Bukhara Tourism_Official
1.59K subscribers
17.4K photos
2.83K videos
1 file
6.78K links
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.iss.one/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
Download Telegram
#txty2024 #titf2024 #тмтя2024
#Buxoro

⚡️“IPAK YO‘LIDA TURIZM” 29 - TOSHKENT XALQARO TURIZM YARMARKASI O‘Z MEHMONLARIGA ESHIKLARINI OCHDI

Xabar berganimizdek, bugun, 21-noyabr kunidan Toshkent shahridagi “Central Asian Expo Uzbekistan” (CАEх) ko‘rgazma majmuasida o‘z ishini boshlagan 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ayni damda qizg’in davom etmoqda.

Mazkur yarmarkada dunyoning turli mamlakatlaridan: Fransiya, Turkiya, Singapur, Isroil, Koreya, Belgiya, Misr, Malayziya, Hindiston, Tailand, BAA, Qozog’iston kabi qator rivojlangan mamlakatlarning turizm tarmog’idagi barcha kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Qolaversa, mazkur tadbirda Buxoro viloyatining ham maxsus paviloni tashkil etilgan bo‘lib, bunda viloyatning boy sayyohlik salohiyatini o‘zida aks ettirgan ko‘plab video roliklar taqdimoti, pavilondagi milliylik ruhi, folklor jamoalarning chiqishlari mahalliy va xorijiy tomoshabinlarning diqqat markazidan joy olishga ulgurdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#LIVE
#txty2024 #titf2024 #тмтя2024
#Buxoro

“TITF-2024”: “BUXORCHA RAQS” MINGLAB IXLOSMANDLAR E’TIBORINI TORTDI!

Joriy yilning 21-23-noyabr kunlari “Central Asian Expo Uzbekistan” (CАEх) ko‘rgazma majmuasida o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘lida turizm” 29 - Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi davomida Buxoro paviloniga ajoyib ko‘rk qo‘shayotgan milliy liboslardagi “Buxorcha” guruhi a’zolari va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi vakillari ham faol ishtirok etishmoqda.

Viloyat folklor jamoalari tomonidan tashkillashtirilgan konsert-dasturlari tarkibidan o‘rin olgan havoda muallaq turuvchi Darvesh hamda milliy kostyumlardagi amir kabi qator dasturlar yig’ilganlarning yanada hayrat va muhabbatiga sazovor bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, Buxoro viloyati milliy raqslari pavilon artofida ko‘p sonli muxlislarni jalb qilibgina qolmay, barcha xorijiy va mahalliy ishtirokchilar tomonidan sevib tomosha qilinmoqda.

Tadbir qizg’in davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#txty2024 #titf2024 #тмтя2024
#Buxoro

“TITF-2024”:🤝Xalqaro hamkorlikni kengaytirish Buxoro viloyatiga sayyohlar oqimini oshirish uchun zamin yaratadi!

Buxoro pavilonida yarmarka ko‘tarinki ruhda davom etmoqda va unda Buxorcha an’ana hamda qadriyatlarimiz faol tarzda namoyish etilishi bilan bir qatorda Buxoro viloyati turizm boshqarmasi tomonidan ham Buxoroning turizm salohiyati faol targ‘ib qilinmoqda.

Jumladan,Turkiya, Belgiya, Fransiya, Malayziya, Indoneziya va boshqa bir qator davlatlardagi turistik kompaniyalar bilan muzokaralar olib borildi.

Mahalliy hamda xorijiy hamkorlar bilan yangidan yangi g‘oya va loyihalar qizg‘in muhokama qilinib, kelishuvlarga erishilmoqda.

Xususan, Buxoroda so'nngi yillarda tashkil etilgan turistik marshrutlar va yangi turizm infratuzilmalarning qo'shni va xorijiy davlatlar tur kompaniyalari tur paketlariga kiritilishi, kelgusida to‘g‘ridan to‘g‘ri turlarni tashkil etish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

Muzokaralar davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#txty2024 #titf2024 #тмтя2024
#Buxoro

BUXORO PAVILONI BARCHANING DIQQAT MARKAZIDA!

“Ipak yo‘lida turizm” 29 - Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida Buxoro paviloni har galgidan ham gavjum.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abdukaxarovich Buxoro paviloniga tashrif buyurib, Buxoroda turizm sohasi jadal sur’atlarda rivojlanayotganligini, sohada olib borilayotgan islohotlar maqtovga arzigulik ekanligi, shuningdek, yarmarkada Buxoro pavilonining eng jozibador, eng gavjum ekanligini e’tirof etdi.

Albatta, Buxoro turizm sohasida yetakchi viloyatlar qatorida bo’lib, kelgusida bu kabi tizimli ishlarni yanada jadallashtirishni maqsad qilib qo’yamiz.

Telegram | Facebook | Instagram
#txty2024 #titf2024 #тмтя2024
#Buxoro

🤝”Ipak yo‘lida turizm” 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida qator kelishuvlarga erishildi

Barchamizga ma’lumki, TITF - 2024 O‘zbekiston va hamkor davlatlarda yangi sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish hamda ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish borasida samarador platforma sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdrk, yarmarka doirasida mahalliy hamda xorijiy hamkorlar bilan yangidan yangi g‘oya va loyihalar qizg‘in muhokama qilinib, qator kelishuvlarga erishilmoqda.

Xususan, Indoneziyaning 43 yillik tajribaga ega “Floressa Bali Tours”turistik kompaniyasi bilan Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari B.Shaxriyorovning B2B uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvda qadim va navqiron Buxoroning turizm salohiyati, Sharif shaharning dunyo hamjamiyatida, ayniqsa, musulmon davlatlari o’rtasida tutgan o’rni to’g’risida ma’lumot berildi.

Qolaversa, muzokara jarayonida “madaniy turizm”, “ziyorat turizmi”, “Umra+”, “etnoturizm”, “gastroturizm”, “ishbilarmonlik turizmi” (MICE) kabi yangi turpaketlarni yoʻlga qoʻyish, targʻib qilish va Indoneziyadan O’zbekistonga keladigan sayyohlar oqimini oshirish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.

“Men 43 yillik faoliyatim davomida hali biron marta O’zbekistonga sayyoh olib kelmaganman. Bugungi uchrashuv men uchun juda ahamiyatli bo’ldi. Kelgusida yurtingizga, ayniqsa, Buxoroyi Sharifga Indoneziyadan ko’plab sayyohlarni jalb qilib, bu yo’ldagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlaymiz deb umid qilaman, - deya mamnuniyat ila ta’kidladi “Floressa Bali Tours” rahbari Paul Edmundus.

Telegram | Facebook | Instagram
#txty2024 #titf2024 #тмтя2024
#Buxoro

“TITF - 2024”DA BUXORO SAYYOHLIK KOMPANIYALARI QAYSI POG'ONADA TURIBDI?

“Ipak yo‘lida turizm” 29 - Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Buxoro pavilonida 100dan ortiq tadbirkorlik subyektlari hamda ishtirokchilar qatnashmoqda.

Ular orasidagi o‘zining sifatli xizmatlari bilan nom qozongan turistik kompaniyalar mahalliy va xorijiy turizm sohasi kompaniyalari bilan ikki kun davomida 5 ta memorandum hamda 1 500ga yaqin doimiy hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, yuqorida aytib o‘tilgan hamkorlik shartnomalarining umumiy ko‘rsatkichlari bilan Buxoro viloyati Respublikada birinchi o‘rinda turgani quvonarli holat, albatta.

Telegram | Facebook | Instagram