#vobkent_tumani
#fransuz_tili
Joriy yilning 18-aprel kuni Vobkent tumani “Shirin” turizm qishlog’ida joylashgan, fransuz tiliga ixtisoslashgan 14-umumta’lim maktabida fransuz hamkorlar bilan birgalikda targ’ibot uchrashuvi o’tkazildi.
Qishloq yoshlarini turizm sohasiga qiziqtirish, ularning sohaga oid bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida Fransiyaning xalqaro Ruan universiteti vakili Fransua Tesson bilan muloqot chog’ida yoshlar o’zlariga qiziqarli savollariga javob olishdi.
Maktab bitiruvchilariga fransuz tilini yanada mukammal o’rganib, qishloqga tashrif buyuruvchi sayyohlarga xizmat ko’rsatish hamda Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi talabasi bo’lish orqali Fransiyaga tahsilni davom ettirish bo’yicha keng imkoniyatlar mavjudligi to’g’risida ma’lumotlar berildi.
Avval xabar berganimizdek, Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi hamda Fransiyaning Ruan Normandiya universiteti o'rtasida ta'lim yònalishida hamkorlik yo'lga qo'yilgan va hozirda 6 nafar talaba u yerda tahsil olmoqda.