BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.03K subscribers
22.5K photos
1.92K videos
8 files
7.42K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#fvb

🔸 Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgustdagi 332-sonli qaroriga muvofiq “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyalari haqida hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 26-avgustdagi 360-son farmoyishi ya'ni Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli G‘.Azamatov oilaviy shifokorlik punktida targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔺Targ‘ibot olib borish davomida hamshiralarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakligi, yuzaga kelayotgan yong‘inlarda qanchadan qancha odamlar millionlab zarar ko‘rishayotganliklari misollar tariqasida tushuntirildi hamda binoda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakatlanish qoidalari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari o‘rgatildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_40_kun

"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida sayyor sud o'tkazildi.

🔺 Bo'ka tumanida "Dolzarb 40kun" tadbiri davomida tuman IIB binosida ochiq sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

🔺Unda Probatsiya guruhi hisobida turgan 47 nafar nazorat ostidagi fuqarolar qatnashdi. Ushbu sudda muqaddam qilgan jinoyatidan chin dildan pushaymon bo‘lgan va jazoni na’munali xulq bilan o‘tab, tuzalish yo‘liga o‘tgan 9 nafar shaxslarga insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanilib, o‘talmay qolgan jazolari muddatidan ilgari shartli ozod etilgan bo‘lsa, 1 nafar nazorat ostidagi ozodlikni cheklash jazosi o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum qilish joylariga qaytarildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xotin_qizlar

🔺 Bo'ka tumani "Xo'jaqo'rg'on" va "Ezgulik" mahalla fuqarolar yig'inida "Oilaviy ajrimlarni oldini olish", "Tazyiq va zo'ravonlikka qarshi kurashish" mavzularida mahalla faollari va ko'cha boshilari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

😎 Yig'ilishga tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q.Po'latov, tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Z.Mannopova, tuman prokurori yordamchisi M.Alishev, IIB, Adliya bo'limi, tuman FXDYO bo'limi mas'ul xodimlari va imom xatiblar taklif etildi.

▶️ Yig'ilish davomida oilaviy ajrimlar, ajrim yoqasidagi oilalar tahlil qilindi. Yig'ilish ishtirokchilari o'zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi hamda kelgusida amlaga oshriladigan ishlar rejalashtirildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

VILOYATDA AVTOMOBIL QATNOV YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA

Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada yaxshilash, qatnov yo‘llarining texnik holati va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 13 655 kilometrni tashkil qilsa, shundan 4 045 km umumfoydalanuv yo‘llari, 358 km xalqaro, 1 354 km davlat hamda 2 333 km mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.

Ichki yo‘llar uzunligi 9 610 kilometrga teng. Viloyat hududidagi avtomobil va ichki yo‘llarda joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida barcha dasturlar bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, 1 509 085,4 million so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobiga 1 608,3 kilometr uzunlikdagi yo‘llarda ta’mirlash doirasidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyat hududidagi 7 ta infratuzilmani rivojlantirish dasturi, 6 ta shahar ko‘chalari, 1 ta erkin iqtisodiy zona, 566 ta ta’mirlash ishlari dasturi borasidagi ishlar bajarilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, PQ-408-qaror ijrosi yuzasidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 302 ta, PQ-5118-sonli qaror doirasida 176 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta obyektlar bitkazildi. Dasturdan tashqari 14 ta shag‘allashtirish ishlari olib borildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаённинг таклифига биноан 30 ноябрь – 2 декабрь кунлари Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Иқлим ўзгариши масалалари бўйича конференциясида иштирок этиш учун Дубай шаҳрида бўлади.

По приглашению Президента Объединенных Арабских Эмиратов Шейха Мухаммада бин Заида Аль Нахайяна 30 ноября – 2 декабря Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетит город Дубай для участия в Конференции Организации Объединённых Наций
по вопросам изменения климата.

#Mirziyoyev #sammit #BAA #COP28

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Jarayon

🔸 Tuman hokimi v.v.b. Xusan Ashurov, tuman prokurori Bekzod Yuldashev, IIB boshlig’i Jamoliddin Manazarov boshchiligida mahallalardagi ta'mirtalab ko'chalarda shag'allashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔸 Kuni kecha “Ravot’” MFY hududidagi “Eshtoy bobo” ko’chasining 200 metr qismida shag’allashtirish ishlari amalga oshirildi.

🔸 Shag’allashtirish ishlari davom etmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM