BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.7K photos
1.93K videos
8 files
7.52K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#byudjet_tushumlari

Byudjet tushumlari va tomorqalardan samarali foydalanish holati muhokama qilindi

🔹 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida tegishli korxona va tashkilotlari mas'ullari ishtirokida byudjet tushumlari va aholining tomorqalardan samarali foydalanish holati masalalari muhokama qilindi.

🔺 Yig’ilishda byudjet tushumlari bo’yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishi, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi orasida soliq to’lovi madaniyatini oshirish, shuningdek aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari borasida olib borilayotgan ishlar ko’rib chiqildi.

🔺 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan har bir mas'ulga aniq vazifalar belgilab berildi, ishlarni hamkorlikda tashkil qilish, belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#topshiriq_ijrosi

Mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.


🔸 Ma'lumki, tumanimizda aholi turmush tarzini yaxshilash, hududning imoniyatidan samarali foydalanish orqali tadbirkorlikka jalb qilish, daromad manbaini oshirish va soliq tushumlarini koʻpaytirish kabi ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlashga e'tibor yanada kuchaytirildi.

🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov tomonidan sektor hududidagi 10 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida yuqoridagi yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi. Aholi bilan suhbatlar o'tkazildi, uy sharoitida aholi o'zini-o'zi band qilish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo'yicha fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

🔺 Amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, mahallalarda, xonadonlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirib, Navro'z bayramini munosib tarzda obod xonadonda nishonlash lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

Milliy gvardiya xodimlari va ota-onalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.


🔹 Bo'ka tumani "Xo'jaqo'rg'on" mahallasida joylashgan 27-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Bo'ka tumanlararo qo'riqlash bo'limi boshlig'i - mayor F.Salimov, bolalar bilan ishlash bo'yicha inspektor - leytenant M.Ro'zimatov, maktab rahbariyati va o'quvchilarning ota-onalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

🔸 Ushbu davra suhbatida yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, davomat masalalari ko'rib chiqildi. Ota-onalar va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda maktabda Milliy gvardiya siniflarini tashkil etish bo'yicha takliflar muhokama qilindi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mehnat_yarmarkasi

Probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


🔹 Kuni kecha Bo‘ka tumani Ichki ishlar bo‘limi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorlikda probatsiya hisobida turgan, jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash maqsadida navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. 

🔹 12 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida o'tgan mazkur yarmarkada ishtirokchilar o‘zlarining qiziqishi va hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda mavjud yangi ish o‘rinlari bilan tanishdilar. Nazorat ostidagi shaxslarning 3 nafari ishlab chiqarish zavodiga ishga joylashtirilgan bo‘lsa, yana 9 nafariga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.

🔸 Shuningdek, tadbir davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan mehnat qonunchiligida bo‘lgan o‘zgarishlar va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ifodalovchi me’yoriy hujjatlar haqida ma'lumotlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM