan qat'i nazar, ma'lum darajada mustaqil ravishda qilingan har qanday sayohatni anglata boshladi. Hozir sayohatchilar mustaqil, ko'pincha avantyuristik sayohatlarda qatnashadigan odamlar deb ataladi. Sayyohlik kompaniyasining xizmatlaridan printsipial ravishda voz kechgan holda sayohat qilish esa "bekpeking" deb ataladi.
_________

#Путешествуй
#Это_интересно
🌍С середины XX века, в связи с бурным развитием туризма, термин «путешествие» стал обозначать любую поездку, совершённую в какой-то мере самостоятельно, независимо от туристической компании. Путешественниками в настоящее время называют людей, участвующих в самостоятельных, зачастую авантюрных, поездках. Путешествие с принципиальным отказом от услуг туристической компании называется "бэкпекинг".

#Welcome_to_Bukhara

📌@bukhtourism
#bu_qiziq

Ancha vaqtdan buyon kanalda jiddiy maqolalar berilmay kelayotgan edi. O'ylaymanki, siz buni kutgansiz. Marhamat, sabr bilan kutganlaringiz uchun qiziqarli maqola yozib keldim. Mavzu juda qiziq. Buxoro yahudiylari haqida. Har qancha savol bo'lsa izohlarda suhbatlashamiz. Tanishlarga yuborib, likelarni bosib tashlaymiz))

@ostonovminbari