bukhari.uz
21.2K subscribers
15K photos
3.21K videos
11 files
11.1K links
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING RASMIY KANALI

Sayt: www.bukhari.uz
facebook.com/bukharicenter
instagram.com/bukhari.uz
twitter.com/www_bukhari_uz
ok.ru/bukharicenter
mover.uz/channel/imambukhari
Murojaat uchun: @Zafar_Uzaqov
Download Telegram
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR
#Infografika

196. Muoz ibn Jabalning ismi Abu Abdurahmon Ansoriydir.

📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SUNANI DORIMIY
#Infografika

680. Oisha soʻzlab berdi:


“Nabiy sollallohu alayhi vasallam hojatxonadan chiqsalar: “Gʻufronaka
(Magʻfiratingni soʻrayman)”, deb aytar edilar”.

📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR
#Infografika

197. Bilol ibn Rabohning inisi Xolid va Gʻufayra uning singlisi (yoki opasi)dir. Kunyasi Abu Abdulloh. Abu Abdukarim ham, Abu Amr ham deyiladi. U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning muazzini, Abu Bakr Siddiq Qurayshiyning ozod qilgan qulidir. Bilol ibn Raboh Umar roziyallohu anhu davrida Shomda vafot etgan.

📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SUNANI DORIMIY
#Infografika

683. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:


“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Agar ummatimga mashaqqat boʻlmaganida, har bir namoz oldidan uni (ishlatishni) buyurardim”, dedilar”. Abu Muhammad: “Yaʼni, misvokni”, dedi.

📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR
#Infografika

198. Bizga Yahyo ibn Bashir soʻzlab berdi:


“Biz Umar
(roziyallohu anhu) bilan birga Shomga keldik. Bilol azon aytdi. Odamlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamni esladi. Men (Bilolning azoni sababli) juda koʻp odam yigʻlagan boshqa biror kunni koʻrmadim”, dedi.

📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SUNANI DORIMIY
#Infografika

684. Oishadan rivoyat qilinadi:


“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Misvok – ogʻizni poklaydigan va Rabbni rozi qiladigan narsadir”, dedilar”.

📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR
#Infografika

199. Menga Umar ibn Xolid va Abdulgʻaffor ibn Dovud soʻzlab berdi:


“Umar ibn Xattob iroqliklar voliysiga: “Menga ikki chidamli odamni yubor, ulardan Iroqning ahvoli haqida soʻrayman”, deb maktub yozdi. U Labid ibn Rabia va Adiy ibn Hotimni yubordi. U ikkisi kelib: “Moʻminlar amiri Umar roziyallohu anhudan ruxsat soʻrab ber”, dedi(U ikkisi masjidda Umar roziyallohu anhuning oldiga kirish uchun Amr ibn Osdan iznsoʻrab berishni iltimos qilgan edi). Bas, oʻsha kundan buyon shunday (Amirul moʻminin – moʻminlar amiri, deb) yozish odat tusiga kirdi”.

📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SUNANI DORIMIY
#Infografika

686. Abul Malih otasi (Usoma)dan rivoyat qiladi:


“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo tahoratsiz namozni va xiyonat (bilan topilgan boylik) dan qilingan sadaqani qabul qilmaydi”, dedilar”.

📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUSNADI KESHIY
#Infografika

101. Muso ibn Talha otasidan rivoyat qiladi:


“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangizning (namozida) oldida egarning orqa (suyanadigan) tomonidek narsa boʻlishi kifoya qiladi. (Shunda) oldidan oʻtgan narsaning unga zarari boʻlmaydi”, dedilar”

📖 Abd ibn Humayd Keshiyning Musnadi Keshiy (Hadislar toʻplami) 1-juz kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR
#Infografika

200. Abdulloh ibn Yazid Muqriyy bizga Hayvadan soʻzlab berdi:


“Umar ibn Xattob atrofidagilarga: “Biror narsani orzu qilinglar-chi!” dedi. Shunda ularning biri: “Men bir uy toʻla dirhamim boʻlishini va ularni Alloh yoʻlida infoq qilishni orzu qilaman”, dedi. Umar yana: “Orzu qilinglar!” dedi. “Men mana shu uy toʻla oltinim boʻlishini va ularni Alloh yoʻlida infoq qilishni orzu qilaman”, dedi boshqasi. “Orzu qilinglar!” dedi u yana. “Men mana shu uy toʻla javohirim boʻlishini va ularni Allohning yoʻlida infoq qilishni orzu qilaman”, dedi yana biri. “Orzu qilinglar!” dedi u yana. “Bundan boshqa orzumiz yoʻq”, dedi ular. Shunda Umar: “Ammo men mana shu uy toʻla Abu Ubayda ibn Jarroh, Muoz ibn Jabal va Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhum kabi odamlar boʻlishini va Allohning toati uchun ulardan foydalanishni orzu qilaman”, dedi. Soʻngra Huzayfaga mol yubordi va: “Nazar solinglar-chi, nima qilar ekan?” dedi. Mol Huzayfaning qoʻliga yetib kelgach, u molni hammasini boʻlib-boʻlib sadaqa qilib yubordi. Soʻngra Muoz ibn Jabalga ham mol berib yubordi. U ham molning hammasini boʻlib-boʻlib sadaqa qildi. Soʻng Abu Ubaydaga mol yubordi va: “Nazar solinglar-chi, nima qilar ekan?” dedi. U ham molning hammasini boʻlib-boʻlib sadaqa qilib yubordi. Shunda Umar: “Ana, sizlarga aytmabmidim?!” dedi yoki shunga oʻxshash gapni gapirdi”.

📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SUNANI DORIMIY
#Infografika

687. Alidan rivoyat qilinadi:


“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Namozning kaliti tahoratdir. Uning tahrimasi (namozga kirish) takbir aytish, tahlili (namozdan chiqish) esa salom berishdir”, dedilar”.

📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR
#Infografika

201. Menga Yahyo ibn Sulaymon soʻzlab berdi:


“Birinchi boʻlib, Umar ibn Xattobni “Amirul moʻminiyn” deb Mugʻiyra ibn Shoʻba salomlashdi. Bas, Umar (esa uning bu soʻziga) indamadi”.

📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SUNANI DORIMIY
#Infografika

691. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi:


“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Tahoratda Allohning ismini aytmagan kishining tahorati mukammal emas”, dedilar”.

📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUSNADI KESHIY
#Infografika

103. Bilol ibn Yahyo ibn Talha ibn Ubaydulloh otasidan, bobosidan rivoyat qiladi:


“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hilol (yangi chiqqan oy)ni koʻrsalar: “Allohim, uni bizlarga baxtsaodat, imon, salomatlik va islom bilan boshlagin! (Ey Hilol!) Mening Rabbim ham, sening Rabbing ham Allohdir!” der edilar”.

📖 Abd ibn Humayd Keshiyning Musnadi Keshiy (Hadislar toʻplami) 1-juz kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR
#Infografika

202. Menga Abdulloh ibn Muhammad soʻzlab berdi:


“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinada ikki marta Ibn Ummu Maktumni oʻzlarining oʻrinbosari sifatida qoldirdilar va men uni Qodisiya kuni koʻrdim”.

📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SUNANI DORIMIY
#Infografika

706. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:


“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:(Tahoratda) yuvilmay qolgan tovonlarga doʻzax olovidan azob boʻlsin. Tahoratni mukammal qiling!” dedilar.

📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR
#Infografika

208. Menga Muhammad ibn Alo soʻzlab berdi:


“Uyayna ibn Hisn va Aqro ibn Hobis Abu Bakr roziyallohu anhudan foydalanishga yer soʻradi. Umar roziyallohu anhu: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikkingizni Islomda yarashtirgan edi. Ammo endi qiyinchiliklaringizni mustaqil hal qilishga harakat qiling”, dedi. Uyayna ibn Hisn Fazoriy Umar roziyallohu anhu xalifaligi davrida uning oldiga kirdi”.

📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SUNANI DORIMIY
#Infografika

718. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:


“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar musulmon [yoki moʻmin] banda tahorat olib, yuzini yuvsa, koʻzi bilan qarab qilgan barcha gunohlari yuzidan suv bilan yoki suvning oxirgi tomchisi bilan chiqib ketadi. Agar ikki qoʻlini yuvsa, qoʻli bilan qilgan barcha gunohlari suv bilan yoki suvning oxirgi qatrasi bilan chiqib ketadi. Hatto tahoratdan gunohlardan butunlay poklangan holda chiqadi”, dedilar”.

📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM