BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.03K subscribers
22.5K photos
1.92K videos
8 files
7.44K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#fvb

15-noyabrdan 15-dekabrga qadar oʻtkazilinayotgan  ''Yong'in xavfsizligi oyligi'' doirasida

🔺 iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari hamda uy-joy fondida kuz-qish mavsumida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda holatlarni hamda yongʻinlariing oldini olish maqsadida tungi tekshiruv tadbirlari olib borildi.

🔺 Oʻrganish mobaynida mazkur maskanlarning navbatchilikni oʻtayotgan ishchi va xizmatchilarga yoʻriqnomalar berib oʻtildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

2023-yilning dastlabki 9 oyi davomida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) bozor xizmatlarning hajmi qanchaga yetdi?


🔺 Eng katta xizmat hajmi savdo xizmatlari (342,4 mlrd. so‘m), transport xizmatlari (106,1 mlrd. so‘m) va moliyaviy xizmatlar (57,0 mlrd. so‘m)ga to‘g‘ri keladi.

🔺 Eng kichik xizmat hajmi esa boshqa xizmatlar (5,5 mlrd. so‘m), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (4,0 mlrd. so‘m)
hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (2,6 mlrd. so‘m)ga to‘g‘ri keladi.

😎 Yuqori ulush savdo xizmatlari (54,6 %), transport xizmatlari (16,9 %) va moliyaviy xizmatlar (9,1 %)da qayd etildi.

▶️ Eng kichik xizmatlar ulushi boshqa xizmatlar (0,9 %), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlari va tahlil sohasidagi xizmatlar (0,6 %) hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (0,4 %)da qayd etildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi


Hukumat qarori (613-son, 20.11.2023 y.) bilan “Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi

🔰 Unga koʻra, avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YaIDXP (my.gov.uz)dan foydalangan holda, oʻzining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikasiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma'lumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.

📝 Davlat xizmati “Notarius” AATdan foydalangan holda YaIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.

🗓 Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga koʻra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgacha beriladi.

🚫 Ariza beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori boʻlmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.

🔢 Ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov oʻrnatilmaydi.

💰 Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

1 oygacha boʻlgan muddatga – 10 foiz;
1 oydan ortiq va 6 oygacha boʻlgan muddatga – 50 foiz;
6 oydan ortiq va 3 yilgacha boʻlgan muddatga – 100 foiz.

📋 Elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga egadir.

📁 Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:

▫️ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;

▫️ishonchnomani bergan shaxs tomonidan bekor qilinganda;

▫️ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan soʻng ishonchnomani bergan shaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;

▫️ishonchnoma berilgan shaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;

▫️avtomototransport vositasining mulkdori oʻzgarganda.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fvb

🔺 Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tuman tuman markazida joylashgan Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikada 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati va kuz qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tungi tekshiruvlar olib borildi.

🔻 Tekshiruv davomida maskanda qolgan ma’sul xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va xizmat vaqtida joyini tashlab ketmasligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barkamol_avlod

🔺 Boʻka tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida joriy yilning 23-noyabr kuni "ZAKOVAT" intelektual oʻyinining tuman bosqichi oʻtkazildi.

🔺 Intelektual oʻyinda barkamol avlod bolalar maktabining 7 ta jamoadan tashkil topgan toʻgarak aʼzolari faol qatnashdi.

🔺 Yakuniy natijalarga ko'ra:
🥇1-oʻrin - 14-maktabda faoliyat yuritayotgan "Karving" toʻgaragi "EVEREST" jamoasi,
🥈2-oʻrin - 48-maktabda faoliyat yuritayotgan "Kompyuter laboratoriyasi" toʻgaragi "COSMOS" jamoasi,
🥉3-oʻrin - 14-maktabda faoliyat yuritayotgan "Ekodizayn interyer" toʻgaragi "INTELLEKT" jamoasi qoʻlga kiritdi va birinchi oʻrinni egallagan jamoa "ZAKOVAT" intellektual oʻyinining viloyat bosqichiga yoʻllanmaga ega bo'ldi.

🔸 Bellashuvda faol qatnashgan jamoalar BABM rahbariyati va hamkor tashkilot vakillarining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E'lon

Bugun soat 15:00 da "Nurafshon"  telekanalida "Hududgaz Toshkent" korxonasi rahbari bilan jonli efirda ochiq muloqot o‘tkaziladi.  Muloqotda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok eting.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
_______
#Эълон

Бугун соат 15:00 да "Нурафшон"  телеканалида "Ҳудудгаз Тошкент" корхонаси раҳбари билан жонли эфирда очиқ мулоқот ўтказилади.  Мулоқотда ўзингизни қизиқтирган саволлар билан иштирок этинг.

Телефонлар:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
_______
#Объявление

Сегодня в 15:00 на телеканале "Нурафшон" состоится открытый диалог с руководителем предприятия "Худудгаз Ташкент". Просим жителей Ташкентской области принять активное участие в открытом диалоге и получить ответы на все интересующие и актуальные вопросы.

Телефоны:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bilasizmi

Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi?


🔰 Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi:

▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar.

▫️Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar.

▫️1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.

▫️Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi boʻlgan shaxslar.

▫️1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.

▫️Baynalmilalchi jangchilar.

▫️Chin yetimlar.

▫️Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolgʻiz pensionerlar.

▫️18 yoshgacha boʻlgan bolalar, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari oʻquvchilari.

▫️Chaqiriq komissiyalari xulosalariga koʻra mudofaa ishlari boʻlimlarining yoʻllanmalari boʻyicha 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan chaqiriq yoshidagilar.

▫️"Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.

▫️ 1 yoshgacha bolasi boʻlgan emizikli onalar.

▫️Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).

Manba

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Боку шаҳрига амалий ташрифи доирасида Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев билан музокара ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в рамках программы мероприятий рабочего визита в город Баку провел переговоры с Президентом Азербайджанской Республики Ильхамом Алиевым.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Ozarbayjon #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#fvb

🔺 Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tuman hududida joylashgan 43-son manzil-koloniyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgustdagi 332-sonli qaroriga muvofiq “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyalari haqida hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 26-avgustdagi 360-son farmoyishi, ya'ni Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan targ‘ibot ishlari olib borildi.

😎 Targ‘ibot olib borish davomida jazo muddatini o'tayotgan maxbuslarga hozirgi kundagi yong‘inlar soni, ulardan ko‘rilgan moddiy zarar va yong‘in qutqaruv avtomabili hamda undagi birlamchi o‘t o‘chirish vositalari tushuntirildi. Targ‘ibot yakunida yong‘in qutqaruv avtomobilidan yong‘in sodir bo‘lganda jangovar yoyilish qilib, yong‘in joyiga suv berish usullari ko‘rsatib berildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM