#topshiriq_ijrosi
Mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.
🔸 Ma'lumki, tumanimizda aholi turmush tarzini yaxshilash, hududning imoniyatidan samarali foydalanish orqali tadbirkorlikka jalb qilish, daromad manbaini oshirish va soliq tushumlarini koʻpaytirish kabi ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlashga e'tibor yanada kuchaytirildi.
🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov tomonidan sektor hududidagi 10 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida yuqoridagi yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi. Aholi bilan suhbatlar o'tkazildi, uy sharoitida aholi o'zini-o'zi band qilish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo'yicha fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
🔺 Amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, mahallalarda, xonadonlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirib, Navro'z bayramini munosib tarzda obod xonadonda nishonlash lozimligi ta'kidlandi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati
Milliy gvardiya xodimlari va ota-onalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
🔹 Bo'ka tumani "Xo'jaqo'rg'on" mahallasida joylashgan 27-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Bo'ka tumanlararo qo'riqlash bo'limi boshlig'i - mayor F.Salimov, bolalar bilan ishlash bo'yicha inspektor - leytenant M.Ro'zimatov, maktab rahbariyati va o'quvchilarning ota-onalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
🔸 Ushbu davra suhbatida yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, davomat masalalari ko'rib chiqildi. Ota-onalar va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda maktabda Milliy gvardiya siniflarini tashkil etish bo'yicha takliflar muhokama qilindi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Milliy gvardiya xodimlari va ota-onalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mehnat_yarmarkasi
Probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🔹 Kuni kecha Bo‘ka tumani Ichki ishlar bo‘limi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorlikda probatsiya hisobida turgan, jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash maqsadida navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
🔹 12 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida o'tgan mazkur yarmarkada ishtirokchilar o‘zlarining qiziqishi va hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda mavjud yangi ish o‘rinlari bilan tanishdilar. Nazorat ostidagi shaxslarning 3 nafari ishlab chiqarish zavodiga ishga joylashtirilgan bo‘lsa, yana 9 nafariga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.
🔸 Shuningdek, tadbir davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan mehnat qonunchiligida bo‘lgan o‘zgarishlar va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ifodalovchi me’yoriy hujjatlar haqida ma'lumotlar berildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
Noqonuniy nuqtalardagi savdo faoliyatiga chek qo'yildi.
🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatovning topshirig'iga asosan hokim o'rinbosari M.Saydullayev, X.Ashurov, IIB boshlig'i J.Manazarov, DSI boshlig’i Sh.Xazratov va hamkor tashkilotlar ishtirokida tuman markazidagi "O'zbekiston" va "Magistral" ko'chalari oralig'ida joylashgan yo'lning qatnov qismida noqonuniy joylashib olib, sotuvchilik faoliyati bilan shug'ullanish holatlariga chek qo'yildi.
🔸 Favqulodda vaziyatlar bo'limi, Obodonlashtirish boshqarmasi va DSI xodimlari ko'magi bilan hudud obodonlashtirildi. Yo'l harakati xavfsizligi bo'limi xodimlari ishtirokida avtomobillar harakati tartibga solindi.
🔺 Shuningdek, mas'ul idoralar vakillari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish qonuniy tarzda, belgilangan nuqtalarda, transport vositalari harakatiga halaqit bermasdan amalga oshirilishi lozimligi tushuntirildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Noqonuniy nuqtalardagi savdo faoliyatiga chek qo'yildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM