#xalqaro_aloqalar
#B2B_uchrashuv
⚡️Turkiya davlati biznes soha vakillari va viloyatimizning yetakchi turoperatorlari o‘rtasida B2B uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 27-28-oktabr sanalarida Turkiyaning nufuzli turizm, qurilish, tekstil, kosmetika, bo‘yoq ishlab chiqarish va turli tarmoqlardagi qator sanoat kompaniya vakillaridan iborat delegatsiyaning Buxoro viloyatiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida "Buxoro Grand" mehmonxonasida B2B uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda Buxoro viloyatidan “Tour East”, “Euro Vostok”, “Jasmin Travel”, “Ziyarat Travel”, “Oybek shifo” kabi turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etib, sayyohlar almashinuvi bo‘yicha o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishdilar.
Shuningdek, Bursa va Buxoro o‘rtasida qardosh shaharlar aloqalarini o‘rnatish borasida fikr-mulohazalar ilgari surilib, Turkiya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Umid qilamizki, tizimli ravishda tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar Oʻzbekiston-Turkiya aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqib, kelgusida mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimi oshishiga yanada kuchli turtki beradi.
Telegram | Facebook | Instagram

#umra+
⚡️Ilk taylandlik musulmonlar “Umra+” dasturi asosida Buxoroni ziyorat qilishdi
Joriy yilning 4-noyabr sanasida 20 nafardan ortiq taylandlik musulmonlar Buxoro bo’ylab ham sayohat, ham ziyorat amallarini bajo keltirishdi.
Dastlab “Yetti pir”ni ziyorat qilib, ziyoratgohlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqin tanishishdi. So’ng, eski shahar bo’ylab sayohatni davom ettirishdi.
“Buxoroga ilk kelishimiz. Bu yerdagi insonlarning mehmondo’stligi, samimiyligini boshqa davlatlarda ko’rmadik. Men Buxoroga yana kelishga qaror qildim”,- deydi sayyohlardan biri.
Ma’lumot uchun: xorijlik ziyoratchilar ziyorat amallarini bajo keltirib, ertaga Umra safariga yo’l olishadi.

#Qirgiziston #B2B_uchrashuv
⚡️Qirg‘zistonnning yetakchi turizm kompaniya vakillari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi tashabbusi hamda Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro viloyati turizm boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 18-20-noyabr sanalarida Qirg‘iziston Respublikasida faoliyat olib boruvchi yirik turoperatorlarning Buxoro viloyatiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida "Garden Plaza" mehmonxonasida B2B uchrashuvi o‘tkazildi.
Ikki qardosh yurt vakillari yig‘ilgan muzokarada Buxoro viloyatining turizm salohiyati taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, mavjud turizm imkoniyatlaridan foydalanib, xorijiy sayyohlarning qolish muddatlarini uzaytirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda Buxoro viloyatidan “Tour East”, “Euro Vostok”, “Jasmin Travel”, “Ziyarat Travel”, “Al-voris Travel” kabi yetakchi turistik kompaniya vakillari ishtirok etib, sayyohlar almashinuvi bo‘yicha o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishdilar.
Umid qilamizki, tizimli ravishda tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar O‘zbekiston-Qirg'iziston o'rtasidagi sayyohlik yo‘nalishida uzoq muddatli hamkorlik uchun yana bir muhim qadam bo‘lib, kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirish va xizmatlar sifatini oshirish uchun zamin yaratadi.

#Global_Sayyohlik_Kampusi
⚡️Global sayyohlik mediakampusi vakillari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyulidagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-102-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekistondagi ilk Global sayyohlik mediakampus ishtirokchilari uchun joriy yilning 23-25-noyabr sanalarida Buxoro viloyatiga media-tur tashkil etildi.
Xitoy, Pokiston, Quvayt, Indoneziya, Qirg‘iziston, Latviya va Rossiya davlatlaridan tashrif buyurgan nufuzli jurnalist va blogerlar Buxoro viloyatining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurish orqali xorijiy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda viloyatning turizm salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida tasvirga olish ishlarini amalga oshirdilar.
Tashrif yakunida quvaytlik bloger Abdulkarim al-Hindal Buxoro “tangri jamoli” yoxud “baxtli maskan” deya ta’riflab, shaharning sokin va tarixiy ruhi rom etganligi, shuningdek, ko‘hna Buxoroda suratga olingan mediakontentlar keng auditoriyaga katta qiziqish uyg‘otganligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Global sayyohlik mediakampus dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

🇸🇱🇨🇳#xalqaro_aloqalar
#Xitoy_delegatsiyasi
⚡️Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi turoperatorlari va OAV vakillari Buxoroda
Turizm qo'mitasi ko'magida joriy yilning 26-27-noyabr sanalarida “Centrum Air” aviakompaniyasi tomonidan “Toshkent - Guanjou” yo‘nalishida tashkil etilayotgan ilk aviaqatnov ochilishi doirasida Guandun provinsiyasining 30 nafardan iborat nufuzli turoperatorlari va OAV vakillarining Buxoro viloyatiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Buxoroning turizm salohiyatini targ‘ib qilish orqali xitoy xalqini noyob madaniy va tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirish.
Infotur davomida delegatsiya vakillarining Ark qo‘rg‘oni, Poyi Kalon majmuasi, hunarmandchilik markazlari, Toqi Zargaron, Toqi Sarrafon, Toqi Telpakfurushon, Labi hovuz ansambli kabi diqqatga sazovor joylar bo'ylab mazmunli sayohatlari amalga oshirildi.
Umid qilamizki ,O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia reyslarning tashkil etilishi kelgusida davlatlararo sayyohlik oqimlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish va Xitoy Xalq Respublikasi hududlari bilan turizm sohasida hamkorlikni jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.

🇮🇩🇺🇿 #xalqaro_aloqalar
#Indoneziya #Buxoro
⚡️BUXORO VILOYATIGA INDONEZIYADAN SAYYOHLAR OQIMI KO‘PAYMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli va 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-sonli Farmonida belgilangan vazifalar doirasida, 2024-yilning 5-9-dekabr kunlari Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Botirjon Shaxriyorov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Indoneziyaning Jakarta shahriga tashrifi jarayonida ikki davlat o'rtasida turizm sohasiga oid qator kelishuvlarga erishildi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, joriy yilning 14-16-dekabr kunlari Indoneziyadan bir guruh sayyohlardan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xorijiy mehmonlar ko'hna va qadimiy Buxoroning diqqatga sazovor joylari bo‘lmish, Labi Hovuz ansambli, savdo toqlari, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo'rgoni, Sitorai Mohi-Xosa saroyidan tashqari Bahovuddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lib, juda katta taassurot olishdi.
Shuni qayd etish joizki, joriy yilning 2024-yilning yakuni va 2025-yil davomida Indoneziyadan tashrif buyuradigan sayyohlar karrasiga ko‘payishi kutilmoqda.

#turizm
#xalqaro_aloqalar
Xabar berganimizdek, joriy yil dekabr oyining I dekadasida Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Botirjon Shaxriyorov boshchiligidagi viloyat delegatsiya vakillari Indoneziya va Malayziya davlatlariga tashrifi jarayonida ikki davlat o'rtasida turizm sohasiga oid qator kelishuvlarga erishilganligi qayt etib o'tilgan edi.
Buning natijasi o'laroq, Malayziyaning “Qasswa Travel” turistik kompaniyasi tomonidan 20 kishidan iborat (Singapur, Malayziya, Indoneziya, Bruney davlatlaridan) sayohatchilar “Yetti Pir” hamda “Buxoro bo’ylab” 3 kunlik sayohatlarini amalga oshirmoqdalar.
Mehmonlar sayohat davomida tarixiy va madaniy obidalar, amalga oshirilgan ulkan obodonlashtirish ishlarini ko’rib, iliq fiklari bilan bo’lishdilar.
“Shuni alohida ta’kidlashim joizki, ziyoratgohlarning toza-ozodaligi, ibodat qilish uchun shart-sharoitlarning yetarli darajada yaratilganligi, xalqning mehmondo’stligi, milliy taomlarning o’ziga xosligi, qolaversa, sayohat davrida xavfsizlikning yuqori darajada ta’minlanganligi meni hayratda qoldirdi. To’g’risi, sayohat qilgan musulmon davlatlari orasida meni maftun etgan yagona sharif shahar bizga ulkan taassurotlar qoldirdi”, - deydi mehmonlardan biri.

#euronews
“Euronews” xalqaro media-xoldingi direktorlar Kengashi apparat rahbari Fernando Soares 31-dekabr - 1-yanvar kunlari Buxoroda bo’ldi.
Martabali mehmon tashrif mobaynida Buxoro shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishdi.
Xususan, qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rg‘oni, Labi Hovuz ansambli, Moxi Xossa saroyini hayrat va havas bilan tomosha qildi.
Hunarmandlar rastalari, amaliy san’at ustaxonalaridagi qizg‘in ish jarayoniga guvoh bo‘ldi.
Mehmonga tarixiy qadamjolar, yodgorliklarning tarixi, ushbu manzillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklarning qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.
Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning hunarmandligi Fernando Soaresda katta qiziqish uyg‘otdi.
Fernando Soares Buxorodagi madaniy meros ob’yektlari asl holida saqlanganligi, Buxoro aynan boy tarixi, betakror madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shganligini e’tirof etdi.
Shu bilan birga Buxoro xalqining mehnatsevarligi, ijodkorligi va mehmondo‘stligi har qadamda sezilib turishini, bu yerda turizm va investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidladi.
Tashrif yakunida “Euronews” xalqaro media-xoldingi bu boradagi tashabbuslarni keng targ’ib qilishga tayyorligini bildirdi.

#VET4UZ
🇺🇿🇨🇭Shvetsariyaning “Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash (VET4UZ)” loyihasi doirasida joriy yilning 10-yanvar sanasida Shvetsariya elchixonasi vakillari va loyiha boshqaruv guruhi Buxoro viloyatiga muhim tashrifni amalga oshirdilar.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Shveytsariya tomonidan moliyalashtirilayotgan va “Helvetas International” tomonidan amalga oshirilayotgan VET4UZ loyihasining kasb-hunarga oid dual ta’limni tatbiq qilish jarayonining 2024-yil dagi natijalari bilan tanishish.
Delegatsiya tarkibida bo'lgan Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi rahbari o‘rinbosari (elchi) Andrin Fink, “Helvetas” filiali direktori Anja de Beer, loyiha boshqaruvchisi Simone Strasburger, elchixona milliy koordinatori Nodira Muxammadqulova hamda loyiha bosh eksperti Sardor Saidrasulovlar tashrif doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i A.Naimov, Buxoro viloyat turizm boshqarmasi vakillari hamda Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Mazkur uchrashuv davomida VET4UZ loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va kasb-hunar ta’limini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Texnikum rahbariyati loyiha doirasida erishilgan natijalar, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi, shu bilan birga texnikum o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbat olib borildi.
Mehmonlar texnikum faoliyati, talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv jarayoni hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan o'quv ustaxonalari va sinf xonalari bilan yaqindan tanishdilar. Loyiha doirasida ta’lim muassasasi imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv dasturlarini yangilash va yoshlarni zamonaviy talablar asosida kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar VET4UZ loyihasining Buxoro shahridagi ish beruvchi hamkor tashkilotlari "Turon City Plaza" va "Sahid Zarafshon" mehmonxonalarida bo'lib, talabalarning amaliyot jarayonlari bilan tanishdilar.
Bu kabi tashriflar O‘zbekiston va Shvetsariya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bilan birga, mamlakatimizda professional ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. VET4UZ loyihasi esa bu yo‘nalishda muhim qadam bo‘lib, ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlarni olib kirishda davom etmoqda.

#Pokiston
⚡️POKISTONLIK SAYYOHLAR BUXORODA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-son Farmonida belgilangan vazifalar doirasida Respublikamizga xorijiy davlatlardan sayyohlarni jalb qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Buning natijasida mamlakatimizda tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimi kundan-kunga ortib bormoqda.
Ayni damda Pokistondan tashrif buyurgan bir guruh sayohatchilar “Yetti Pir” hamda “Buxoro bo’ylab” 3 kunlik sayohatlarini amalga oshirmoqdalar.
Qardosh mamlakat mehmonlari tashrif mobaynida Buxoro shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishdilar.
Xususan, qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rg‘oni, Labi Hovuz ansambli, Moxi Xossa saroyini hayrat va havas bilan tomosha qilidilar.
“Buxorodagi madaniy meros obyektlari asl holida saqlanganligi, Buxoroning boy tarixi, betakror madaniyati hamda xalqingizning mehmondo‘st va xushmuomalaligi tahsinga sazovor” – deydi pokistonlik Shahid An-Nur.
Shuni qayd etish joizki, 2025-yil davomida xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan sayyohlar soni sezilarli darajada ko‘payishi kutilmoqda.