BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.04K subscribers
22.8K photos
1.93K videos
8 files
7.52K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#yosh_kitobxon

Bo'ka tumanida "Yosh kitobxon" tanlovining mahalla bosqichlari bo'lib o'tdi!

🔻 Kuni kecha Bo'ka tumanida yoshlarning bilimlarini sinovdan o'tkazuvchi "Yosh kitobxon" tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, bilimlarini boyitish va adabiyotga bo'lgan mehrini yanada rivojlantirishga qaratilgan.

🔹 Ushbu tanlov mahallalardagi 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasidagi yigit-qizlar o'rtasida tashkil etildi.

🔹 Tanlovda g'olib bo'lgan yoshlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

🔹 Elektr ta'minotida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida ertaga, 01.11.2024 yil kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha
⚡️ "Moytepa"
⚡️ "Qoraquduq"
⚡️ "Yangibog'"
⚡️ "Ezgulik"
⚡️ "Quldiroq"
⚡️ "Yangiobod" mahallalari hududida elektr ta'minoti o'chiriladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach elektr ta'minoti qayta tiklanishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!

Bo'ka tuman elektr ta'minoti korxonasi

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#probatsiya

Sayyor sud majlisi o'tkazildi.


🔺 Inson qadri eʼzozlangan yurtimizda insonparvarlik tamoyillari ustuvordir. Ayniqsa, bu tamoyil Sud-huquq tizimida ham o‘z ifodasini topmoqda.

Bugun Bo'ka tumanidagi 19-son Bolalar musiqa va san'at maktabida sayyor sud majlisi o'tkazildi. Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo'ka tumani sudi sudyasi B.Bekturaev, tuman IIB boshlig'i J.Manazarov, tuman IIB Probatsiya guruhi boshlig'i O.Egamov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔻 Sud majlisida jamiyatimizda inson qadri va uning manfaatlari qonun doirasida himoyalanishi, shuningdek, bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga adashib kirib qolgan va qilmishidan pushaymon bo‘lgan shaxslarga qonun doirasida imkoniyatlar mavjudligi tushuntirildi. Huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarga takroran qo‘l urishning oqibatlari xususida so‘z yuritildi.

🔸 Sud majlisida jazo muddatini o‘tash davomida belgilangan majburiyatlarga amal qilgan 10 nafar mahkum Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

"Jo'raobod" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

🔺 Bugun Bo'ka tuman DSI boshlig'i Sh.Xazratov va Xalq qabulxonasi mudiri Z.Raxmonqulov tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida 4-sektor hududidagi "Jo'raobod" mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.

🔻 Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Олмалиқ кон-металлургия комбинати" акциядорлик жамиятининг 75 йиллиги муносабати билан ишлаб чиқариш илғорларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы передовиков производства в связи с 75-летием акционерного общества "Алмалыкский горно-металлургический комбинат""

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Zakovat_2024
#Intellektual_turnir

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Bo'ka tumanidagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi M.Umarqulova tashabbusi bilan o'quvchilar o'rtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida Zakovat intellektual musobaqasi tashkil etildi.

🔺 Tadbirda Bo'ka tumani hokimi o'rinbosari O.Djo'rayev va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi M.Xamzayevlar mehmon sifatida ishtirok etishdi.

🔹 Siyosiy-huquqiy va mantiqiy savollarga javob izlagan sakkiz jamoa ishtirok etgan turnirda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o'rin — "MILLIY" jamoasi;
2-o'rin — "EVEREST" jamoasi;
3-orin — "OSKAR" jamoasi.


🔺 Musobaqa yakunida barcha jamoalar diplom va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг октябрь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X