#Xalq_deputatlari
#Sessiya
📍 Bugun Xalq deputatlari Bo'ka tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 5-sessiyasi bo'lib o'tdi.
🟢 Tuman Kengashi deputatlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-VI-son Qarori ijrosi to‘g‘risida;
🔸 Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;
🔸 Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi va Kengash huzuridagi doimiy komissiyalarning 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi Xalq qabulxonasining 2024-yilning 4-choragi davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash ahvoli to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
🔸 Sessiya davomida mas'ullarning hisobotlari tinglandi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.
✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
#Sessiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
🟦 🟦 🟦
"Bir kontur - bir mahsulot" mavzusida seminar tashkil etildi.
🔸 Bugun "Bunyodkor" mahallasida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyilini amaliyotga tatbiq etish bo'yicha seminar tashkil etildi.
🔹 Seminarda tumanda faoliyat yurituvchi banklar boshqaruvchilari, Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi vakillari, shuningdek "Bunyodkor", "O'zbek" va "Madaniyat" mahallalari raislari, hokim yordamchilari va ushbu mahallalarda yashovchi aholi vakillari ishtirok etishdi.
🔹 Tuman hokimi yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlarni amalga oshirish mexanizmlari, jumladan "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyilini amaliyotga tatbiq etish, bunda faqatgina qishloq xo'jaligi yerlari bilan cheklanib qolmasdan "mahalla drayveri"dan kelib chiqqan holda bir mahalladagi aholi tomorqalarida asosan bir turdagi mahsulotlarni yetishtirish, bu esa o'z navbatida yetishtirilgan mahsulotni sotishda ham qulay bo'lishi, bir qarich yerdan ham unumli foydalanib yuqori daromadga erishish to'g'risida aniq misollar bilan ma'lumot berib o'tdi.
💠 Seminarda "O'zbek" mahallasida yashovchi M.Yo'ldoshev xonadonidagi 9 sotix issiqxonada qulupnayning Koreya navini yetishtirib, 50 mingta qulupnay ko'chatini sotishdan 150 mln. so'm daromadga erishganligi, bugungi kunda 1 kg qulupnayni 120 ming so'mdan 150 ming so'mgacha bozorga yetkazib berayotganligi to'g'risida ma'lumot berib, xonadonida issiqxona tashkil etish istagida bo'lgan fuqarolarni qulupnay ko'chatlari bilan ta'minlab, hosil yetishtirishga ko'maklashishini aytib o'tdi.
🔸 Shuningdek, "Quldiroq" mahallasida yashovchi F.Nurmamatov xonadonida issiqxona tashkil etib, qovoq (кабачки) yetishtirish orqali bir mavsumda 200 mln. so'm daromadga erishganligi, joriy mavsumda qo'shimcha yer maydonida mahsulot yetishtirish va 1 mlrd. so'm daromadga erishishni rejalashtirayotganligi, ushbu sohaga qiziquvchi fuqarolarga zarur tavsiyalar berilib, faoliyatini yo'lga qo'ygach zarur maslahat va yordamlarini ayamasliklarini bildirib o'tdi.
🔹 Seminarda kelib tushgan takliflarni inobatga olib, ATB "Agrobank" Bo'ka tumani filiali rahbari A.Eshnazarov, mahalla raisi va hokim yordamchisiga bugungi kunda "O'zbek" mahallasida yashovchi aholi xonadonlarida 10 dan ortiq issiqxona mavjudligini inobatga olib, 3 kun muddatda yana 25 ta qulupnaychilik yo'nalishida issiqxona tashkil etish istagida bo'lgan fuqarolar ro'yxatini shakllantirish hamda shu yo'nalishda "Ustoz - shogird" an'analarini yo'lga qo'yishga ko'maklashish ko'rsatmalari berildi.
✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
"Bir kontur - bir mahsulot" mavzusida seminar tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E’LON !
Hurmatli tadbirkor!
Sizning korxonangiz kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga taalluqli bo‘lganligi sababli, 2024-yil yakuni bo‘yicha 1-kb shakli (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”gi davlat statistika hisobotini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq taqdim etishingiz lozim.
Mazkur hisobot 2024-yilning 10-martidan kechiktirmay e-stat 4.1 tizimi orqali taqdim etilishi zarur.
Iltimos, o‘z vaqtida hisobot taqdim etishni unutmang!
Shu bilan birga, Sizdan hisobotda korxonangiz faoliyatining natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirishingizni so‘raymiz. Bu borada korxonangiz tomonidan taqdim etilgan hisobotdagi ma’lumotlar davlat soliq organlari ma’lumotlari bilan ham solishtirilishini eslatib o‘tamiz.
O‘z o‘rnida, mansabdor shaxslarning davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.
Siz mazkur hisobot shaklini Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy www.stat.uz cayti orqali hamda uni to‘ldirish va elektron shaklda jo‘natish yuzasidan +998977079146 (Rahmatilla Xazratov - Bo'ka tumani Statistika bo'limi boshlig'i) telefon raqamlari orqali bepul tushuntirishlar olishingiz mumkin.