BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.08K subscribers
23.1K photos
1.96K videos
8 files
7.63K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#komissiya

Davlat tilidagi qonunni amalga oshirish va toponimik obyektlarga nom berish tuman komissiyasining yig'ilishi o'tkazildi


🔹 Bo'ka tumani Davlat tilidagi qonunni amalga oshirish va toponimik obyektlarga nom berish komissiyasining navbatdagi yig'ilishi seminar tarzida o'tkazilib, unda tegishli hokim o'rinbosarlari, Mahallalar uyushmasi tuman bo'limi boshlig'i, Kadastrlar palatasi tuman bo'limining mas'ul xodimlari hamda barcha mahalla raislari ishtirok etdi.

🔺 Tuman hokimi B.Begmatov va IIB boshlig'i v.v.b. R.Abdusamatov boshchiligida o'tkazilgan seminarda tumandagi mavjud ko‘chalar nomlarining davlat tili qonun hujjatlariga mos kelishi hamda yagona davlat reyestri bazasiga kiritish borasida amalga oshiriladigan ishlar to'g'risida atroflicha tushuntirishlar berildi.

🔹 Shuningdek, tuman hokimining davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi L.Akbarova hamda Kadastrlar palatasi tuman bo'limining mas'ul xodimi Sh.Rashidov tomonidan ko'chalarning joylashuvidan kelib chiqib, nomlariga aniqlik kiritish, nomlari belgilangan talablarga zid bo'lgan ko'chalarni qayta nomlash bo'yicha takliflar tayyorlash va geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo'yicha tuman Komissiyasiga taqdim etish lozimligi ta'kidlab o'tildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#toponimik_komissiya

Davlat tilidagi qonunni amalga oshirish va toponimik obyektlarga nom berish ishlari amalga oshirilmoqda.


🔺 Bo‘ka tumani hokimi B.Begmatov va tuman IIB boshlig'i v.v.b. R.Abdusamatov boshchiligida o'tkazilgan seminar yakunida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashga kirishildi.

Jumladan, Kadastrlar palatasi tuman bo'limi binosida tuman hokimining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to'g'risidagi qonunlarga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi L.Akbarova boshchiligida tumandagi “Dashtobod”, “Qoraquduq”, “Cho‘lobod”, “Ko‘korol”, “Jo‘raobod”, “Navobod” mahalla raislari ishtirokida mahalla faollari bilan kelishib taklif qilingan koʻcha nomlarini xaritalarga qoʻyish va mavjud Davlat reyestridan roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻchalarni xaritalarga joylashtirish maqsadida ko'chalarning toifalari va mahalla xaritasida joylashuvi bo‘yicha aniqlik kiritildi.

💠 Kun yakunida tumandagi 596 ta asosiy ko‘chalardan 591 tasi (99,1 %) ni nomlash va qayta nomlash bo'yicha aniq taklif va xulosalar tayyorlandi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏢 O'zbekistonda diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o'zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.

📌 Davlat turli dinlarga e'tiqod qiladigan va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o'rtasida o'zaro murosa va hurmat o'rnatilishiga ko'maklashadi.

✔️ Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo'ladi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Fermerlar kuni: Amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.


🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi.

🔺 Sektor rahbarlari, qishloq xo'jaligi korxonalari va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda
🔸 Fermer va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalarining imtiyozli kredit, soliq va boshqa qarzdorliklarini bartaraf etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida;
🔸 2025-yil hosili uchun ekilgan bshoqli don ekinlarini parvarishlash hamda 2025-yil hosili uchun chigit eish tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida;
🔸 2025-yil dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo'jaligi texnikalariva agregatlarini markazlashgan holda ta'mirlash to'g'risida;
🔸 Fermer va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalarining irrigasiya tarmoqlarini tozalash, ta'mirlash hamda ichki ariqlarini betonlashtirish to'g'risida;
🔸 Mavjud bog'-tokzorlarni xatlovdan o'tkazish, yaroqsiz va samarasiz bog'lar o'rnida intensiv bog'lar tashkil etish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🔹 Yig’ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berildi va muammolarga yechim topish choralarini ko'rishlari lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ипотека дастури доирасида 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун режалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X
#tibbiy_ko'rik

Tuman hokimligi xodimlari tibbiy koʻrikdan o'tkazildi.

🔹 Toshkent viloyati hokimligining 2025-yil 21-yanvardagi “Toshkent viloyatidagi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining 2025-yil uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish REJA-JADVALI”ga asosan Bo‘ka tumani hokimligi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha reja grafigi ishlab chiqildi.

🔺 Grafikka asosan bugun Bo‘ka tumani Tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan hokimlik xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🔸 Shifokorlar tomonidan xodimlar to‘liq chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM