bukhari.uz
8.85K subscribers
15.7K photos
3.43K videos
12 files
11.6K links
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING RASMIY KANALI

Sayt: www.bukhari.uz
facebook.com/bukharicenter
instagram.com/bukhari.uz
twitter.com/www_bukhari_uz
ok.ru/bukharicenter
mover.uz/channel/imambukhari
Murojaat uchun: @Zafar_Uzaqov
Download Telegram
#Maqolalar #ilmiy_tadqiqot

OʻZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI


Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasi taraqqiyotida uning huquqiy asoslarining yaratilishi va takomillashtirilishi muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida aholi salomatligini saqlashning yangilangan tizimi shakllantirildi. Mazkur tizim faoliyati natijasida eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda davolash usullari keng miqyosda rivojlandi. Ammo, shunga qaramasdan, mazkur sohaning rivojlanishiga xalaqit beruvchi bir qancha omillarning hozirga qadar saqlanib qolayotganligi hech kimga sir emas. Bunday muammolar esa soha huquqiy asoslari yoʻnalishida ham kuzatildi. Shu sababdan, tizim huquqiy asoslarining takomillashtirilishi jarayonini yoritish va uni ilmiy tahlil qilish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41237&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Dorimiy

BUYUK MUHADDISLAR DOʻSTLIGI


Movarounnahrning ikki buyuk muhaddisi Imom Dorimiy va Imom Buxoriy nafaqat bir davrning ulamosi, balki oʻrtalarida yaqin doʻstlik munosabatlari qurilgan hamfikr, hammaslak olimlardir. Biri ustoz, ikkinchisi shogird maqomida boʻlsa-da, tarix ularning birodarlik rishtalarini koʻproq madh etgan.

Imom Dorimiy Buxoriydan 13 yil oldin, 797-yil Samarqandda tugʻilgan. Buxoriy esa 810-yili Buxoroda tavallud topgan. Oradagi yosh farqi sabab Dorimiy nisbatan ertaroq mashhurlikka erishgan. Imom Buxoriy hali ilmning ilk bosqichlari chogʻida Dorimiyning nomi Misr va Shomgacha yetib borgan edi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41245&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #ilmiy_tadqiqot

SAMARQANDLIK JADID ALLOMALAR FAOLIYATI TARIXIDAN

Yurtimizdan yetishib chiqqan jadid allomalar xalqimizni maʼrifatli qilish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdi. Ularning asosiy maqsadi yurtimizni rivojlangan davlatlar qatorida koʻrish edi. Shu maqsadda jadid allomalarimiz tomonidan koʻplab yangi usul maktablariga asos solindi, yangi darsliklar yaratildi va bir qancha gazeta va jurnallar nashri yoʻlga qoʻyildi. Samarqandda faoliyat yuritgan jadidlar ham bu borada katta ishlarni amalga oshirdi. Bu esa yurtimizda jadid harakatining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ammo bu davrda yuritilgan mustamlakachilik siyosati natijasida jadidlar faoliyati taqiqlandi, oʻzlari qatagʻon qilindi. Shu sababdan yurtimizda, xususan, Samarqandda faoliyat yuritgan jadidlar faoliyatini oʻrganish dolzarb ilmiy masalalaridan biri hisoblanadi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41267&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #ilmiy_tadqiqot

MUHAMMAD VAFO KARMINAGIYNING “TUHFAT AL-XONIY” ASARI MUHAMMAD RAHIMXON FAOLIYATIGA DOIR MUHIM MANBA SIFATIDA

Oʻzbek davlatchiligida 164 yil hukmronlik qilgan soʻnggi sulolalardan sanalmish mangʻitlar tarixining Muhammad Rahimxon podshohlik davrini oʻrganishda Muhammad Vafo Karminagiyning “Tuhfat al-xoniy” asari alohida ahamiyatga ega. Ushbu asar mangʻitlarning dastlabki hukmdori Muhammad Rahimxon topshirigʻiga koʻra yozilgan boʻlib, uning hayoti va siyosiy faoliyatiga bagʻishlangan. Shu jihatdan mazkur asar Muhammad Rahimxonning Buxoro xonligidagi siyosiy faoliyatini oʻrganishda qimmatli manba oʻlaroq muhim ahamiyatga egadir.

Muhammad Rahimxon hukmronligi davri markazlashgan davlat tuzishga urinish bilan xarakterlanadi. Xususan, ashtarxoniy Abulfayzxon (1747) oʻlimidan soʻng, Muhammad Rahimxon xonlik hokimiyatini qatʼiy ravishda mustahkamlay boshlaydi. “Tuhfat al-xoniy”da berilgan maʼlumotlarga koʻra, Muhammad Rahimxon hokimiyatni markazlashtirish siyosatini avvalo urugʻdoshlari boʻlgan mangʻitlar va fidoiy xizmatkorlariga tayanib amalga oshirgan...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41282&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #ilmiy_tadqiqot

TURKISTON ATAMASINING TARIXDAGI BAʼZI MANBALARDA QOʻLLANISHI

Kishilar oq-qorani tanib, tirikchilik qila boshlabdiki, tevarak atrofdagi yerlarni, daryo va koʻllarni, togʻlar-u qir adirlarni maʼlum bir nom bilan atab kelgan. Dastlabki toponimlar sodda nomlar bilan ifodalangan. Ular atrofdagi tabiiy muhitni tasavvur qilish imkoniyatini kengaytirgan. Odamlar joylarni oʻziga qulay nom bilan atab kelgan. Hali yozuv paydo boʻlmagani sababli, ibtidoiy zamondagi geografik nomlar bizgacha yetib kelmagan. Oʻzbekistonning xorazmiy, sugʻdiy, qadimgi turkiy yozuvlarda yetib kelgan toponimlari koʻp emas. Yunon manbalarida tilga olingan geografik nomlarimiz ham sanoqli. IX-XV asrlarga tegishli yozma manbalarda bizning hududimizga tegishli toponimlar koʻp qayd etilgan...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41334&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Amir_Temurning_689-yilligi

SOHIBQIRONNING ULUGʻTOGʻDAGI BITIGI

Amir Temur tavalludi nishonlanayotgan ushbu ayyomda bosma ommaviy axborot vositalari va teleradioda, ijtimoiy tarmoqlarda Sohibqiron nomi yanada koʻproq tilga olinadi. Shu bois bu safar buyuk davlat arbobi va magʻlubiyat neligini bilmagan mohir sarkarda haqida nisbatan kamroq gapirilgan mavzuga toʻxtalishga qaror qildik.

1935-yili Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyatidagi Ulutau (Ulugʻtogʻ) tepaliklarini oʻrganib yurgan geolog olim Qanish Satpayev “Алтыншокы” (Oltin choʻqqi) deb ataladigan joyda gʻalati harsangtoshni topib olgan edi. Ajablanarli tomoni shundaki, topilma bevosita Amir Temur haqida, uning eng katta muhorabalaridan biri boʻlgan Toʻxtamishxon bilan jangi toʻgʻrisida soʻzlaydigan noyob manba boʻlib chiqqandi.

Toʻxtamishxonga qarshi yurish boshlagan Sohibqironning 200 minglik qoʻshini 1391-yil 28-aprel kuni mana shu togʻ etagiga kelganida, Amir Temur yogʻiy saltanatining chegarasiga yetganini anglaydi. Oltin choʻqqiga koʻtariladi va bepoyon kengliklarni kuzatadi. Keyin har bir askar bu yerga bittadan tosh keltirishini buyuradi. Toʻplangan harsanglardan katta qoʻlbola piramida, oʻziga xos mayoq vujudga keladi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41350&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar

100 ta sirli ibora

“Bir kishiga tabassum bilan yaxshi soʻz aytish – sadaqadir” (Imom Buxoriy rivoyatlari);

“Qoʻshnilaringiz sizni “yaxshi odam” deyishayotgan boʻlsa, demak, siz – yaxshisiz. Agar ular sizni “yomon odam” deyishayotgan boʻlsa, demak, siz – yomon odamsiz”...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41360&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Moturidiylik

IMOM MOTURIDIY QARASHLARIDA IMON MASALASI


Ahli sunna val jamoa aqidasi bayon qilingan diniy adabiyotlarning aksariyatida imon masalasiga qisqacha yoki batafsil toʻxtalib oʻtilganiga guvoh boʻlamiz. Chunki imon masalasi – bu insonning joni, moli, or-nomusi, qoʻyingki, dunyo va oxirati bilan bogʻliq hassos masaladir. Buyuk ajdodimiz, ahli sunna val jamoaning ikki qutbidan biri sanalmish Imom Moturidiy rahimahulloh ham oʻzining “Taʼvilotul Qurʼon” va “Kitabut tavhid” asarida imon masalasiga batafsil toʻxtalib oʻtgan. Uning taʼkidlashicha, imon – bu qalb bilan tasdiqlashdir. Uni til bilan ifodalash esa dunyo hayotida shariat ahkomlarini joriy qilish uchun shart qilib qoʻyilgan. Chunki “imon”ning lugʻaviy maʼnosi tasdiqlashdir...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41432&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Moturidiylik

Imom Moturidiy – jahon tamaddunining buyuk shaxsiyati


Insoniyat tarixida oʻz oʻrniga ega boʻlgan buyuk allomalarimizdan biri Imom Abu Mansur Moturidiydir. Ul siymo faqat bir zamonning emas, balki barcha zamonlarning dolzarb va muhim masalalariga asosli hamda qatʼiy javoblarni bera olgan mutafakkir olim.

U zotning dunyo ilm-faniga, ayniqsa, aqida ilmiga qoʻshgan hissasi, aql va naqlni uygʻunlashtirishdagi oʻrni haqida zamondoshlari hamda muhaqqiq olimlar tomonidan yuksak baholar berilgan...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41514&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
@bukhariuz
#Maqolalar

100 ta sirli ibora (2-qism)

ULUGʻLARDAN HIKMATLAR:
«Sunnat ermish, kofir boʻlsa, berma ozor,
Koʻngli qottigʻ, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondogʻ qulgʻa sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu soʻz aydim mano».(Hoja Ahmad Yassaviy)

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41549&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Moturidiylik

Imom Moturidiy siymosi – dunyo nigohida


Bugungi kunda Prezidentimiz rahbarligida diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimizdan yetishib chiqqan hamda dunyo ilm-ma’rifati rivojiga bebaho hissa qo‘shgan ko‘plab ulamolarning ilmiy merosini keng tadqiq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Xususan, Imom Moturidiy va moturidiy allomalarimiz hayoti va ilmiy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi natijasida buyuk ajdodimizning mavjud asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda, Imom Moturidiyning mutaassib oqimlarga bergan g‘oyaviy raddiyalari asosida tadqiqotlar olib borilmoqda, yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash hamda ularda ma’naviy va ma’rifiy qarashlarimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish borasida ilmiy xulosalar shakllantirilmoqda...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41619&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 🕊X 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Moturidiylik

OʻZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mutafakkir allomalarimizning ibratli hayot yoʻllarini oʻrganish, ularning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targʻib qilishga har qachongidan ham koʻproq eʼtibor qaratilmoqda. Zotan, insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qoʻshgan ajdodlarimizning asarlaridagi ezgu gʻoyalar, umuminsoniy qadriyatlar, bagʻrikenglik va moʻtadillik, ilm-fan, aql va tafakkurning inson hayotidagi oʻrni va ahamiyatiga oid qarashlar yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashning muhim omili boʻlib hisoblanadi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41677&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar

100 ta sirli ibora (3-qism)

Yomon til boshga balo keltirar.
Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.

Mazlumlar dilini ogʻritma bir zum,
Balki bir kun oʻzing boʻlasan mazlum…

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41763&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Moturidiylik

O‘zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda


Allohga hamd, payg‘ambarlarning so‘nggisi Muhammad alayhissalom va zotning oila a’zolari hamda safdoshlariga salovatu salomlar bo‘lsin. Darhaqiqat, Imom Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy Movarounnahr zaminida yashab ijod qilgan va shu yerda mangu qaror topgan musulmon olamining benazir allomalaridan biridir.

Uning ilmiy merosi va ta’limoti to bugunga qadar bardavom bo‘lib kelmoqda. Hatto bu ta’limot, Imom Ash’ariy ta’limoti bilan birga, bugungi kunda ahli sunna val-jamoa deb tanilgan musulmonlarning to‘qson foizini tashkil etadi. Moturidiylikka mansub musulmonlar esa ahli sunnaning qariyb teng yarmidan iborat...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41682&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #ilmiy_tadqiqot

QOʻQON-XIVA OʻRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)

19-yuzyillikning birinchi oʻn yilligida Qoʻqon xonligi oʻz chegaralarini Dashti Qipchoq hududlariga kengaytirishi uning tashqi siyosatida ham tub burilishga sabab boʻlgan edi. Xonlikni shimoliy hududlari qozoq dashtlaridan tashqari Xiva xonligi bilan ham chegaradosh, qoʻshniga aylanishi Minglar va Qoʻngʻirotlar sulolalari oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlanishiga olib keldi. Qoʻqon xonligi yoki Xiva xonligi tarixiga doir manbalarda 19-yuzyillikning boshlariga qadar elchilik munosabatlari olib borilganligi toʻgʻrisida hozircha maʼlumotlar maʼlum emas. Bu esa har ikki sulola bir-biri bilan chegaradosh qoʻshni boʻlganidan keyingina diplomatik munosabatlarni oʻrnatishga kirisha boshladi, deb xulosa qilish ham toʻgʻri emas. 1750-yillardagi qalmiqlarga qarshi Turkiston xonliklari oʻrtasida harbiy ittifoq tuzish masalasidagi harakatlarda Xorazm chetda qolmaganligi aniq, albatta. Bu jarayonda Qoʻqon xoni Erdonaxon, qozoq xonlari bilan Ahmadshoh Durroniyga maktub yuborib, harbiy ittifoq tuzish takliflarini ilgari surganligi haqida yuqorida toʻxtalib oʻtilgan edi. Fikrimizcha, bu jarayonlarda Xorazm chetda qolmagan boʻlishi kerak...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41829&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Moturidiylik

O‘zbekistonda Imom Moturidiy ilmiy merosiga yuksak e’tibor qaratilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori jahon ilmiy jamoatchiligi, ayniqsa turkiy davlatlarda alohida quvonch va xursandchilik bilan kutib olinmoqda.

Jumladan, turkiyalik moturidiyshunos olim va mutaxassislar ushbu tashabbusni tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim qaror sifatida baholamoqdalar. Anqara Yildirim Boyazid universiteti professori, doktor Ahmad Yildirim tomonidan e’lon qilingan maqola fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi. Maqolada yurtboshimiz qabul qilgan mazkur qaror buyuk mutafakkir ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, qayta tiklash va uni jahon hamjamiyatiga tanitish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilgan...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41881&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar

100 ta sirli ibora (4-qism)

1) Assalomu alaykum!
2) Katta rahmat Sizga!
3) Umrbod minnatdorman Sizdan!
4) Umringiz uzoq boʻlsin!
5) Xoʻp boʻladi!
6) Ming bor uzr soʻrayman Sizdan!
7) Kechirasiz!…
8) Sizdan kechirim soʻrayman!…

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=41977&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Raddiya

SIZ AHLI SUNNA VAL JAMOADANMISIZ?


Maʼlumki, oʻzini musulmon sanagan kishi Alloh va Uning Rasuliga itoat qilishi farz boʻlgani kabi rahbariga itoat qilishi ham farzdir. Bu xususda Qurʼoni karimda bunday deyilgan: “Ey imon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Paygʻambarga va oʻzingizdan boʻlgan ishboshilarga itoat qiling” (Niso surasi, 59-oyat). Oʻzi yaratgan bandalari uchun nima foydali-yu, nima zararli ekanini yaxshi biladigan buyuk zot – Alloh taoloning mazkur buyrugʻida rahbarga itoat qilish Uning oʻziga va Rasuliga itoat qilish bilan bir oʻrinda zikr qilingan. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham: “Garchi sizlarga boshi mayizdek habash hokim qilib tayinlangan boʻlsa ham unga quloq solinglar va boʻysuninglar!” deb buyurganlar (Imom Buxoriy rivoyati)...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=42155&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #ilmiy_tadqiqot #Moturidiylik

ABU MANSUR MOTURIDIYNING “TAʼVILOT QURʼON” ASARI VA UNING SHARHI HAQIDA YANGI MAʼLUMOTLAR

Yurtimizda buyuk mutafakkir ajdodimiz, aqida ilmi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Imom Abu Mansur Moturidiy va u asos solgan moturidiylik taʼlimotini oʻrganishga alohida ahamiyat berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi amaliy ishlarning yana bir yorqin ifodasidir.

“Taʼvilot Qurʼon” asarining 2 ta nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida №5126 va №5127 raqamlari ostida saqlanadi.

Toshkent fondidagi №5126 raqam ostida saqlanayotgan nusxasi asarning ikkinchi jildidir. Ikkinchi jild (daftar)ning umumiy hajmi 258 varaq, sharq qogʻoziga qora siyoh bilan koʻchirilgan. Qoʻlyozma asarning bir qismi – LXII-CXIV suralar taʼvilini oʻz ichiga oladi. Qoʻlyozmaning 171a sahifasida bu asar Xoja Muhammad Porso kutubxonasida saqlangani toʻgʻrisida belgi bor. Unda jumladan shunday deyiladi; “Ushbu kitob Buxoro shahrining Kuyi Dixqon manzilidagi kutubxonaga Alloh bandasi Muhammad al-Xofizi al-Buxoriy tomonidan vaqf qilingan”...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=42160&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqolalar #Raddiya

OʻTGANLARNI XOTIRLASH VA TIRIKLARNI QADRLASH – INSONIY BURCHIMIZ


Ulamolar janoza namozidagi duoni dalil qilib, oʻlgan kishi tiriklar duosidan manfaat oladi, degan. Janoza namozidagi duolar maʼlum va mashhurdir. Oʻtganlar nomidan yaxshi amallar qilib, savobini ularga bagʻishlash bevosita Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavsiyalari bilan shariatimizda joriy qilingandir.

Shuningdek, musulmonlar, vafot etgan inson qarzini boshqa birov, hatto begona kishi boʻlsa ham toʻlab qoʻysa, uning zimmasidagi qarz soqit boʻladi degan fikrga kelgan. Qurʼon qiroat qilib, savobi vafot etganga bagʻishlansa, uning savobi yetadi.

Har bir kishi oxirati obod boʻlishi uchun tirikligida yaxshi amal qilib yashashi lozim. Vafotidan soʻng farzand va yaqinlari duo va ehson qilib, uning haqiga savobini bagʻishlashi muqaddas dinimiz koʻrsatmalaridan biridir...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=42181&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM